Matematika fanidan davlat ta’lim standarti
Boshlang‘ich maktab bitiruvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar
Download 95.11 Kb.
|
Matematika fanidan davlat ta’lim standarti
3. Boshlang‘ich maktab bitiruvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar
Matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni bilishi va tushunishi zarur: 1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan ketma-ket kelgan sonlar qatori haqida tasavvurga ega bo‘lish; bir xonali sonlarni qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan bilish; bir xonali sonlarni ko‘paytirish va mos bo‘lish jadvallarini yoddan bilish; sonli ifodalarda amallarni ketma-ket bajarish qoidalarini bilish; Bajara olishi zarur: 1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan sonlarni va nol sonini o‘qish, yozish va taqqoslash; sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash; o‘rganilgan matematik atamalardan o‘rnida foydalanish; 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish; 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni bajarishga keltiriladigan ko‘p xonali sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish; 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qoldiqli bo‘lishni bajarish; ko‘p xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish; ko‘p xonali sonlarni bir va ikki xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish; nol bilan hisoblashlarni bajarish; 2-3 amalli sonli (qavsli va qavssiz) ifodalarning qiymatini topish; bajarilgan hisoblashlar to‘g‘riligini tekshira olish; sodda tenglamalarni yechish; matnli (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan amallarni bajarish bilan yechiladigan) masalalarni yechish; berilgan uzunlikka ega bo‘lgan kesmani chizg‘ich yordamida chizish, berilgan kesma uzunligini o‘lchash; o‘rganilgan geometrik shakllarni tanish va ularni (chizg‘ich yordamida yoki qo‘lda) katakli qog‘ozga chizish; to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratning perimetrini hisoblash; kattaliklarni ularning son qiymatlariga ko‘ra taqqoslash va ularni turli o‘lchov birliklarida ifodalash; Orttirilgan bilim va ko‘nikmalardan amaliy faoliyatda va kundalik turmushda (quyidagi holatlarda) foydalanishi zarur: o‘rab turgan atrof muhitida mo‘ljal (orientr) olish (manzilga yetib borish marshrutini rejalashtirish, harakatlanish yo‘lini tanlash va hokazo); narsalarni turli xususiyatlari: uzunligi, yuzi, massasi, sig‘imi bo‘yicha taqqoslash va tartibga solish: soat yordamida vaqtni aniqlash (soat va minutlarda); kundalik turmush vaziyatlari (xarid, uzunliklarni o‘lchash, massani tortish va hokazo)ga oid masalalarni yechish; buyumlarning o‘lchamlarini ko‘z bilan “chamalab” baholash; turli geometrik shakllardan foydalanib mustaqil kichik konstruktorlik faoliyati elementlarini bajarish. Download 95.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling