Matematika-informatika fakulteti
UMUMIY papkani yaratish jarayoni
Download 91.24 Kb.
|
Komp tarmoqlari mustaqil ish
UMUMIY papkani yaratish jarayoni:
1. "Mening kompyuterim" ob’ektini oching yoki "Yo‘l boshlovchi" dasturini ishga tushirib, papkani tanlang. 2. Ushbu papkadan "Kontekst" menyusini chaqirib, "Xususiyat" punktini tanlang. 3. "Kirib ko‘rish" ilovasidan "Umumiy resurs" parametrini tanlang. Agar "Kirib ko‘rish" ilovasi yo‘q bo‘lsa, resurslarga kirishga ruxsat yo‘q, degan ma’noni bildiradi. 4. Bu Erda umumiy papkaga ham kirish turini tanlash mumkin. Buning uchun quyidagi uch parametrdan biri tanlanadi: a) "Faqat o‘qish"- umumiy papka mazmunini faqat ko‘rish mumkin. "O‘qish uchun parol" qatorida parolni tarmoqdan faqat hamma kompyuterlarga kirish imkoni, ya’ni ular ham umumiy papkani ko‘rish imkoni tug‘ilganda o‘rnatish mumkin; b) "To‘liq"- umumiy papka mazmunini nusxalash, chiqarib tashlash va boshqa ishlarni qilish mumkin. "To‘liq kirish uchun parol" qatoriga parolni hamma tarmoqdagi kompyuterlar bir hil imkoniyatga ega bo‘lganda kiritish mumkin; v) "Parol bilan aniqlanadi"-kiritilgan parolga bog‘liq umumiy papka mazmunini yoki ko‘rish (o‘qish uchun parol) yoki papka mazmuni ustida hamma operatsiyani bajarish mumkin (to‘liq kirish uchun parol). 5. OK tugmasi bosiladi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, umumiy papka belgisi oddiy papka belgisidan farq qiladi. Papkadan tashqari, axborotlarni uzoq saqlash qurilmasi diskyurituvchi, "vinchester" (qattiq disk), DD (lazer disklar uchun disk yurituvchi), printerlarni ham umumiy qilish mumkin. Bunda ham jarayon umumiy papkani xosil qilish kabi kechadi, faqatgina "Mening kompyuterim" ob’ektida qurilma kontekst menyusi chaqiriladi. Har bir tizimni bir-biri bilan mantiqiy bog‘langan tizimlar majmuasi ko‘rinishida tasvirlash mumkin. O‘z navbatida qism tizim komponentlar majmuasi hisoblanadi. Alohida olingan qism tizimda elektr signallarini uzatish, sinxronlashtirish jarayonini bajarish, fazalash, xatolardan himoya qilish, marshrutlash, kommutatsiya, aloqa o‘rnatish va h.k.larni bajaradi. Telekommunikatsiya tarmog‘idan bitta ma’lumot uzatish xizmati yoki bir nechta ma’lumot uzatish xizmatlari, ma’lumotni bitta yoki bir nechta telekommunikatsiya tarmog‘iga uzatishi mumkin. Bu turdagi xizmatlarga tarmoqning ma’lumot uzatish xizmati deb yuritiladi. Ma’lumot uzatish tarmog‘ini o‘zi ma’lumotni jixozlab tugatadi (beradi). Bu telekommunikatsiya tarmog‘ining funksiyalarini himoyalashda va abonentlar orasidagi ma’lumot uzatishni ta’minlash uchun xizmat qiladigan tarmoq hisoblanadi. Ma’lumot uzatish xizmatini bazasi o‘z ichiga telexizmatlarni, Ma’lumot uzatish xizmatini, tarmoqdagi telekommunikatsiya funksiyalarini himoyalash va abonent terminallarini qamrab oladi. Bu bazada istalgan ma’lumot uzatish xizmatini tashkillashtirishi mumkin. Misol uchun, kompyuter xizmatlari (kompyuterlar orasida ma’lumot almashish), telegraf xizmati va telematika xizmatlari kiradi. Milliy ma’lumot uzatish tarmog‘i asosida har xil ma’lumot uzatish tarmoqlari va xizmatlari o‘rtasida aloqani tashkil etishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 1. Ma’lumot uzatish xizmatlaridan va tarmoqlaridan foydalanishda foydalanuvchilarni va davlatning katta qismini qamrab olishi; 2. Foydalanuvchilar va aloqa operatorlari o‘rtasida ma’lumot almashilganda har xil ma’lumot uzatish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi; 3. Zamonaviy talab darajasida ma’lumot uzatish xizmatini foydalanuvchiga taqdim etishda sifatli ko‘rsatkichlarga mos kelishini ta’minlashi; 4. Ma’lumot uzatish xizmatiga va tarmog‘iga asoslangan xizmatlarning yashovchanligini va ishonchliligini oshirishni; 5. Davlat organlarini ma’lumot uzatish xizmatlariga bo‘lgan extiyojini, shuningdek favqulodda vaziyatlarda ham ta’minlashi lozim. Ma’lumot uzatish xizmatini tashkil etish tamoyili bo‘yicha 2 ta guruhga bo‘linadi: ma’lumot uzatish xizmatlari kommutatsiyalanadigan va kommutatsiyalanmaydigan elektraloqa tarmog‘ida tashkil etilishi ma’lumot uzatishni (maxsuslashtirilgan ma’lumot tarmog‘i bazasida) ta’minlashi uchun maxsus yaratildi; ma’lumot uzatish xizmatlari maxsuslashtirilmagan kommutatsiyalanadigan va kommutatsiyalanmaydigan elektraloqa tarmog‘i asosida tashkil etildi. Ma’lumot uzatish xizmatiga kirish nuqtasini aloqa operatorlari nuqta deb nomlashadi va aloqa operatorlari foydalanuvchilarga ma’lumot uzatish xizmatlarini ma’lum sifatda taqdim etadi. Kirish nuqtalari hamma operatorlarni jixozlarida joylashgan bo‘ladi. Foydalanuvchining ma’lumotni ohirgi qurilmasiga taqdim qilishiga ko‘ra uzatish qarori kirish nuqtalarida amalga oshiriladi. Boshqa operatorlar xizmati orqali foydalanuvchini ma’lumotlar ohirgi qurilmasi (MOQ) va ma’lumot kanalining ohirgi qurilmasi (MKOQ)ga bog‘lashida, ma’lumot uzatish xizmati operatorini kirish nuqtasida hech qachon bir vaqtda yuz bermaydi. Telekommunikatsiya tarmog’ida ma’lumot uzatish xizmati chegaralari MOQ va MKOQlar orqali ulanishlarda, telekommunikatsiya tarmog’ini maxsuslashmagan baza kanallari ma’lumot kanalini tuzish orqali chegaralanadi. Bu xodisa, qachonki telekommunikatsiya tarmog’iga ulanishida MOQ loyiq yoki maxsus telekommunikatsiya bo‘lmay tarmoqqa ulansa MKOQ o‘zidan-o‘zi tarmoqdan ajraladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. R.X.Djurayev, Sh.Y.Djabbarov, Umirzaqov B.M – Toshkent 2018. 2. M.M.Musayev “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”. Toshkent: “Aloqachi” nashriyoti, 2013. 3. Eshmuradov A.M., Abdujalilov J.A. “Internet tarmoqlari va xizmatlari”. Toshkent 2016. 4. Abduqodirov A.A., Xayitov A.G’., Shodiyev P.P. “Axborot texnalogiyalari”. “O’qituvchi” 2002. 5. Azimjonova M.T., Muradova, Pazilova M, “Informatika va axborot texnalogiyalari”. O’quv qo’llanma, Toshkent 2013y. Download 91.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling