Matematika fanidan davlat ta’lim standarti
Boshlang‘ich ta’lim davlat talim standartining sinflar bo‘yicha mazmuni
Download 95.11 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sonlar va hisoblashlar
- Kattaliklar va ularni o‘lchash
- Geometriya elementlari.
- Qiziqarli va nostandart masalalar
- 1-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar
- Bilim
- Ko‘nikmalar
- 2- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi
- 2-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar
- 3- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi
- hisobl
- Fazoviy munosabatlar. Geometrik shakllar. Kattaliklar
- 3-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar
- 4- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi
- G eometrik shaklllar
- Boshlang‘ich maktab 4-sinf bitiruvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar
4. Boshlang‘ich ta’lim davlat talim standartining sinflar bo‘yicha mazmuni 1- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi O‘quv yili yakuniga kelib mazkur mazvularni o‘zlashtirish 1-sinf bitiruvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Umumiy tushunchalar: Narsalarning xossalari: rangi, shakli, o‘lchamlari, nimaga mo‘ljallanganligi, nimadan yasalganligi, umumiy nomlanishi; Narsalar guruhidan berilgan xossaga egalarini ajratish va o‘zaro taqqoslash. Narsalarni berilgan xossani qanoatlantiruvchi guruhlarga (sinflarga) taqsimlash. Sonlar va hisoblashlar: Sonlarning sanash va o‘lchash natijasida hosil bo‘lganligi. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar. Songa 1 ni qo‘shish natijasida sondan oldin keluvchi sonning, 1 ni ayirish natijasida sondan keyin keluvchi sonning hosil bo‘lishi; Arab raqamlari. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash, ularning o‘qilishi, yozilishi va hosil qilinishi; Birliklar va o‘nliklar xonasi va ularning o‘rni; 0 sonining mohiyati va uning kiritilishi; Rim raqamlari. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarning yozilishi. Narsalar guruhlarini biror xususiyatlariga qarab birlashtirish (qo‘shish amali). Qo‘shish amali belgisi. Birlashtirilgan narsalar orasidan biror xususiyatiga ko‘ra narsalar guruhini ajratish (ayirish amali). Ayirish amali belgisi. 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar. 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning yozilishi va o‘qilishi. 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish. Qo‘shish amalining tashkil etuvchilari (komponentlari), natijasi va ularning mos ravishda nomlanishi: birinchi qo‘shiluvchi, ikkinchi qo‘shiluvchi va yig‘indi. Ayirish amalining tashkil etuvchilari (komponentlari), natijasi va ularning mos ravishda nomlanishi: kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma; 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni o‘zaro taqqoslash va ular orasidagi munosabatlarining yozilishi; O‘nliklar xonasi. O‘nliklar bilan hisoblashlar. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar, ularning yozilishi va o‘qilishi. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish. Qo‘shish va ayirish amallari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar; Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi. Sonlarni qo‘shish va ayirish usullari; Bir xonali sonlarni qo‘shish jadvali; “...ta orttirish”, “...ta kamaytirish”, “...ta ko‘p”, “...ta kam” tushunchalari; Tenglik va tengsizlik. «=», «<», «>» ishoralari. Sonli ifodalar. Sonli ifodalarni o‘qish, yozish va ularning qiymatini topish. Ikki amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi. Kattaliklar va ularni o‘lchash: Uzunlik, massa, sig‘im kattaliklari va ularni o‘lchash; Kattaliklarning o‘lchov birliklari: santimetr, ditsemetr, kilogramm, litr. Bir xil kattaliklarni qo‘shish va ayirish; Masala va uning tuzilishi. Sodda matnli masalalar. Qo‘shish va ayirish amallari mohiyatini ochuvchi matnli masalalar. “...ta ortiq” va “...ta kam” tushunchalariga doir masalalar. Geometriya elementlari. Tekislik va fazoda o‘rin aniqlash (orientatsiya): “ustida”, “tagida”, “yuqorida”, “pastda”, “o‘ngda”, “chapda”, “o‘rtasida” va hokazo. Nuqta. Chiziqlar: to‘g‘ri chiziq, egri chiziq. Aylana. Kesma. Siniq chiziq. Burchak. To‘g‘ri burchak. Uchburchak. To‘rtburchak. To‘g‘ri to‘rtburchak. Kvadrat. Siniq chiziq uzunligi uni tashkil qiluvchi qismlari yig‘indisi sifatida. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat tomonlari yig‘indisini topish. Qiziqarli va nostandart masalalar Sonli boshqotirmalar va arifmetik rebuslar. Umumiy qonuniyatni topishga va tasniflashga (guruhlarga ajratish) doir mantiqiy masalalar. Qirqishga doir masalalar. Qirqimlardan shakl tuzish. Sanoq cho‘plariga doir masalalar. 1-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar O‘quv yili oxiriga kelib 1- sinf o‘quvchisi quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak: Sonlar va hisoblashlar bo‘yicha: Bilim: - 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligi va ularning nomlanishi bilish; Sonlar ustida qo‘shish va ayirish amallarining nomlari va belgilari bilish; Bir xonali sonlarni qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan bilish; Uzunlik, massa va sig‘im o‘lchov birliklari: santimetr, ditsemetr, litr va kilogrammni bilish. Ko‘nikmalar: Narsalarni xossalari: rangi, shakli, o‘lchamlari, nimaga mo‘ljallanganligi, nimadan yasalganligiga qarab guruhlarga ajrata olish; Bir xonali sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirish; 0 dan 100 gacha sonlarni o‘qish, yozish va taqqoslay olish; 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qo‘shish va ayirish amallarini bajarish; Qo‘shish va ayirish amali qatnashgan (qavsli va qavssiz) sonli ifodalar qiymatini hisoblash; Qo‘shish va ayirish amallari mohiyatini ochuvchi sodda masalalarni yechish; “...ta ortiq” va “...ta kam” tushunchalariga doir masalalarni yechish; Sodda geometrik shakllar: nuqta, kesma, to‘g‘ri chiziq, egri chiziq, aylana, kesma, siniq chiziq, burchak, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratni taniy olish; Kesma uzunligini chizg‘ich yordamida o‘lchay olish; Bir xil o‘lchamli kattaliklarni qo‘shish va ayirish; 2- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi O‘quv yili yakunida mazkur mazvularni o‘zlashtirish 2-sinf o‘quvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Sonlar va hisoblashlar: 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar qatorining tuzilishi; 20 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish usullari; 100 ichida o‘nlikdan o‘tmasdan sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirish usullari; Birliklar va o‘nliklar xonasi va ularda raqamlarning o‘rni va qiymati; 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish usullari hamda algoritmi. Sonlarni qulay usulda qo‘shish va ayirish. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘zaro taqqoslash va ular orasidagi munosabatlarining yozilishi; Qo‘shish va ayirish amallari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar. Qo‘shish va ayirish amallarining to‘g‘ri bajarilganligini tekshirish; ikki amalli sonli ifodalarning qiymatini topish; ikki xonali sonlarni qo‘shish va ayirishni yozma hisoblash; Bir nechta bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish. Sonni bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisi sifatida ifodalash. Ko‘paytirish amali. Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi; Bo‘lish amali. Ko‘paytirish va bo‘lish amallarining o‘zaro bog‘liqligi. Jadvalli ko‘paytirish va bo‘lish. Bir xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish jadvallari. Sonlarni 0 va 1 ga ko‘paytirish va bo‘lish. 0 ga bo‘lishning mumkin emasligi. “...marta orttirish”, “...marta kamaytirish”, “...marta ko‘p”, “...marta kam” tushunchalari; Sonlarni 10 ga ko‘paytirish va bo‘lish. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida ko‘paytirish va bo‘lish usullari hamda va algoritmlari; amallardan biri ko‘paytirish yoki bo‘lish bo‘lgan ikki amalli masalalarni yechish; sonli ifoda va harfiy ifoda tushunchalari; eng sodda sonli ifodalarning qiymatlarini topish; tenglama tushunchasi va x 3 = 9, 6 – x = 2, x – 5 = 4, x • 6 = 42, 12 : x = 4, x : 2 = 6 tenglamalarga o‘xshash eng sodda tenglamalarni yechish; sonli eng sodda tengsizliklar; Butun va ulushlar. Yarim va chorak tushunchalari. Sonning qismi; 1 – 2 amalli matnli masalalarni yechish; Kattaliklar va ularni o‘lchash: Uzunlik o‘lchov birligi – metr. Uzunlik o‘lchov birliklari orasidagi munosabatlar. Bir o‘lchov birligidan ikkinchi o‘lchov birligiga o‘tkazish; Aralash o‘lchov birliklarida berilgan kattaliklarni bir xil o‘lchov birligiga keltirish. Kattaliklarni qo‘shish, ayirish va taqqoslash. Kattaliklarni songa ko‘paytirish va bo‘lish; Tovarning narxi, miqdori va umumiy bahosi. Vaqt. Vaqt o‘lchov birligi – soat. Sodda matnli masalalar. Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallari mohiyatini ochuvchi matnli masalalar. “...ta ortiq” , “...ta kam”, “...marta ortiq”, “...marta kam” tushunchalariga doir masalalar. Turli xil o‘lchov birliklarida berilgan kattaliklarni qo‘shish va ayirish; uzunlik o‘lchov birligi – metr va millimetr; yuz o‘lchov birligi – kvadrat santimetr; Geometriya elementlari. Geometrik shakllar – tevarak- atrofdagi narsalarining tasviri sifatida; Tekislik. Yassi shakllar. Fazoviy jismlar. Geometrik shakllarni harflar bilan belgilash. Geometrik shakllar: burchak, o‘tkir va o‘tmas burchaklar, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana, doira va ularning ba’zi xossalari; To‘g‘ri to‘rtburchak perimetri. Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak perimetrini hisoblash; Geometrik shaklning yuzi haqida tushuncha. Aylana va doira. sirkul yordamida aylana chizish. Aylana radiusi. Doirani qismlarga bo‘lish. Yassi shakllarni ularning qismlaridan foydalanib tiklash. Yassi shakllarni qismlarga bo‘lish. Qiziqarli va nostandart masalalar Sonli boshqotirmalar va arifmetik rebuslar. Umumiy qonuniyatni topishga va tasniflashga (guruhlarga ajratish) doir mantiqiy masalalar. Qirqishga doir masalalar. Qirqimlardan shakl tuzish. Sanoq cho‘plariga doir masalalar. 2-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar O‘quv yili oxiriga kelib 2- sinf o‘quvchisi quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak: Sonlar va hisoblashlar bo‘yicha: Bilim: 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qo‘shish va ayirishni bilish; Bir xonali sonlarni qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan bilish; Ko‘paytirish amali, uning komponentlari va natijasi, belgilari va asosiy xossalarini bilish; Bo‘lish amali, uning komponentlari va natijasi, belgilari va asosiy xossalarini bilish; arifmetik amallar orasidagi o‘zaro bog‘lanish haqida tassavvurga ega bo‘lish; Ko‘paytirish va mos bo‘lish jadvallarini yoddan bilish; sonli va harfiy ifodalarni bilish va ular orasidagi farqlarni ajrata olish; Eng sodda tenglama va uni yechish haqida tushunchaga ega bo‘lish; butun va ulushlar: yarim, chorak va sonning qismlari haqida tushunchaga ega bo‘lish; Uzunlik yangi o‘lchov birliklari: metr va millimetrni bilish. Ko‘nikmalar: 100 ichida o‘rganilgan usullar asosida sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirish amallarini bajara olish; 100 ichida sonlarni ustun shaklidagi qo‘shish va ayirishni amalga oshira bilish; ko‘paytirishning asosiy xossasini hisoblashlarda qo‘llay olish; a 5 , a – 6 , 4 – s , 4 . a , a : 3, 8 : s kabi harfli ifoda qiymatini harfning berilgan qiymatlarida hisoblay olish; sodda tenglamalarni noma’lumning berilgan qiymatlari orasidan tanlash yo‘li bilan yechish; sodda tenglamalarni qo‘shish va ayirish hamda ko‘paytirish va bo‘lish amallari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar yordamida yechish; qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallari mohiyatini ochuvchi matnli masalalar. “...ta ortiq” , “...ta kam”, “...marta ortiq”, “...marta kam” tushunchalariga doir sodda 1 yoki 2 amalli masalalarni yechish; Berilgan sonning yarmi, choragini va qismini topa olish; Uzunlik o‘lchov birliklari: metr, santimetr, ditsemetr va millimetr bilan ishlay olish. Turli o‘lchov birliklarida berilgan kattaliklarni qo‘shish va ayirish; Hisoblashlarda qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan qo‘llay bilish; Hisoblashlarda ko‘paytirish va mos bo‘lish jadvallarini yoddan qo‘llay bilish; Tovarning narxi, miqdori va umumiy bahosiga doir masalalarni yechish; Vaqtni soatga qarab chamalab aniqlash; 3- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi Mazkur mazvularni o‘zlashtirish 3-sinf bitiruvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Sonlar va hisoblashlar: 1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlar qatori; 1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlarning o‘nli sanoq sistemasida yozish qoidalari; 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni rim raqamlari bilan raqamlash; 1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirishning yozma (xona birliklaridan chiqadigan hollarda) va og‘zaki usullari; 1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlarni bir xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish usullari. Ko‘paytirish va bo‘lishning to‘g‘ri bajarilganligini tekshirish usullari. Sonni ko‘paytmaga bo‘lish. Yig‘indini songa ko‘paytirish. Sonni yig‘indiga ko‘paytirish. Yig‘indini songa bo‘lish. Nol bilan tugaydigan sonlarni bir xonali sonlarga, o‘nliklarga va yuzliklarga ko‘paytirish va bo‘lish usullari; Sonlarni qoldiqli bo‘lish; Sonning ulushlarini va ulushlari bo‘yicha sonni o‘zini topish usullari; 2 – 3 amalni o‘z ichiga olgan (qavsli va qavssiz) ifodalarda amallarning bajarilish tartibi; x 123 = 140 , x – 436 = 152, x • 4 = 140, x : 9 = 810 , 630 : x = 70, 810 – x=135 kabi tenglamalarni arifmetik amallar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar asosida yechish; 1–3 amalli matnli masalalarni arifmetik, tenglama tuzish, ifoda tuzish usuli bilan yechish; Massa birliklari: tonna, sentner, kilogramm, gramm orasidagi munosabatlar; Vaqt birliklari: soat, minut, sutka, yil, oy, hafta, sekund, asr orasidagi munosabatlar; Fazoviy munosabatlar. Geometrik shakllar. Kattaliklar: Atrof-borliq tasviri bo‘lgan yangi geometrik shakllar; Uzunlik o‘lchovi birligi kilometr va uning belgilanishi; uzunlik o‘lchovi birliklari: kilometr, metr, detsimetr, santimetr va millimetrlar orasidagi munosabatlar; Massa o‘lchov birliklari: kilogramm, gramm, tonna va sentner, ularning belgilanishi hamda ular orasidagi munosabatlar; Vaqt o‘lchov birliklari: sutka, hafta, oy, yil va ular orasidagi munosabatlar; Yuz o‘lchovi birligi kvadrat detsimetr va uning belgilanishi; Paletka bilan ishlash; Shakllarning perimetrlari va yuzlarini o‘lchashlar, kataklarni sanash va paletka yordamida hisoblash usullari; 3-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar 3-sinf yakunida matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni bilishi va tushunishi zarur: 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan ketma-ket kelgan sonlar qatori; 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish; sonlarni bir xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish; sonli ifodalarda amallarni ketma-ket bajarish qoidalarini bilish; uzunlik o‘lchovi birligi kilometr va uning belgilanishi (km) haqida tasavvurga ega bo‘lish; uzunlik o‘lchovi birliklari orasidagi munosabatlar; yuz o‘lchovi birligi kvadrat detsimetr va uning belgilanish (kv. dm) haqida tasavvurga ega bo‘lish; Bajara olishi zarur: 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qish, yozish va taqqoslash, Sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash; O‘rganilgan matematik atamalardan o‘rnida to‘g‘ri foydalanish; 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish; 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qoldiqli bo‘lishni bajarish; 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni yozma qo‘shish va ayirish va natijani tekshirish; 3 xonali sonlarni bir xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish va natijani tekshirish; 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni bir xonali songa yozma bo‘lish va natijani tekshirish; Sonni ko‘paytmaga bo‘lish, yig‘indini songa ko‘paytirish va sonni yig‘indiga ko‘paytirish hamda yig‘indini songa bo‘lish usullarini bilish; Nol bilan hisoblashlarni bajarish; 2-3 amalli sonli (qavsli va qavssiz) ifodalarning qiymatini topish; Bajarilgan hisoblashlar to‘g‘riligini tekshirish; Matnli (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan amallarni bajarish bilan yechiladigan) masalalarni yechish; O‘rganilgan geometrik shakllarni tanish va ularni (chizg‘ich yordamida yoki qo‘lda) katakli qog‘ozga chizish; Kattaliklarni ularning son qiymatlariga ko‘ra taqqoslash va ularni turli o‘lchov birliklarida ifodalash; 1–2 amalli masalalarni (shakllar bo‘yicha, reja bo‘yicha, ifoda tuzib) yechish. Orttirilgan bilim va ko‘nikmalardan amaliy faoliyatda va kundalik turmushda (quyidagi holatlarda) foydalana olishi zarur: o‘rab turgan atrof muhitida mo‘ljal olish (manzilga yetib borish marshrutini rejalashtirish, harakatlanish yo‘lini tanlash va hokazo); narsalarning turli xususiyatlari: uzunligi, yuzi, massasi, sig‘imi bo‘yicha taqqoslash va tartibga solish: soat yordamida vaqtni aniqlash (soat va minutlarda); kundalik turmush vaziyatlari (xarid, o‘lchash, og‘irliklarni tortish va hokazo)ga oid masalalarni yechish; buyumlarning o‘lchamlarini ko‘z bilan “chamalab” baholash; o‘rganilgan geometrik shakllardan foydalanib mustaqil kichik konstruktorlik faoliyati elementlarini bajarish. 4- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi 4-sinf yakunida mazkur mazvularni o‘zlashtirish o‘quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Sonlar va hisoblashlar: 1 dan 1 000 000 gacha ketma-ket kelgan sonlar qatori, ularning nomi va yozilishi. birlar va minglar sinfi va ularning xona birliklari. sonlarni xona birliklari yig‘indisi shaklida yozish; 1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan sonlarni ustun shaklida qo‘shish va ayirish; bir necha sonni ustun usulida qo‘shish; sonlarni 10, 100 marta orttirish va kamaytirish; sonlarni ustun shaklida bir va ikki xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish. sonli ifodalarda amallarni bajarish tartibi. qavs qatnashgan va qavs qatnashmagan sonli ifodalarning qiymatini topish; qo‘shishda qo‘shiluvchilar o‘rnini almashtirish qoidasi. ko‘paytirishda ko‘paytuvchilar o‘rnini almashtirish qoidasi; Qo‘shishda qo‘shiluvchilarni guruhlash qoidasi. Ko‘paytirishda ko‘paytuvchilarni guruhlash qoidasi. Yig‘indini songa va sonni yig‘indiga ko‘paytirish. yig‘indini songa bo‘lish. sonlar ustida og‘zaki va yozma hisoblashlar. hisoblashlarni bajarishda arifmetik amallarning xossalaridan foydalanish. arifmetik amallarning noma’lum ikkinchi komponenti (tashkil etuvchisi)ni topish. Hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirish; sodda tenglamalar va ularning yechimi. tenglamalarni yechish; uzunlik o‘lchov birliklari (millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr); massa o‘lchov birliklari (gramm, kilogramm, sentner, tonna). sig‘im o‘lchov birligi (litr). vaqt o‘lchov birliklari (sekund, minut, soat, hafta, oy, yil, asr); harakat (bosib o‘tilgan yo‘l, vaqt, tezlik); ish (butun ishning hajmi, vaqt, mehnat unumdorligi); savdo-sotiq (tovar miqdori, uning narxi va umumiy qiymati) jarayonlarini aniqlaydigan kattaliklar orasidagi bog‘lanishlar; “…va…”, “... yoki...”, “agar… bo‘lsa, u holda … bo‘ladi” ko‘rinishidagi eng sodda mantiqiy ifodalar; turli sxemalar, jadvallar, qisqa yozuvlar va boshqa modellar asosida berilgan matnli masalalarni arifmetik usul bilan echish; Geometrik shaklllar geometrik shakllar: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, ko‘pburchaklar, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, aylana va doira, kub va shar, kesma uzunligini o‘lchash va berilgan uzunlikdagi kesmani yasash. ko‘pburchak perimetrini hisoblash. geometrik shakl yuzi, yuz o‘lchov birliklari (santimetr, kvadrat, detsimetr, kvadrat, metr kvadrat,) Boshlang‘ich maktab 4-sinf bitiruvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar 4-sinf yakunida matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni bilishi va tushunishi zarur: 1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan ketma-ket kelgan sonlar qatori haqida tasavvurga ega bo‘lish; bir xonali sonlarni qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan bilish; bir xonali sonlarni ko‘paytirish va mos bo‘lish jadvallarini yoddan bilish; sonli ifodalarda amallarni ketma-ket bajarish qoidalarini bilish; sonlarni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida yozish; Download 95.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling