Matematika fakulteti tmi yo’nalishi 3-bosqich talabasi Abdullayev Ilxomjonning 6-topshiriq savollariga bergan javobi


Download 17.3 Kb.
Sana22.05.2020
Hajmi17.3 Kb.
#108795
Bog'liq
6-topshiriq


Matematika fakulteti TMI yo’nalishi 3-bosqich talabasi Abdullayev Ilxomjonning 6-topshiriq savollariga bergan javobi

1. Majburiy ta'lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, ya'ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba'zi joylarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishda o‘qiydi. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ozroq. O‘qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabga o‘tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqichidagi yo‘nalish maktablarda maxsus dastur asosida o‘qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar: bular — asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo‘lgan bolalar o‘qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o‘rtasida turadi. qoidaga ko‘ra bu yerda o‘qish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to‘la o‘rta ma'lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta maxsus o‘quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi.

2. O‘zbekistonda ta'lim tizimi davlat ichki siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, davlat boshqa sohalar kabi bu sohada ham bosh islohotchi hisoblanadi. Ta'lim tizimi 1997 yilda qabul qilingan “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” normativ hujjatlar asosida tashkil etilgan. O‘zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimi tashkil etilgan bo‘lib, u quyidagi turlarni qamrab oladi: maktabgacha, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus kasb-xunar ta'limi, oliy ta'lim va oliy ta'limdan keyingi ta'lim, o‘kituvchilar malakasini oshirish va kayta tayyorlash xamda maktabdan tashqari ta'lim turlari. O‘zbekistonda har yili ijtimoiy sohani rivojlantirishga davlat byudjetining 50% hamda yalpi ichki mahsulotning 10% miqdorida mablag‘ ajratilmoqda.

3. Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo‘lib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko‘pchiligi kechki bo‘lib, faqat 1989 yilda universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag‘ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida tinglovchilarga mablag‘ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o‘z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta'minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Yevangel' cherkovi o‘zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo‘yicha konferensiyalar tashkil etadi. Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar. Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan shug‘ullanish ularning qadimiy an'analaridan biri. O‘tgan asr boshlarida Vil'gel'm fon Gumbol'dt pruss universitetlarini isloh qildi, o‘shandan beri «Tadqiqot va o‘qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o‘quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo‘lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta'limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta'lim tizimini isloh etish yo‘lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.

Ma'lumki, Germaniya Federativ Respublikasi dunyoda eng rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Germaniya davlati dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlari qatorida iqtisodi o‘sib kelayotgan davlatlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi bilan ham turli sohalarda o‘zaro hamkorlik olib bormoqda. Shular qatorida biz Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ta'lim sohasida olib borilaetgan hamkorlikka to‘xtalmoqchimiz. Jumladan, hozirgi kunda Germaniya bilan ta'lim sohasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonda Germaniyaning Gyote instituti, Akademik ayirboshlash xizmati (DAAD), pedagogik almashuvlar xizmati (PAD), Xorijdagi maktablar boshqarmasi (ZfA) bilan yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, nemis tilini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishda o‘zaro manfaatli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, bugungi kunda O‘zbekiston Xalq ta'limi, hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklaridan bir guruh ta'lim xodimlari “Ta'lim sektorini rivojlantirish” loyihasi doirasida 2009 yil 16 – 29 may kunlari Berlin shahridagi “Myuggel'zee ta'lim markazida” bo‘lishdi. Ushbu hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad Germaniya ta'lim tizimi, uning o‘ziga xos jihatlari, ta'lim muassasalarining faoliyatlari bilan tanishishdan va o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

4. O‘zbekistonlik ta'lim xodimlari, safar davomida Germaniya Federativ Respublikasida ta'limni qanday tashkil etilgani to‘g‘risida bir qancha qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Jumladan, Germaniya 16 ta federal o‘lkadan tashkil topgan ekan. Federativ hukumatda tashqi siyosat, mudofaa, federal xavfsizlik, tadqiqotlar kabi strategik ahamiyatga ega yo‘nalishlardagi vakolatlar saqlab qolingan. Boshqa barcha masalalar shu jumladan ta'limni tashkil etishga oid vakolatlar ham federal o‘lkalarga berilgan. Barcha o‘lkalarning o‘z ta'lim vazirliklari mavjud bo‘lib, ular tegishli o‘lkadagi ta'limga oid barcha masalalarga umumiy rahbarlik kiladi va ta'lim siyosatini olib boradi.



Test

1.C 2.B 3.A 4.B 4.D 5.C 6.C 7.C 8.B 9.B 10.D
Download 17.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling