Matematika ilmiy-tadqiqotlar markazi” nizomi 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 28.65 Kb.
|
NIZOM-MATEMATIKA
Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi huzuridagi “Matematika ilmiy-tadqiqotlar markazi” NIZOMI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi huzuridagi “Matematika ilmiy-tadqiqotlar markazi” (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “O‘zstandart” Agentligining buyruqlari, qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Markaz faoliyatini moliyalashtirish Markazga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarida man qilinmagan boshqa manbalar va mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 5. Markaz matematika sohalari bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish, sohaga oid yangiliklar bo’yicha targ'ibot ishlarini amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasi FA hamda matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bilan hamkorlik o’rnatish, yo’nalish doirasida xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish, ilmiy nashrlar chop etish bo’yicha faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot markazi hisoblanadi. 6. Markazning rasmiy nomlanishi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — “Matematika ilmiy-tadqiqotlar markazi” davlat muassasasi; b) ingliz tilida: to‘liq nomi — “Mathematical Research Center”; v) rus tilida: to‘liq nomi —“ Центр математических исследований ”; 7. Markaz joylashgan joy: O‘zbekiston Respublikasi, Navoiy shahri, Janubiy ko’chasi, 2a- uy. Download 28.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling