5330300 “ Axborot xavfsizligi ” yo‘nalishi 3 – kurs talabasi Xabibullayev Azizbekning Elektron Hukumat Asoslari fanidan tayyorlagan joriy nazorat ishi Mavzu: Islandiya Tayyorladi: Xabibullayev A. -
- Islandiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1944 yil 17 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (Gvyuniy Yavuhenson), u aholi tomonidan toʻgʻri saylov yoʻli bilan 4-yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi qokimiyatni prezident bilan alting (bir palatali parlament) birgalikda amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyatni ham prezident amalga oshiradi va hukumatni tayinlaydi.
Geografik joylashuvi - Islandiya qirgʻogʻi janubida tekis, qolgan qirgʻoklari yirik qoʻltiq va fiordlar bilan parchalangan[1]. Yer yuzasining koʻp qismi vulkanlardan xreil boʻlgan plato. Bal. 800 m li togʻ massivlari va 200 ta vulkan (30 tasi harakatda) bor. Mashhurlari: Gekla, Laki, Askya va Xvannadalsxnukur (baland nuqtasi 2119 m).Islandiya hududining 6 %i lava dalalaridan iborat. Sohilda pasttekisliklar bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Shpat, oltingugurt, torf, lignit va b. konlar (issiq suvli, bugli, maʼdanli buloklar va geyzerlar) mavjud. Iqlimi subarktika, dengiz ikli-mi, Golfstrimning taʼsiri kuchli. Sohilida yanvarning oʻrtacha temperaturaasi — 1, —3°, iyulniki 9, 1G. Yillik yogʻin 500–4000 mm. Islandiyaning markaziy qismlarida qishda 5 oygacha qor erimaydi. Islandiya maydonining 11,8 ming km2 muzlik. Yiriklari: Vatnayyokudl (mayd. 8400 km2, qalinligi 1000 m) va boshqa. Daryolari qisqa, serostona, qor va muzliklardan toʻyinadi, gidroenergiya resurslariga boy. Koʻl koʻp. Sohillarda serunum torflichim, ichkarilarda tog arktika tuproqlari uchraydi. Oʻsimligi kam, jami 400 tur kjsak oʻsimlik bor. Islandiya hududining 2/3 qismi mox va lishaynikli toshloq. Lava dalalarida hech narsa oʻsmaydi. Katta maydonlar torfli botqoqlik va oʻtloq. Kichikroq oq qayin oʻrmonlari saklangan. Qutb tulkisi, sichqonsimonlar, shimoliy bugʻusi, norka, morj, tyulen, baliqchi qushlar, baliqlar, kitlar bor. Milliy bogʻlari (Tingvedlir, Mivati-och-Lax-sau, Skaftafedl, Yekyul-Saurgl-yurvyur) va qoʻriqxonalar bor.
- Aholisining 99 % islandlar. Qolgan qismi nemis, norveg va danlar. Rasmiy til — island tili. Dindor aholining 93 % protestant (lyuteran). Aholining 91 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Reykyavik, Koupa-vogur, Akureyri.
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari - Xalq ittifoqi partiyasi, 1968 yil tuzilgan; Mustaqillik partiyasi, 1929 yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1916 yil tuzilgan; "Xalq uygʻonishi" siyosiy birlashmasi, 1944 yilda asos solingan; Islandiya sotsal-demokratik partiyasi, 1916 yil tashkil topgan; Birlashgan soʻllar bloki, 1999 yilda tuzilgan. Islandiya kasaba uyushmalari birlashmasi 1916 yil tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi.
Internetga ulangan uy xo’jaliklari foizi - Internetga ulangan uy xo’jaliklari foizi
- Internetga ulangan korxonalar foizi
Haftasiga kamida bir marta internetga ulanadigan foydalanuvchilar foizi - Haftasiga kamida bir marta internetga ulanadigan foydalanuvchilar foizi
Keng polasali ulanishga ega uy xojaliklari foizi - Keng polasali ulanishga ega uy xojaliklari foizi
- Keng polasali ulanishga ega korxonalar foizi
- So’nggi uch oy ichida online haridni amalga oshirgan shaxslar foizi
- Oldingi yil online buyurtma olgan korxonalar foizi
Government.is
Do'stlaringiz bilan baham: |