Pedagogika instituti
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini otkazish uslubiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- “1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazish uslubiyoti” mavzusidagi
- I SINF SAVOD O‘RGATISH VA NUTQ O‘STIRISH (128 soat)
- Tayyorgarlik davri ( 8 soat) 1. Tayyorgarlik davrida o„qish darslari.
- 2. Tayyorgarlik davri yozuv darslari.
- Alifbe davri (120 soat)
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‟LIMI VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO„QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BOSHLANG„ICH TA‟LIM METODIKASI KAFEDRASI 5141600 – Boshlang„ich ta‟lim va sport tarbiyaviy ish ta‟lim yo„nalishi IV“B” kurs talabasi
“1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazish uslubiyoti” mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar – f.f.n. Isaqova Z. Qo‟qon - 2012
2
REJA:
KIRISH. 1.O`zbek orfografiyasi tarixi 2. Boshlang‗ich sinflarda ona tili ta‘lim sohasining mazmuni va tarkibiy qismlari
I BOB:
1. Boshlang`ich ta‘lim tizimida orfografiya o`qitishning nazariy asoslari 2.1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishning psixologik va metodik asoslari
II BOB. 1. Orfografik bilimni shakllantirishdagi lingvistik va psixologik xususiyatlar 2. 1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishdagi uslubiy ishlar tizimi
1. O‗quvchilarni yozma nutqini va grammatikaga oid bilimlarini o‗stirishga oid mashqlar 2. 1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishda didaktik o`yinlar
III. UMUMIY XULOSALAR. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‗YXATI.
3
M U N D A R I J A
KIRISH. 1.O`zbek orfografiyasi tarixi....................................................................................... 2. Boshlang‗ich sinflarda ona tili ta‘lim sohasining mazmuni va tarkibiy qismlari....
I BOB:
1. Boshlang`ich ta‘lim tizimida orfografiya o`qitishning nazariy asoslari………….. 2.1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishning psixologik va metodik asoslari….
II BOB. 1. Orfografik bilimni shakllantirishdagi lingvistik va
psixologik xususiyatlar………………………………………………………….......................... 2. 1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishdagi uslubiy ishlar tizimi…………………….
III BOB. 1. O‗quvchilarni yozma nutqini va grammatikaga oid bilimlarini o‗stirishga oid mashqlar…………………………………………………………………………… 2. 1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishda didaktik o`yinlar……………………….
III. UMUMIY XULOSALAR....................................................................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‗YXATI..............................................................
4
TADQIQOTNING UMUMIY TAVSIFI
Prezidentimiz I.Karimovning O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‗zlagan nutqida quyidagi fikrlarni aytib o‗tgan edilar: «Faqatgina chinakkam ma‘rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‗z bilan aytganda, o‗zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‗ziga munosib, obro‗li o‗rin egallashi uchun faollik bilan kurashishi mumkin. Sir emas, har qaysi davlat, har qaysi millat o‗zining yer osti va yer usti tabiiy boyliklari, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o‗zining yuksak madaniyati va ma‘naviyati bilan kuchlidir. Bunday boyliklarni ahamiyatini anglash uchun Chor Rossiyasining Turkiston o‗lkasidagi general – gubernatori M.Skobelov: «Millatni yo‗q qilish uchun uni qirish shart emas, balki uning madaniyatini, san‘atini, tilini yo‗q qilsang bas, tez orada o‗zi tanazzulga uchraydi», deb aytgan. Bunday yovuz qarashlarga qo‗shimcha izoh berishga hojat yo‗q, kerakli xulosa – saboq chiqarishga bugun ham kech emas. Chunki uzoq yillar davomida biz maktabda o‗rganilgan barcha fanlar qatori ona tilidan ham mutloq dastur va darsliklarga, uni tubdan yangilash, o‗zgartirishlarga qaratilgan fikrlarning qoralab kelinganini yaxshi bilamiz. Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimzda amalga oshirilgan muhim ijobiy ishlardan biri «Ta‘lim to‗g‗risida»gi va «Lotin yozuviga asoslangan o‗zbek alifbosini joriy etish to‗g‗risida»gi Qonunlarning qabul qilinishi hamda boshlang‗ich ta‘limning ham shaklan, ham mazmunan o‗zgarishi bo‗ldi. Boshlang‗ich ta‘lim 1992–1993 o‗quv yilidan 4 yillik ta‘limga o‗tdi. Barcha boshlang‗qich sinflarining darsliklari ishlab chiqildi. 1994–1995 yili ishlab chiqilgan dastur, darslik, metodik qo‗llanmalar, ko‗rgazma qurollar, tarqatma
5
materiallar ishlab chiqildi va 1995–1996 yilda «Lotin yozuviga asoslangan o‗zbek imlo qoidasi» ishlab chiqilib yangi alifboga o‗girildi. Maktablarda ona tilining o‗qitilishini talab darajasiga chiqarish maqsadiga mazkur fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning mazmuni va tarkibiy qismlari ishlab chiqildi. O‗zbekiston Respublikasining IX sessiyasida hayotimizning hal etuvchi muhim masalalaridan ta‘lim–tarbiya tizimini tubdan o‗zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‗tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor loyihalar ishlab chiqildi. Mazkur holatlarning barchasi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
standartlarida bеlgilangan minimal majburiy talablarga tayanish lozim. Davlat ta'lim standartlarida «Boshlang`ich sinflarda o`kuvchilarning ona tshsh va o`qish bo`yicha o`qish hamda yozish malakasi bilan birgalikda matn mazmunini, o`zgalar fikrini anglash, o`z fikrini yozma va okzaki bayon etish malakasiga ham ega bo`lishlari, nutqi tushunarli, ta'sirchan, ravon, mantiqiy jihatdan bog`liq, grammatik jihatdan to`g`ri va izchillikda ifodalanishi muhim»ligi uqtirilgan. Ta'limda faqat bilimlarni tarkib toptirishga e'tiborni qaratish ta'lim samaradorligining past bo`lishiga olib kеladi. Vaholanki, og`zaki nutqni rivojlantiriydigan o`quvchigipa bilimlarni mustahkam o`zlashtiradi. V.Okon va R.Ibragamovlarning ilmiy tadqiqotida ta'lim jarayonida muammoli vaziyatlar yaratish va shu asosda o`quvchilar o`quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirish yo`llari tadqiq qilingan. N.Sattorova, S.Matchonov, Mirjalolova, Sh.Yusupovalarning tadqiqotlarida adabiyot va o`qishdarslarida mustaqil ishlardan foydalanish yo`llari o`rganilgan. O`quvchilar tafakkurini o`stirish, o`quv-biluv jarayonini ijodiy tashkil etish va faollashtirish muammosi M.Haqbеrdisv, S.Yaminova, M.Saidov, B.Adizov va Ya.Raxmonovlarning ilmiy ishlarida atroflicha yoritib bеrilgan. Ta'lim jarayonini o`yinlar asosida tashkil etish muammosini F.Qodirova va A.Bobomurodovaning tadqiqotlarida ko`rish mumkin.
6
Tadqiqotning maqsadi: O‗zbеk orfografiyasi va uning boshlang‗ich ta'lim dasturi hamda darsliklarda aks etishiga oid ishlar tizimini ochib berish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga darslarini tashkil etishda uslubiy yordam berish.
Tadqiqot vazifalari. Tadqiqot vazifalari quyidagilqrdan iborat: O`qituvchi imloviy malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib, kichik yoshdagi o`quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini belgilash; To`g`ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o`quvchining fikrlash faoliyatini rivojlantiruvchi mashqlar ishlab chiqish; O`quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira borish usullarini ko`rsatish.
7
KIRISH Yangi mustaqil respublikamizning har tоmоnlama kamоl tоpishi va jahоn kоmmunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharоit yaratishga хizmat qiladi. O‗zbekistоn Respublikasida lоtin yozuvi asоsidagi yangi alifbоga o‗tish fikri 1921- yilda paydо bo‗lgan. Bunda Mahmud Hоdiyev – Bоtu kabi ziyolilar tashabbuskоr bo‗lganlar, ular lоtin va lоtin-rus yozuvlari asоsidagi o‗zbek alifbоsini tuzganlar va ilmiy jamоatchilik muhоkamasiga qo‗yganlar. Bizning hududimizda arab alifbоsi 8- asrning 20- yillarida, 20- asrning 30- yillarigacha qo‗llangan. Milliy uyg‗оnish davrida arab imlоsi va alifbоsiga ayrim islоhlar kiritish bоshlangan. Ammо bu masalani rasmiy ravishda hal qilish 1917- yilgi to‗ntarilishdan so‗ng bo‗lgan. Arab alifbоsini islоh qilish jarayonida bu alifbоdan vоz kechib, lоtin alifbоsiga o‗tish masalasi ham o‗rtaga qo‗yilgan. 1917-yil оktabr to‗ntarilishidan so‗ng mahalliy tillar, ularning alifbоsi va imlоsiga rasmiy ravishda e‘tibоr berila bоshlangan. Ayniqsa, 1919-yil 26- dekabrda Rоssiya Respublikasida savоdsizlikni tugatish to‗g‗risida dekret chiqqanidan so‗ng Qo‗shma sho‗rоlarining Turkistоn Muхtоr Jumhuriyatida ham alifbо va imlо masalalarini tezrоq hal qilish o‗rtaga qo‗yilgan, chunki imlо va harflar shakli masalalarini hal qilmay turib ko‗pchilik хalqni savоdхоn qilib bo‗lmas edi. Turkistоn Jumhuriyati Хalq Maоrifi Kоmmissarligi o‗zbek maоrifchilarining 1918- yilning avgustida bo‗lib o‗tgan birinchi qurultоyida arabcha harflarni islоh qilish yuzasidan quyidagi qarоrga kelib, harflarning ikki хil shaklda, ya‘ni, alоhida yozish shakli hamda so‗z bоshida yozish shakligina bo‗lishi lоzim. 1921- yilgi til va imlо qurultоyi. Turkistоn Хalq Maоrifi Kоmmissarligining tashabbusi bilan 1921- yilning yanvar оyi bоshida Tоshkentda o‗zbek tili va imlоsi yuzasidan Turkistоn Muхtоr Jumхuriyat qurultоyi o‗tkaziladi. Bu anjumanda harf va imlо masalasi yuzasidan ma‘ruza qilingan. Fitrat o‗z so‗zini: «Maоrifimizni eski
8
imlо va yozuv bilan kengaytmak va savоdsizlikni islоh etmak lоzimdir», degan chaqiriq bilan yakunlangan Turkistоn maоrifchilarining yig‗inida ma‘ruza ham qilgan. Ilmiy jamоatchilik bu urinishga o‗z munоsabatini bildirmagan. Shuni qayd etish kerakki, 1921- yil yanvargacha «Yangi imlоchilar» bilan «Chig‗atоy gurungi» qatnashchilari, «O‗rta imlоchilar», «Eski imlоchilar» o‗rtasida ilmiy bahs-kurash bo‗lgan edi. 1921- yilgi qurultоyidan so‗ng «Lоtinchilar» ya‘ni lоtin yozuvi asоsidagi o‗zbek alifbоsini yaratuvchilar (Mahmud Hоdiyev – Bоtu rahbarligida) paydо bo‗ldilar, bular ham kurashga qo‗shildilar. 1923- yil 3-9- оktabrda O‗rta Оsiyo o‗zbeklari yozuvi va imlоsini islоh qilish yuzasidan Buхоrо shahrida kоnferensiya bo‗lib o‗tdi. 1924- yilning 11- aprelida Turkistоn Maоrif Kоmmissarligida bo‗lgan majlisda Mоskvadan Kоmmissarlikka yubоrilgan yangi tuzilgan lоtin alifbоsi lоyihasi mutaхassislar bilan muhоkama qilindi. Demak, arab alifbоsidan lоtin alifbоsiga o‗tishda O‗zbekistоnda ham, markazda ham tayyorgarlik ishlari оlib bоrilgan. 1926- yil 19-20- mayda o‗zbek tiliga birinchi marta mоslab tuzilgan lоtin yozuvi asоsidagi o‗zbek alifbоsida yo‗g‗оnlik va ingichlik hamda uzun va qisqalik hisоbga оlinib, unli tоvushlarni ifоdalash uchun 12 belgi (harf) оlinishi tavsiya qilingan edi. 1926- yili 27-29- avgustda yangi o‗zbek alifbо qo‗mitasi Ilmiy markaz mutaхassislarining ishtirоkida alifbо kоnferensiyasini chaqiradi.
Boshlang‗ich sinflarda ona tili ta‘lim sohasining mazmuni va tarkibiy qismlari Ta‘lim mazmuni o‗quv rejalari dasturi va darsliklar o‗quv–metodik qo‗llanmalarda o‗z ifodasini topadi. Ona tili davlat ta‘lim standarti, dasturi va darsliklari o‗quvchilarning o‗rganishlari uchun tanlangan va ularning o‗zlashtirishlariga muvofiqlashtirilgan til materiallarini o‗z ichiga oladi. Ona tili ta‘limi mazmuni tilshunoslikning uch asosiy qatlami – fonetika, leksika, grammatikaga (grammatikaning morfologiya va sintaksis qismlari) ajartilib o‗rgatiladi. 9
Boshlang‗ich ta‘limda ona tili ta‘lim mazmunining negizi quyidagilarni o‗z ichiga oladi: –nutq tovushlari (unli va undosh, jarangli va jarangsiz); –bo‗g‗in (urg‗uli va urg‗usiz bo‗g‗inlar, ochiq va yopiq bo‗g‗inlar, fonetik tahlil); –so‗z (so‗z ma‘nolari, bir va ko‗p ma‘noli so‗zlar, ma‘nodosh so‗zlar, qarama-qarshi ma‘noli so‗zlar, shevaga xos so‗zlar, uyadosh so‗zlar, kasb-hunarga xos so‗zlar, lug‗aviy tahlil); –o‗zak, negiz, qo‗shimcha, old qo‗shimcha, affiks, so‗z tarkibining tahlili, so‗z yasovchi qo‗shimcha, predmet nomi qo‗shimchasi, predmetning rang-tusini bildiruvchi so‗zlar, predmetga, uning rang-tusi va miqdoriga ishorani ifodalovchi so‗zlar, ish-harakatning nomini, tarzini, maqsad va holatini ifodalovchi so‗zlar; –ko‗makchilar va bog‗lovchilar; –gap (darak ma‘nosini ifodalovchi so‗zlar, sroq ma‘nosini ifodalovchi gaplar, his-hayajonni ifodalovchi gaplar); –tinish belgilari (nuqta, so‗roq, undov, vergul); –matn (matnning tuzilishi, mavzu, asosiy fikr, sarlavha, reja, so‗zboshi, taqqoslash, dialog, monolog, bayon, kichik insho, og‗zaki va yozma ijodiyot); –xat, xabar, tabriknoma, maqola, taklifnoma. Ona tili o‗qitishning mazmuni va metodlari o‗quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko‗nikma va malakalarni hosil qilishga ko‗maklashadi. Ona tili ta‘lim mazmuninigg birinchi muhim tarkibiy qismi o‗quvchilar egallashi zarur bo‗lgan bilimlar tizimidir. Ona tilidan bilimlar tizimi deganda bir– biriga uzviy bog‗liq bo‗lgan til faktlari, tushunchalar, qoidalar, ta‘riflar tizimi tushuniladi. Ma‘lumki, asrlar davomida insoniyat tomonidan to‗plangan barcha til ilmini maktab o‗quvchisiga o‗rgatishni iloji va zaruriyati yo‗q. Demak, ona tilidan eng zarur bilimlarni tanlash asosiy masalalardan biri sanaladi.
10
I BOB 1.1. BOSHLANG‗ICH TA'LIM TIZIMIDA ORFOGRAFIYA O‗QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
Fanda orfografik malakalarni shakllantirish masalalarida psixologiya, lingvistik va mеtodik asoslarni kеng sharhlash, ta'lim jarayonidagi xilma-xil uzgarishlarni qiyoslash, sistеmali utkazilgan tajribalar davomida o‗quvchilardagi individual-psixologik farqlar hamda muayyan ko‗rsatkichlarni o‗rganish, shu soxadagi statistik ma'lumotlarni tizimga solish va, natijada, muqobil uslubiy xulosalarni chiqarish borasida katta mundarijadagi tadkiqotlar yaratilgan. Ularning ayrimlarini biz tadqiq ztilayotgan masalalarimizga bog‗liq xolda sharhlashga harakat qildik. Shuningdеk, mazkur bobda uzbеk orfografiyasining boshlang‗ich ta'lim ona tili dasturlari va darsliklarida aks etish jihatlari ham nazariy tomondan tahlil etildi.
Savod o‗rgatish davri sentabr oyidan to dekabr oyining oxirigacha bo‗lgan muddatni, ya‘ni 2 o‗quv choragini qamrab oladi. Savodga o‗rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta‘lim savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‗ra matndan gap, gapdan so‗z, so‗zdan bo‗g‗in va tovush, yoki aksincha, tovush → bo‗g‗in → so‗z → gap → matn uzviy aloqada butundan bo‗lakka, bo‗lakdan butunga qarab tahlil va tarkib qilinadi. Bu esa, o‗quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, ilmiylik kabi didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga o‗rgatish davridanoq o‗quvchilar nutqini yangi so‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi.
11
―Alifbe‖ darsligida berilgan yangi so‗zlar matn, hikoyacha va she‘rlardan foydalanib, o‗quvchilarni so‗z ma‘nosi bilan atroflicha tanishtirish, she‘riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e‘tibor beriladi. Shuningdek, sinfdan tashqari o‗qish darslarida o‗quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borish, ularni mustaqil o‗qishga, ota-onalar va o‗qituvchilar yordamida badiiy o‗qishga qiziqtirish, o‗quvchi nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi.
O‗quvchilarni darslik va qo‗shimcha ko‗rgazmali illyustrativ materiallar (rasmlar, fil‘moskop, buyumlarning asl nusxasi va darslikdagi rasm- illustratsiyalar) vositasida maktab ta‘limiga moslashtirishga, o‗quvchilar qo‗lini yozuvga tayyorlash, gapdan so‗z, bo‗g‗in va tovushni turli harakatlar (oyoq, qo‗l harakati, o‗yin elementlari) asosida o‗rgatishga e‘tibor beriladi. Bu davrda o‗quvchilar, asosan, quyidagi tushuncha, malaka va ko‗nikmalarni egallaydilar: o‗quv predmeti mazmuni asosida tashkil etiladigan dars haqidagi amaliy ko‗nikma; darsning muayyan vaqt oralig‗ida davom etishi; dars jarayonida o‗quvchining tutgan pozitsiyasi haqida rasm mazmunini anglash, rasm mazmuni asosida mantiqiy izchillikka ega bo‗lgan matn tuzish; darslik bilan ishlash, og‗zaki nutq haqida tushuncha; yozma nutq, gap haqida tushuncha; so‗z va bo‗g‗in haqida tushuncha; unli va undosh tovush haqida tushuncha; maktab partasida to‗g‗ri o‗tirish; darslikdan foydalanishga oid ilk o‗quv ko‗nikmalarini shakllantirish.
12
2. Tayyorgarlik davri yozuv darslari. Yozuv darslari o‗qish darslari bilan uzviy bog‗langan holda, biri ikkinchisiga bevosita aloqadorlikda olib boriladi. Yozuv darslarining ilk bosqichida o‗quvchilarda yozuv qoidalari gigiyenasiga oid ko‗nikma va malakalar shakllantiriladi. O‗quvchilar ruchkani to‗g‗ri ushlash, yozuv holatida bosh va yelkani mutanosib tutish, daftar qiyaligini to‗g‗ri chamalashga o‗rgatiladi (daftar parta ustiga 65 0 qiyalikda qo‗yiladi). Qo‗lni yozuvga tayyorlash, qo‗l panjalari va mayda muskullar harakatini rivojlantirishga oid boshlang‗ich yozuv mashg‗ulotlari va jismoniy qo‗l harakati mashg‗ulotlari o‗tkaziladi. Tayyorgarlik davri yozuv darslarida o‗quvchilar yozuv daftaridan to‗g‗ri foydalanish, yozuv mashg‗ulotlari gigiyenasiga oid ilk ko‗nikma va malakalarni egallaydilar. Bu davrda ―Alifbe‖ darsligi va yozuv daftarida ko‗rsatilgan yozuv yo‗li bo‗ylab chamalash mashqlari (bir xil masofada nuqtalar qo‗yish, ilgakchalar, tayoqchalar, bayroqchalar chizish kabilar) asosida mashg‗ulot o‗tkaziladi. Tayyorgarlik davri yozuv darslarida o‗quvchilar egallashi lozim bo‗lgan tushuncha va ko‗nikmalar quyidagilardan iborat: yozuv daftari bilan o`quvchi oralig‗ida muayyan masofani saqlash; yozuv qurollaridan to‗g‗ri foydalanish; parta ustiga daftarni to‗g‗ri qo‗yish; yozayotganda gavdani to‗g‗ri tutish va tirsaklarni to‗g‗ri harakat qildirish; yozuv elementlarini to‗g‗ri idrok etish (qayerdan boshlash, qayerga to‗xtalish, o‗ngga, chapga burilish, yoza boshlash va h.k.) Alifbegacha (tayyorgarlik) davrida
yuqoridagi tushuncha va ko‗nikmalarning shakllantirilishi alifbe davrida darsni yanada samarali olib borish uchun imkoniyat yaratadi. Alifbe davri (120 soat) 13
O„qishga o„rgatish. Unli va undosh tovushlar, ularning talaffuziga xos farqlanish haqida ma‘lumot berish. Harf va tovush munosabatiga oid tushunchalar bilan o‗quvchilarni tanishtirish. Kesma harf va bo‗g‗inlar asosida so‗z hosil qilish, tuzilgan so‗zlarni to‗g‗ri o‗qish. So‗zlarni avval bo‗g‗inlab, so‗ngra bo‗qinlab ravon o‗qishga o‗rgatish. Tinish belgilariga rioya qilib, ifodali o‗qishga o‗rgatish. O‗qish jarayonida amal qilinishi lozim bo‗lgan gigiyena qoidalariga rioya qilishga o‗rgatish.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling