Matematika fanidan davlat ta’lim standarti
Fazoviy munosabatlar. Geometrik shakllar. Kattaliklar
Download 95.11 Kb.
|
Matematika fanidan davlat ta’lim standarti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar 3-sinf yakunida matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni
Fazoviy munosabatlar. Geometrik shakllar. Kattaliklar:
Atrof-borliq tasviri bo‘lgan yangi geometrik shakllar; Uzunlik o‘lchovi birligi kilometr va uning belgilanishi; uzunlik o‘lchovi birliklari: kilometr, metr, detsimetr, santimetr va millimetrlar orasidagi munosabatlar; Massa o‘lchov birliklari: kilogramm, gramm, tonna va sentner, ularning belgilanishi hamda ular orasidagi munosabatlar; Vaqt o‘lchov birliklari: sutka, hafta, oy, yil va ular orasidagi munosabatlar; Yuz o‘lchovi birligi kvadrat detsimetr va uning belgilanishi; Paletka bilan ishlash; Shakllarning perimetrlari va yuzlarini o‘lchashlar, kataklarni sanash va paletka yordamida hisoblash usullari; 3-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar 3-sinf yakunida matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni bilishi va tushunishi zarur: 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan ketma-ket kelgan sonlar qatori; 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish; sonlarni bir xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish; sonli ifodalarda amallarni ketma-ket bajarish qoidalarini bilish; uzunlik o‘lchovi birligi kilometr va uning belgilanishi (km) haqida tasavvurga ega bo‘lish; uzunlik o‘lchovi birliklari orasidagi munosabatlar; yuz o‘lchovi birligi kvadrat detsimetr va uning belgilanish (kv. dm) haqida tasavvurga ega bo‘lish; Bajara olishi zarur: 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qish, yozish va taqqoslash, Sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash; O‘rganilgan matematik atamalardan o‘rnida to‘g‘ri foydalanish; 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish; 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qoldiqli bo‘lishni bajarish; 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni yozma qo‘shish va ayirish va natijani tekshirish; 3 xonali sonlarni bir xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish va natijani tekshirish; 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni bir xonali songa yozma bo‘lish va natijani tekshirish; Sonni ko‘paytmaga bo‘lish, yig‘indini songa ko‘paytirish va sonni yig‘indiga ko‘paytirish hamda yig‘indini songa bo‘lish usullarini bilish; Nol bilan hisoblashlarni bajarish; 2-3 amalli sonli (qavsli va qavssiz) ifodalarning qiymatini topish; Bajarilgan hisoblashlar to‘g‘riligini tekshirish; Matnli (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan amallarni bajarish bilan yechiladigan) masalalarni yechish; O‘rganilgan geometrik shakllarni tanish va ularni (chizg‘ich yordamida yoki qo‘lda) katakli qog‘ozga chizish; Kattaliklarni ularning son qiymatlariga ko‘ra taqqoslash va ularni turli o‘lchov birliklarida ifodalash; 1–2 amalli masalalarni (shakllar bo‘yicha, reja bo‘yicha, ifoda tuzib) yechish. Orttirilgan bilim va ko‘nikmalardan amaliy faoliyatda va kundalik turmushda (quyidagi holatlarda) foydalana olishi zarur: o‘rab turgan atrof muhitida mo‘ljal olish (manzilga yetib borish marshrutini rejalashtirish, harakatlanish yo‘lini tanlash va hokazo); narsalarning turli xususiyatlari: uzunligi, yuzi, massasi, sig‘imi bo‘yicha taqqoslash va tartibga solish: soat yordamida vaqtni aniqlash (soat va minutlarda); kundalik turmush vaziyatlari (xarid, o‘lchash, og‘irliklarni tortish va hokazo)ga oid masalalarni yechish; buyumlarning o‘lchamlarini ko‘z bilan “chamalab” baholash; o‘rganilgan geometrik shakllardan foydalanib mustaqil kichik konstruktorlik faoliyati elementlarini bajarish. Download 95.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling