Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli versiyalari
dastur ilovalari bilan
ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir.
Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilar e’tiborini o’ziga jalb
etmoqda. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida doimo
ishlamoqda. Shu bilan birga turli dastur ilovalarining
yaratilishi Windowsning
imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu Microsoft Word,
Page Maker, Excel,
CorelDraw va hakozolardir.
Windowsning imkoniyatlari.
Windows operatsion muhiti quyidagi imkoniyatlarga ega:
Universal grafika - Windows dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotga
bog’liqsizligini ta’minlaydi.
Yagona interfeys - Windowsda foylalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni
turli
dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. Shuning uchun yangi dastur bilan
ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi
- Windows MS DOSning barcha
amaliy paketlari, taxrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to’la ta’minlaydi.
Ko’p masalaligi - Windows bir paytning o’zida bir necha masalani hisoblaydi, bir
dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi.
Mavjud operativ xotiradan to’liq foydalanish imkoniyati - Windows mavjud
operativ xotiradan to’la foydalana oladi. Qurilma resurslaridan ham to’liq
foydalanadi. Bu qurilmalar bilan muloqotni o’zi ta’minlaydi.
Ma’lumotlar almashuvi - Windows dasturlararo ma’lumotlar
almashish
imkoniyatlariga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi), yoki DDE
(ma’lumotlarning
dinamik almashuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan
foydalanish), yoki OLE (ma’lumotlardan ularni taxrirlagan holda foydalanish)
yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: