Matematika ilmiy-tadqiqotlar markazi” nizomi 1-bob. Umumiy qoidalar
-bob. Markazning vazifalari va funksiyalari
Download 28.65 Kb.
|
NIZOM-MATEMATIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaz
2-bob. Markazning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi: Xalqaro grantlar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar uchun bu borada seminar-trening va maslahatlar berish tizimini yo‘lga qo‘yish; talabalar bilan turli mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish. Kelajakda markazning jamg‘armasini tashkil etish, uning mablag‘larini maqsadli ishlatilishini muvofiqlashtirish; matematika bo‘yicha turli normativ hujjatlarni ishlab chiqish; ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha shartnoma asosida malakali kadrlar tayyorlash; matematika sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish; matematika sohalarida ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, ularni xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirish. matematika sohasida ommaviy onlayn-kursni yaratish va uni global tarmoqqa joylashtirish. O‘quv rejasida belgilangan zamonaviy fanlarning video va audio ma’ruzalarini tayyorlash hamda intellektual mulk Agentligi guvohnomalarini olish; dunyoning nufuzli professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va rahbar xodimlarning dars mashg‘ulotlari, mahorat darslarini, hamkorlikda seminar-treninglar, yozgi maktablarni tashkil etish; Professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilarning nufuzli xorijiy jurnallarda chop etgan ilmiy maqolalariga Xirsh (h-indeks) indeksini oshirish bo‘yicha choralarni izlash; ilmiy-innovatsion loyihalar uchun biznes-rejalar tuzish, salohiyatli hamkorlarni izlash, xorijiy professor-o‘qituvchilar, yetuk matematik olimlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, maslahat xizmatlarini ko‘rsatish; iqtidorli talabalar va yoshlarning dasturiy mahsulotlarini loyihalashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda innovatsion va analitik tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish, intellektual salohiyatlarini namoyon etishlariga hamda dasturiy ta’minot sohasida biznes rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish; dasturiy mahsulotlar yaratish va ularni tijoratlashtirish hamda startap loyihalarni amalga oshirish; o‘quv, ilmiy-innovatsion va dasturiy mahsulotlar sohasida ilmiy izlanishlarni olib borish, mazkur yo‘nalishlarda fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarni amalga oshirish. 9. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ta’lim muassasalari matematika sohasida innovatsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun tegishli ta’lim yo‘nalishlarida yangi o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratishga ko‘maklashish orqali o‘quv-metodik ishlarning sifati va darajasini oshiradi; bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik ko‘maklashadi, shuningdek, Markaz bazasida matematika sohasiga tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni tashkil etish yo‘li bilan oliy malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi; matematika sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlariga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakl va usullarini joriy etadi; matematika sohasida mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari uchun ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini nashr etishga tayyorlash ishlarida ishtirok etadi; matematika sohalarida ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borishda, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilishda ishtirok etadi; matematika sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi qonun hujjatlari bilan muntazam tanishib boradi va amaldagilarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; matematika sohalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, strategiyasi, istiqbolli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; matematika sohasida xalqaro amaliyotni doimiy ravishda o‘rganadi, uning natijalari bo‘yicha ilg‘or amaliyotlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritadi; matematika sohalarida erishilgan yutuqlarning ilmiy-texnik targ‘ibotini amalga oshiradi; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida, shu jumladan, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, oliy ta’lim muassasalari va vazirliklar va idoralarning tasarrufida bo‘lgan boshqa ilmiy muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi; matematika sohasida ilmiy konferensiyalar, seminarlar, hamkorlikdagi tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning tajriba almashishi va ularni o‘qitish bo‘yicha xalqaro, xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi; xorijiy mamlakatlar bilan matematika sohasida yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi. Download 28.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling