O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
MATEMATIKA FANIDAN KOMPETENSIYAVIY
YONDOSHUVGA ASOSLANGAN
NAZORAT ISHLARI YUZASIDAN
TAVSIYA
(5-6-sinf)
2015 – 2016 o‘quv yil
Tuzuvchilar: L.N. Ten - RTM tabiiy va aniq fanlar bosh metodisti
Toshkent -2016
I CHORAK Matematika 5 - sinf
1 – nazorat ishi Yozma ish
I variant
1. Sonlarni raqamlar bilan yozing: 60 million 5 ming 40.
2. АС kesma chizing va unda К nuqtani belgilang. АК va КС kesmalarni o‘lchang.
3. Koordinata nurida (son nuruda) 995 va 1003 sonlari orasida yotuvchi natural sonlarni yozing.
4. Metrlarda ifodalang: 3 km, 2 km 300 m, 1 km 50 m, 5 km 205m.
5. Qaysi biri katta: 6 m 42 sm mi yoki 640 sm? Javobini belgi yordamida yozing.
II variant
1. Sonlarni raqamlar bilan yozing: 7 million 37 ming 8.
2. ВD kesma chizing va unda E nuqtani belgilang. BE va DE kesmalarni o‘lchang.
3. Koordinata nurida (son nuruda) 996 va 1006 sonlari orasida yotuvchi natural sonlarni yozing.
4.Millimetrlarda ifodalang: 2 sm, 5sm 8mm, 4 dm, 1 dm 3 sm.
5. Qaysi biri katta: 3 km 870 m mi yoki 3880 m? Javobini belgi yordamida yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |