Matematika fanidan davlat ta’lim standarti
Rivojlantiruvchi mashqlar
Download 95.11 Kb.
|
Matematika fanidan davlat ta’lim standarti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ish Shartli o‘lchov asbobi yordamida narsalarning uzunligini o‘lchash. Rivojlantiruvchi mashqlar.
- 10 ichida qo‘shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar (47 soat)
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Rasmlarni taqqoslash va savollarga javob berish. Rasmlar juftlaridagi o‘zgarishlarni topishga doir mantiqiy masalalar yechish. 6 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar. 0 soni. Raqamlash (17 soat) 6 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qish va yozish. 10 ichida narsalarni to‘g‘ri va teskari tartibda sanash. Sonlarni taqqoslash (katta, kichik, teng, teng emas). 0 sonni va uni belgilash. Yig‘indi va ayirmani topishga doir oddiy arifmetik masalalar (narsalar ustida amaliy ishlar, hisoblashlar yordamida rasmlardan foydalanilgan holda). Vaqt tasavvurlari: avval, keyin, oldin, oldinroq, keyinroq. Narsalarning uzunligi. Shartli o‘lchov asbobi yordamida narsaning uzunligini o‘lchash. To‘g‘ri chiziq kesmasi. Kesmaning uzunligi. Uzunlik birligi-santimetr. 10 ichida sonlarni taqqoslash. Amaliy ish Shartli o‘lchov asbobi yordamida narsalarning uzunligini o‘lchash. Rivojlantiruvchi mashqlar. Juft rasmlardagi o‘zgarishlarni, ya’ni farqlarni ko‘rsatuvchi mantiqiy masalalar. Belgilangan tayoqchalar yordamida (oddiy shakllar) turli shakllar yasash. 10 ichida qo‘shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar (47 soat) Qo‘shishning asosiy xossasi. Qo‘shishda 0 ning xossasi. Ayirishning xossasi. Ayirishda 0 xossasi. Qo‘shish amalining tarkibiy qismlari (birinchi qo‘shiluvchi, ikkinchi qo‘shiluvchi, yig‘indi) va ayirish amalining tarkibiy qismlari (kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma). Qo‘shish bilan ayirish orasidagi munosabat. Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi. Hisoblash usullari: a) bo‘laklab qo‘shish usuli, sonlarning o‘rinlarini almashtirish; b) bo‘laklab ayirish va ayirish bilan qo‘shish orasida bog‘linishga asoslangan ayirish usuli. Bir xonali songa 0, 1, 2, 3, 4 ni qo‘shish (10 ichida). Bir xonali songa 5, 6, 7, 8, 9 ni qo‘shish. 0, 1, 2, 3, 4 ni ayirish (10 ichida). 5 ,6, 7, 8, 9 ni ayirish (10 ichida). 10 ichida qo‘shish jadvali, xuddi shunday ayirish amali uchun. Quyidagi ko‘rinishdagi ayirish va qo‘shishni bajarish: 9-9, 0 5, 7-0, 8 0. 1 va 2 amalli sonli ifodalarni o‘qish, yozish va qiymatini topish (qavssiz misollar). Berilgan sondan bir necha birlik katta yoki kichik bo‘lgan sonni topish. Yig‘indini, qoldiqni, noma’lum qo‘shiluvchilarni topish, sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish) va taqqoslashga oid (amaliy ish va rasmlar, qisqa yozuv bo‘yicha, to‘liq bo‘lmagan narsalar ko‘rgazmasi asosida) sodda arifmetik masalalarni yechish. Arifmetik amallarni qo‘shish va ayirishga doir matnli masalalarni yechish. Kilogramm va litr haqida tushuncha. Masala yechimini yozish. Nuqta. To‘g‘ri chiziq kesmasi. Kesmaning uzunligi. Santimetr uzunlik birligi, belgilanishi – sm. Ko‘pburchaklar. Ularning tasniflari. To‘rtburchaklarning har xil turlari. Santimetr yordamida kesmaning uzunligini o‘lchash. Chizg‘ich yordamida berilgan uzunligi asosida kesma chizish. Kesma uzunligini berilgan sondagi santimetrlarga qadar kattalashtirish va kichraytirish. Kesmalarni chizg‘ich yordamida ayirmali taqqoslash. Tanish geometrik shakllarning ko‘rinishini o‘zgartirish. Amaliy ish Santimetr. Santimetr modelini yasash. Santimetr yordamida berilgan uzunlik asosida kesma chizish. Kesma uzunligini berilgan sondagi santimetrlarga qadar kattalashtirish va kichraytirish. Kesmalarni chizg‘ich yordamida ayirmali taqqoslash. Download 95.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling