Matematika fanidan -siniflar uchun soatlik Darsning texnologik xaritasi
Download 1.35 Mb.
|
1 2
Bog'liq1 soatlik dars ishlanma
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: O`qituvchi: -Assalomu- alaykum,aziz bolajonlarim,Yaxshi yetib keldingizmi. Darsga tayyor bo`ldingizmi? O`quvchilar: -Tayyormiz. O`qituvchi: Kayfiyatlar qanday? O`quvchilar: A`lo. O`qituvchi: Dars davomida sizlarga omad tilayman. O`quvchilar: Rahmat. O`qituvchi: Qani menga aytingchi, sinfda kim navbatchi? Navbatchi hisoboti tinglanadi. Bugun hafta kunining beshinchisi bo`libdi. Alloh ushbu kuniga katta nazar solibdi. Yaxshilik farishtasi yer yuzida qolibdi. Barcha ezgu-niyatlar ushbu kunni o`zida, Ijobat ham bo`libdi. Fasllar haqida so`raladi. Tabiatdagi o`zgarishlar haqida suhbat o`tkaziladi. Tabiatni sevishga , uni asrashga o`rgatiladi. O`quvchilar quyidagi she`rni aytadilar: Tabiatjon sen onamiz, Chiroyingga parvonamiz. Sendan chiroy olgan bizlar, Ota- ona, o`q`il-qizlar. O`quvchilarning ma`naviy bilimlarini tekshiriladi. -Vatan -nima? Vatanimiz qanday nomlanadi? Vatanimiz bizlarga kimlardan meros bo`lib qolgan? Siz ulardan nima qilishingiz kerak? Yutrboshimiz bizlar uchun barcha shart- sharoitlarni yaratib bermoqdalar. Shunday ekan bizning burchimiz: ,,Ona O`zbekiston kelajagimiz, A`lo o`qishdir bizning burchimiz.,, Darsga tayyorgarliklarini tekshiriladi. . O’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish, guruhlarga ajratish, nomlash, va guruh sardorlarini tayinlash, baholash mezonlari haqida tushuncha berish. II.O`tgan darsni takrorlash: "Omad loto" o`yini orqali o`quvchilar matematikaga oid bilimlarini sinab, mustahkamlanadi. O`quvchilarning uy vazifalarini ko`rib chiqiladi va xatolar ustida ishlanadi. Guruhlarning bilimlarini tekshirish uchun 5 ta shart aytib o`tiladi. Shartlar konvertlarga solinadi. 1-shart. ,,Kvadrat,, guruhi uchun: 28:2= 63:3= 33:3= 88:8= 55:5= 84:4= 62:2= 96:3= ,,To`rtburchak,, guruhi uchun: 48:3= 72:3= 99:9= 78:6= 91:7= 82:2= 84:6= 96:8= ,,Uchburchak,, guruhi uchun: 32:4= 48:6= 56:4= 72:3= 81:3= 84:7= 95:5= 50:2= 2- shart. ,, Zanjir,, usulidan foydalanib , jadval ichida ko`paytirish va jadvaldan tashqari ko`paytirish, bo`lish bo`yicha savol- javob o`tkaziladi. 3- shart. Masalalar yechish. ,,Kvadrat,, guruhi uchun: 1-masala. 6 o`ramda 66 metr mato bor. 3 o`ramda necha metr mato bor? 2-masala. 4 ta yashikda 36 kg olma bor. 10 ta yashikda qancha olma bor? 3-masala. Chinnigullar 14 ta, atirgullar 16 ta .Hamma gullardan 6 tadan qilib, nechta guldasta qilish mumkin? To`rtburchak,, guruhi uchun: 1- masala. 7 ta qafasda 77 ta qush bor. 3 ta qafasda nechta qush bor? 2- masala. 35 kg un 5 ta haltaga joylangan. 10 ta haltada - ? 3- masala. Og`il bolalar 18 ta ,qiz bolalar 14 bo`lsa, 4 ta guruhga nechtadan o`quvchi to`g`ri keladi? ,,Uchburchak,, guruhi uchun: 1- masala. 48 kg bodring, 3 ta bankaga tuzlandi. Xuddi shunday 5 ta bankaga tuzlash uchun necha kg bodring kerak? 2- masala. 6 ta savatda 36 kg olma bor. 4 savatda necha kg olma bor? 3- masala. 1- sinfda jami o`quvchi 25 ta, 2- sinfda esa 35 ta o`quvchi bor. 3 ta avtobusga nechtadan o`quvchi chiqadi? Yangi mavzu bayoni: 1 Yechilishini tushintiring: 36:12= 36 ning ichida nechta 12 borligini topamiz: 12*2=24. Bu kam, 2 to`g`ri kelmas ekan. 12*3=36 Demak: 36:12=3 Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo`lishda bo`linmani tanlsh usuli yordamida toppish mumkin. 2. Bo‘linmani 2, 3, 4 va 5 sonlari orasidan tanlab, misollarni yeching: 24 : 12 = 2 42 : 14 = 3 60 : 15= 4 75 : 15 = 5 63 : 21 = 3 84 : 21 = 4 56 : 14 = 4 44:11=4 O`quvchilar misollarni guruhlarga ajratib bajaradilar. Misollarni javobini o`quvchilar doskada bajaradilar. O`quvchilar o`z ishlarini tekshiradilar. 3. Kutubxonaga 96 ta kitob olib kelindi. Har bir bog‘lamda 16 tadan kitob bo‘lsa, nechta bog‘lam kitob keltirilgan? Yechish: 96:16=6 Javob: 6ta bog`lam 4. x – 60 : 3 = 250 20 · x + 45 = 85 X – 20 = 250 20 · x = 40 X = 250 + 20 x = 40 : 20 X = 270 x = 2 Misollarni doskada bajarish orqali o`quvchilar ishlari nazorat qilinadi. IV Yangi mavzuni mustahkamlash 5 . Rasm asosida masala tuzing va yeching: Yechish; 96 : 12 = 8 8 · 3 = 24 J avob: 24 ta. 6. Feruza texnologiya darsida eni 30 cm, bo‘yi 20 cm bo‘lgan rangli qog‘ozdan eni 15 cm, bo‘yi 10 cm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak qirqib oldi. Rangli qog‘ozning qolgan qismi yuzini toping. Yechish; 30 · 20 = 600 sm2 15 · 10 = 150 sm2 600 – 150 = 450 sm2 Javob: 450 sm2 Misollarni o`quvchilar mustaqil bajaradilar. Misollarni doskada bajarish orqali o`quvchilar ishlari nazorat qilinadi. V Baholash. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi. VI Uyga vazifa. 7 - 8 – misol va masala. 7. Bo`linmani 2,3,4 va 5 sonlari orasidan tanlab misollarni yeching: 22:11=2 65:13=5 60:12=5 38:19=2 45:15=3 88:22=4 8. Velosipedchi har soatda 16 km dan yurub, 96 km masofani bosib o`tdi. U necha soat yo`l yurgan? Yechish: 96:16=6 Javob 6 soat Foydalanilgan adabiyotlar: 1. 3-sinf Matematika kitobi 2019-yil 2. 3- sinf matematika fanini o`qitish bo`yicha uslubiy qo`llanma. 3. Boshlang`ich ta`lim oynomasi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling