Matematika fanini o‘qitishda darslarda ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning matematik savodxonligini oshirish to‘g‘risida savolnoma


Download 24.56 Kb.
bet1/2
Sana25.01.2023
Hajmi24.56 Kb.
#1120476
  1   2
Bog'liq
Savolnoma 2-chorak yakuni


Tasdiqlayman”

21- sonli umumiy o‘rta ta’lim


maktabi direktori: Y. Qo‘ziyeva
Matematika fanini o‘qitishda darslarda ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning matematik savodxonligini oshirish to‘g‘risida
SAVOLNOMA

1. Maktabda matematika fani o‘qitilishi bo‘yicha kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi va kadrlar salohiyati;


2. Matematika darslarini tashkil qilishda xorijiy tajribalarning qo‘llanganligi va o‘quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi (dars tahlillari asosida);


3. Matematika darslarida hayotiy masalalardan foydalangan holda o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib borilayotganligi;


4. 5-11-sinflarda matematika fanidan nazorat ishlarining tahlili.


Savolnoma tuzuvchilar :

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor


o‘rinbosari, ishchi guruh raisi: T.Ametov
Biologiya fani o‘qituvchisi, a’zo: I.Sobirova

Matematika fani o‘qituvchisi, a’zo: N.Abdrimova



MA’LUMOTNOMA

2022-2023 o‘quv yilida maktabda jami 3 nafar matematika fani o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan, Sapayev Jasur Davletovich 5, 6-sinflarga matematika fanidan, 8-sinflarga algebra va geometriya fanlaridan, Aqmuratova Tursunoy Qadamboyevna 7, 9-sinflarga algebra va geometriya fanlaridan, Abdrimova Nigora Baxtiyarovna 10, 11-sinflarga algebra va geometriya fanlaridan dars beradi. Ushbu matematika o‘qituvchilari mutaxassis malaka toifasiga ega. Matematika fani o‘qituvchisi Sapayev Jasur Davletovichning fanni o‘qitish bo‘yicha ish staji 1 yil, matematika fani o‘qituvchisi Aqmuratova Tursunoy Qadamboyevnaning fanni o‘qitish bo‘yicha ish staji 12 yil va matematika fani o‘qituvchisi Abdrimova Nigora Baxtiyarovnaning fanni o‘qitish bo‘yicha ish staji 5 yilni tashkil qiladi. Yuqoridagi barcha matematika fani o‘qituvchilarining ma’lumoti oliy. 2022-yil kesimida maktabning 3 nafar matematika o‘qituvchilari oflayn tarzda malaka oshirish kurslarida qatnashib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi.


Maktab ta’limida ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan holda yangi darsliklar chop qilish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2022-2023 o‘quv yilida 6-sinf uchun matematika darsligi, 7, 10-sinflar uchun algebra va geometriya darsliklari zamonaviy dizayn hamda mavzularning izchilligi, misol va masalalarning xilma-xilligi asosida yangidan nashrdan chiqdi. Matematika darslarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘qitishda axborot kommunikatsion texnologiyalarining o‘rni beqiyos. Har bir dars bosqichida talab darajasida xalqaro zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda matematika darslarini tashkil qilish davr talabi hisoblanadi. Maktabimizdagi 5-sinf matematika darsi ishchi guruh a’zolari tomonidan qilingan tahliliga ko‘ra, matematika fani o‘qituvchisi Sapayev Jasur Davletovich o‘quvchilarni fanga qiziqtirish hamda ularning bilimi oshirish uchun matematik tushunchalarni AKT vositalari orqali vizual ko‘rinishda namoyish qilib, o‘qitishning zamonaviy metodik usullarini o‘zining darslarida muntazam qo‘llab keladi. Darsda o‘quvchilarni kreativ fikrlashga doir, halqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dars davomida samarali foydalandi. Matematika fani o‘qituvchisi Aqmuratova Tursunoy Qadamboyevnaning 7-sinfdagi algebra darsi ishchi guruh tomonidan kuzatilganda, darsda asosan darslik bilan ishlanganligi, qo‘shimcha materiallardan hamda AKT vositalaridan samarali foydalanmaslik holatlari kuzatildi.
Matematika fani o‘qituvchisi Abdrimova Nigora 21-dekabr kuni 10-sinflarda “Irratsional tenglamalar sistemasi” mavzusida dars taxlil qilindi. Darsda o‘quvchilarni kreativ fikrlashga doir, halqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dars davomida “Pinbord”, “Jadvalni to‘g‘ri to‘ldir”, “Xatoni top” metodlaridan samarali foydalandi. Ayniqsa, “Xatoni top” metodida o‘quivchilar biri bajargan ishini ikkinchisi, ikkinchi o‘quvchining ishini qolgan o‘quvchilar tekshirib to‘g‘irlab bordi. Bu esa o‘quvchilarning barchasini diqqatini jamlashga, topshiriqlarni esa barchasi bajarishga undadi. Mavzuni hayotiy misollar yordamida tushuntirdi. Mustahkamlashda mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan rasmli testlardan foydalandi.
Ishchi guuh a’zolari tamonidan 5-6-7-8-9-10-sinflardan matematika fanidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra quyidagilar aniqlandi. Maktabning 5-sinf o‘quvchilari jami 19 nafar bo‘lib, matematika fanidan nazorat ish olindi. Nazorat ish jarayonida 19 nafar o‘quvchi qatnashib, o‘quvchilarning 2 nafari “5”, 4 nafari “4”, 3 nafari “3”, 11 nafari “2” baho bilan baholandi. 5-sinfda matematika fanidan o‘zlashtirish 42 %ni, samaradorlik 31% ni tashkil etdi.
Maktabning 6-sinf o‘quvchilari jami 32-nafar nafar bo‘lib, matematika fanidan nazorat ish olindi. Nazorat ish jarayonida 31 nafar o‘quvchi qatnashib, o‘quvchilarning 5 nafari “4”, 2 nafari “3”, 24 nafari “2” baho bilan baholandi. 6-sinfda matematika fanidan o‘zlashtirish 25 %ni, samaradorlik 16% ni tashkil etdi.
Maktabning 7-sinf o‘quvchilari jami 22-nafar nafar bo‘lib, matematika fanidan nazorat ish olindi. Nazorat ish jarayonida 22 nafar o‘quvchi qatnashib, o‘quvchilarning 2 nafar “4”, 9 nafari “3”, 11 nafari “2” baho bilan baholandi. 7-sinfda matematika fanidan o‘zlashtirish 50 %ni, samaradorlik 9% ni tashkil etdi.
Maktabning 8-sinf o‘quvchilari jami 21-nafar nafar bo‘lib, matematika fanidan nazorat ish olindi. Nazorat ish jarayonida 21 nafar o‘quvchi qatnashib, o‘quvchilarning 2 nafari “5”, 2 nafar “4”, 4 nafari “3”, 14 nafari “2” baho bilan baholandi. 8-sinfda matematika fanidan o‘zlashtirish 33%ni, samaradorlik 14% ni tashkil etdi.
Maktabning 9-sinf o‘quvchilari jami 17-nafar nafar bo‘lib, matematika fanidan nazorat ish olindi. Nazorat ish jarayonida 16 nafar o‘quvchi qatnashib, o‘quvchilarning 4 nafar “4”, 5 nafari “3”, 7 nafari “2” baho bilan baholandi. 9-sinfda matematika fanidan o‘zlashtirish 56 %ni, samaradorlik 25% ni tashkil etdi.
Maktabning 10-sinf o‘quvchilari jami 16-nafar nafar bo‘lib, matematika fanidan nazorat ish olindi. Nazorat ish jarayonida 15 nafar o‘quvchi qatnashib, o‘quvchilarning 1 nafar “4”, 14 nafari “2” baho bilan baholandi. 10-sinfda matematika fanidan o‘zlashtirish 7 %ni, samaradorlik 7% ni tashkil etdi.

Yuqoridagi masalalar yuzasidan yig‘ilish



Download 24.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling