Matematika fanini o’qitishdagi muammolar va ularning yechimlari


Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun


Download 18.43 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi18.43 Kb.
#209331
1   2
Bog'liq
matem o'qitish muammo RAXIMOVA GULORA

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun:

5 sinfda o’nli kasrlar qatnashgan tenglamalarni yechish malakasini hosil qilish uchun o’yin tarzida xalq ertaklaridan foydalanish mumkin, bunda o’quvchilar qiyinchiliklarni yengib o’tishda tenglamalar yechadilar.Iqtisodiyot, ishlab chiqarish va bozorga oid masalalarni yechish o’quvchilarni foiz haqidagi masalalarni tushinishga va foizlarni hisoblashni bilishga o’rgatadi.Shuningdek, o’rtacha ish xaqini hisoblash,harakatga doir masalani echishga oid formula tanlash, turli turdagi sayoxat narxlari farqini hisoblash ,poyezdda,samolyotda, avtomobilda harakat qilishda vaqtini farqini hisoblashga doir masalalarni ko’proq yechishga e’tibor qaratish lozim. Bu mavzularni o‘quvchilarga tushuntirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, xususan, “Blis so‘rov”, “Klaster”, “Muammoli-mantiqiy metod”, “Hamkorlik metodi”, “O‘xshashini top” usullaridan to‘g‘ri foydalanish, savollar berish, masalalar yechish algoritmi(ketma-ketligi)ni aniq ko‘rsatish, o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun mavzuga doir hayotiy masalalar yechish yuzasidan fikrlashish va aniq tavsiyalar ishlab chiqishga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

O’quvchilarning bilim olishga qiziqshlarini rivojlantirishda taffakkur asosiy rol o’ynaydi.Taffakkur bilan bir vaqtda va uning bilan bog’liq ravishda barcha bilim olish jarayonlari rivojlanadi. Tafakkurning rivojlanishi bilan birgalikda “fikran, yodda ishlarni rejalashtirish”, o’zining harakatlarini baholash xususiyatlar rivojlana boradi.Matematika tafakkurni rivojlantirish uchun asosiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Tafakkurni rivojlantirishning konkret usullari mavjud emas. Biz o’quvchilar tafakkurini umuman o’stiramiz, matematika o’rgatish va h.k.lar orqali.Dastlabki matematik bilimlarni o’quvchilar o’zlarining oldingi bilimlariga mos ravishda bir-biri bilan bog’liq holda o’zlashtiradilar. Bunda ular tafakkurning ular bilimlariga mos darajasidagi amallari: analiz, sintez, taqqoslash, abstraktlashtirish, konkretlashtirish, induksiya va deduksiyadan foydalanishadi, mulohazalar yuritishadi. Matematik bilimlarni o’zlashtirish o’quvchilarning fikrlashini rivojlantiradi. Tafakkur amallarini bilib olish esa o’z navbatida yangi bilmlarni o’zlashtirishni yengillashtiradi.Matematikaning har qanday bo’limini o’rgatishda ham analiz va sintez amallaridan keng foydalaniladi. Bu amallar vaqt, masofa va tezlikka doir masalalarni yechishda ham ishlatiladi.O’qituvchi rahbarligida o’quvchi masalaning mazmunini analiz qiladi, uni sonli ma’lumotlarga ajratadi, berilgan qism va topilishi kerak bo’lgan noma’lumlarni aniqlaydi. Harakatga doir masalalarda harakat tekis yo’lda, ko’lda ( turg’un suvdagi harakat), daryo oqimi bo’ylab, oqimga qarshi qiyaliklar bo’ylab bo’lishi mumkin. Har bir holat uchun masala mazmunidan va berilganidan kelib chiqib savollar beriladi. Masalalar arifmetik usulida yechiladi.

Harakatga doir masalalarni yechishning o’ziga xos metodikasi, jihatlari borki, biz e’tiborimizni shularga jalb qilmoqchimiz. Birinchi jismning tezligi a km/soat , ikkinchi jismning tezligi b km/soat bo’lsin.

Agar harakat bir – biriga qarab ( uchrashma harakat ) bo’lsa, ( “A va B shahardan 2 ta poyezd bir – biriga qarab yo’lga chiqdi” deb boshlanadigan masalalar ) U holda jismlarning bir – biriga yaqinlashish tezligi bo’ladi.

2. Agar harakatlanayotgan jismlar bir – biridan, qarama – qarshi tomonga uzoqlashib ketayotgan bo’lsalar, u holda ularning uzoqlashishi tezligi bo’ladi.

3. Agar bir – biriga qarab harakatlanayotgan jismlar bir vaqtda yolga chiqsa, ular uchrashguncha bir xil (baravar) harakatda bo’ladilar.

4. Ikkita jism A nuqtadan (shahardan, qishloqdan, bekatdan, daryo portidan …) bir tomonga qarab harakatlanayotgan va bo’lsa, u holda ikkinchi jismning birinchisiga yaqinlashish tezligi bo’ladi.

5. Tekis harakatga doir masalalarni ishlashda formuladan foydalaniladi, bu yerda - harakat davomida o’zgarmaydigan tezlik, - harakat vaqti, - shu vaqtga bosib o’tilgan yo’l.
Mohiyatga ko’ra, ΙΙ sinfda s,v,t kattaliklar natural son bo’ladi. Bu uchta miqdordan ixtiyoriy ikkitasi ma’lum bo’lsa, uchinchisini topish mumkin.

6. O’quvchilar kemaning “ Daryo oqimiga bo’ylab “ , “ Oqimga qarshi “ tezligini topishga doir masalalarni yechishga qiynalishadi. Bunga asosiy sabab kemaning oqimga qarshi tezligi uning turg’un suvdagi tezligi bilan daryo oqimi tezligining qo’shilmasiga teng, kemaning oqimga qarshi tezligi esa uning turg’un suvdagi tezligidan daryo oqimi tezligining ayrilganiga teng. Kemaning turg’un suvdagi tezligi uning daryo oqimi bo’yicha daryo oqimiga qarshi va daryo tezliklari yig’indisining yarmiga teng.

Endi namuna shaklida bir necha masalani ko’rib o’taylik.

Harakatga doir masalalarni yechishda quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:

А)Masala shartini o’qing. Teploxodning o’z tezligi 40.5 km/soat, oqimning tezligi 5.8 km/soat. B) Masala shartidan foydalanib, har bir gapdagi tushirib qoldirilgan kattaliklarni qo’ying:

1.Teploxodning oqim bo’yicha tezligi 40.5+5.8=46.3km/soat

2. Teploxodning oqimga qarshi tezligi 40.5-5.8=34.7km/soat

3. 3 soatda oqim bo’yicha 46.3·3=138.9 km yo’l yuradi.

4. 5 soatda Teploxod oqimga qarshi 173.5 km yo’l yuradi.

5. 121,5 km masofani teploxod yo’lda 3 soatda bosib o’tadi.

6. 463 km masofani teploxod oqim bo’yicha 10 soatda bosib o’tadi.

7. 2 soatda teploxod oqim bo’yicha shuncha vaqtda oqimga qarshi yurgan yo’lidan 23,2 km ko’proq yo’l yuradi .

8. 2 soatda teploxod ko’lda shuncha vaqtda oqimga qarshi yurgan yulidan 11,6 km ko’proq yo’l yuradi.

9. 2 soatda teploxod oqimga qarshi shuncha vaqtda oqim bo’yicha yurgan yo’lidan23,2 km kam yo’l yuradi.

1. Masalani tinglashni o'rganish va uni mustaqil o'qiy olish.

Masala ustida ishlash uning mazmunini o'zlashtirishdan boshlanadi. O'quvchilar hali o'qish malakasiga ega bo'lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o'qituvchi o'qib beradigan masala matnini tinglashga,shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o'rgatish kerak. Shundan keyin masala shartini yaxshiroq o'zlashtirish maqsadida, har bir o'quvchi masala matnini tinglabgina qolmay,balki masalani mustaqil o'qib chiqishi zarur;

Masala matni o'qituvchi yoki o'quvchilar tomonidan bir-ikki marta o'qiladi, ammo bunda bolalarni masala matnini bir marta o'qishdayoq uning mazmunini tushunib olishga asta-sekin o'rgata borish kerak.

2. Masalani dastlabki analiz qilish (ma'lumni noma'lumdan ajarata olish malakasi). Ma'lumni noma'lumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog'lanishni ochish - bu eng muhim malakalardan biri. Bunday maiakaga ega bo'lmay turib, masalalarni mustaqil yechishga o'rganib bo'lmaydi.

3. Masalani qisqa yozish malakasi. Masala matni ustida og'zaki ishlagandan keyin uning mazmunini matematik atamalar tiliga o'tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar).

Shunga e’tibor berish kerakki, barcha hollarda qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining tahlili ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham, masala shartining qisqa yozuvi o'quvchilar xotirasiga tayanch bo'lib, son ma'lumotlarni tushunish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga uiarning ratsional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini bayoniy tushuntirish imkonini yaratadi.

4. Sodda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslash va murakkab masala tuzishni amalga oshirish, so'ngra yechish rejasini tuzish malakasi.

Oldin sodda masalani yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqishga to'xtalamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi va uchinchi o'quv yiilarida yanada rivoj toptiriladi, ya'ni ba'zi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o'zgartiriladi.

Murakkab masalani yechishda masalani tahlii qilish maiakasi asosiy ahamiyatga ega. Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasiga oid qo'llanmalarda masalani tahlii qilishning analitik va sintetik usullari qaraladi.

Masalaning sintetik tahlili deyilganda, mulohazalarning shunday rivoji tushuniladiki, bunda ikkita son ma'lumotni birlashtirish natijasida bu ma'lumotlardan nimani bilish mumkinligi aniqlanadi, shundan keyin yangi topilgan ma'lumot bilan boshqa ma'lumot birlashmasiga o'tiladi va masala savoliga javob topilguncha shu ish davom ettirilaveradi.

Masala tahlilining analitik usuli shunday mulohazalar zanjiridan iboratki, bu zanjir boshida masalada berilgan savol turadi. Masala savoliga javob topish uchun zarur ma'lumotlar tanlanadi. Bu ma'lumotlarni boshqa ma'lumotlardan foydalanib topish mumkin.

5. Yechimni bajarish, uni o'qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish va masala savoliga javob berish malakasi.

Sodda masalalardan boshlaymiz. Sodda masalani arifrnetik usul bilan ham, aigebraik usul bilan ham yechish mumkin. Bu o'rinda masalalarni arifmetik usul bilan yechish haqidagina so'z boradi, masalani aigebraik usulda yechish keyinroq alohida qaraladi.

6. Masala yechimini tekshira olish malakasi.

Masala yechimini tekshirish quyidagi usullarda qo'llaniladi:

a)olingan javob bilan masala sharti o'rtasida moslik o'rnatish;

b) teskari masala tuzish va yechish;

v) masalani boshqa usullar biian yechish;



g) javobning chegaralarini aniqlash (javobni chamalash);

d) grafik tekshirish.
Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling