QAROR QILADI:
1. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘IBDO‘ T.Ametovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2023-yil uchun mo‘ljallangan reja-grafik asosida matematika fani o‘qituvchilari o‘z vaqtida malaka oshirish kurslarida o‘qishi nazorat qilinsin.
3. 2023-yil yanvar-mart oylari uchun tashkil qilinadigan pedagoglar attestatsiyasida maktabning matematika fani o‘qituvchilari ishtiroki ta’minlansin.
4. 2023-yil uchun matematika fanidan tashkil qilinadigan milliy sertifikatlash tizimi orqali har bir matematika fani o‘qituvchisi qatnashishi belgilansin.
5. Matematika darslarini tashkil qilishda xorijiy tajribalarni qo‘llash va o‘quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirish uchun interaktiv simulyatorlardan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilsin.
- Colorado Boulder Universiteti tomonidan taqdim qilingan Interactive Simulations for Science and Math simulyatori (https://phet.colorado.edu/en/simulations/filter?subjects=math&type=html,prototype);
- Algebra va Geometriya fanlari uchun GeoGebra dinamik matematik krossplatformasi (https://www.geogebra.org/)
- Interkativ saytlar (https://www.math10.com/)
Do'stlaringiz bilan baham: |