Matematika fanidan davlat ta’lim standarti
- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi
Download 95.11 Kb.
|
Matematika fanidan davlat ta’lim standarti
2- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi
O‘quv yili yakunida mazkur mazvularni o‘zlashtirish 2-sinf o‘quvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Sonlar va hisoblashlar: 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar qatorining tuzilishi; 20 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish usullari; 100 ichida o‘nlikdan o‘tmasdan sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirish usullari; Birliklar va o‘nliklar xonasi va ularda raqamlarning o‘rni va qiymati; 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish usullari hamda algoritmi. Sonlarni qulay usulda qo‘shish va ayirish. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘zaro taqqoslash va ular orasidagi munosabatlarining yozilishi; Qo‘shish va ayirish amallari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar. Qo‘shish va ayirish amallarining to‘g‘ri bajarilganligini tekshirish; ikki amalli sonli ifodalarning qiymatini topish; ikki xonali sonlarni qo‘shish va ayirishni yozma hisoblash; Bir nechta bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish. Sonni bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisi sifatida ifodalash. Ko‘paytirish amali. Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi; Bo‘lish amali. Ko‘paytirish va bo‘lish amallarining o‘zaro bog‘liqligi. Jadvalli ko‘paytirish va bo‘lish. Bir xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish jadvallari. Sonlarni 0 va 1 ga ko‘paytirish va bo‘lish. 0 ga bo‘lishning mumkin emasligi. “...marta orttirish”, “...marta kamaytirish”, “...marta ko‘p”, “...marta kam” tushunchalari; Sonlarni 10 ga ko‘paytirish va bo‘lish. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida ko‘paytirish va bo‘lish usullari hamda va algoritmlari; amallardan biri ko‘paytirish yoki bo‘lish bo‘lgan ikki amalli masalalarni yechish; sonli ifoda va harfiy ifoda tushunchalari; eng sodda sonli ifodalarning qiymatlarini topish; tenglama tushunchasi va x 3 = 9, 6 – x = 2, x – 5 = 4, x • 6 = 42, 12 : x = 4, x : 2 = 6 tenglamalarga o‘xshash eng sodda tenglamalarni yechish; sonli eng sodda tengsizliklar; Butun va ulushlar. Yarim va chorak tushunchalari. Sonning qismi; 1 – 2 amalli matnli masalalarni yechish; Download 95.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling