Matematika fanidan davlat ta’lim standarti
Download 95.11 Kb.
|
Matematika fanidan davlat ta’lim standarti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang‘ich maktab 4-sinf bitiruvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar
Geometrik shaklllar
geometrik shakllar: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, ko‘pburchaklar, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, aylana va doira, kub va shar, kesma uzunligini o‘lchash va berilgan uzunlikdagi kesmani yasash. ko‘pburchak perimetrini hisoblash. geometrik shakl yuzi, yuz o‘lchov birliklari (santimetr, kvadrat, detsimetr, kvadrat, metr kvadrat,) Boshlang‘ich maktab 4-sinf bitiruvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar 4-sinf yakunida matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni bilishi va tushunishi zarur: 1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan ketma-ket kelgan sonlar qatori haqida tasavvurga ega bo‘lish; bir xonali sonlarni qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan bilish; bir xonali sonlarni ko‘paytirish va mos bo‘lish jadvallarini yoddan bilish; sonli ifodalarda amallarni ketma-ket bajarish qoidalarini bilish; sonlarni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida yozish; Bajara olishi zarur: 1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan sonlarni va nol sonini o‘qish, yozish va taqqoslash, sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash; o‘rganilgan matematik atamalardan o‘rnida foydalanish; 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish; 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni bajarishga keltiriladigan ko‘p xonali sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish; 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qoldiqli bo‘lishni bajarish; 100 gacha bo‘lgan sonlarni ustun shaklida yozma qo‘shish va ayirish; nol bilan tugaydigan songa ko‘paytirish va bo‘lish; 100 gacha bo‘lgan sonlarni ustun shaklida ikki va uch xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish; 2-3 amalli sonli (qavsli va qavssiz) ifodalarning qiymatini topish; bajarilgan hisoblashlar to‘g‘riligini tekshirish; sonli ifodalarda amallarni bajarish tartibiga ko‘ra qavs qatnashgan va qavs qatnashmagan sonli ifodalarning qiymatini topish; sodda tenglamalar: noma’lum qo‘shiluvchi, noma’lum ayriluvchi, noma’lum kamayuvchi, noma’lum ko‘paytuvchi, noma’lum bo‘linuvchi va noma’lum bo‘luvchini topishga doir tenglamalarni yechish; matnli (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan amallarni bajarish bilan yechiladigan) masalalarni yechish; o‘rganilgan geometrik shakllarni tanish va ularni (chizg‘ich yordamida yoki qo‘lda) katakli qog‘ozga chizish; to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratning perimetrini hisoblash; kattaliklarni ularning son qiymatlariga ko‘ra taqqoslash va ularni turli o‘lchov birliklarida ifodalash; aralash o‘lchov birliklarida berilgan kattaliklarni qo‘shish va ayirish hamda ularni songa ko‘paytirish va bo‘lish; “…va…”, “... yoki...”, “agar… bo‘lsa, u holda … bo‘ladi” ko‘rinishidagi eng sodda mantiqiy ifodalarni to‘g‘ri tuza olish; Download 95.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling