Matematika kafedrasi nurmatova gulnoraning


Download 1.07 Mb.
bet3/15
Sana15.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1201011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Matematika kafedrasi nurmatova gulnoraning

Mavzuning dolzarbligi. “Ilm – fan taraqqiyoti biz uchun eng ustuvor sohalardan biridir. Bu sohada xizmat qiladigan odamlarning saviyasi, obro’si haqida g’amxo’rlik qilishimiz, ularning hayotimizga qo’shadigan hissasiga qarab, e’tibor berishimiz shart. O’zini kelajagini o’ylaydigan jamiyat, davlat avvalambor o’z olimlarini, ilm – ziyo ahlini hurmat qilishi kerak, ularni yuksak darajaga ko’tarishi lozim” (I.A.Karimov)
XX-XXI asrda matematika barcha fanlarni rivojlanishiga asosiy turtki bo’lib qolmasdan, ijtimoiy- iqtisodiy sohadagi rivojlanishni ma’lum bir modemini oshiradigan apparat bo’lib ham xizmat qildi va qilmoqda.
Ma’lumki hozirgi davrda deyarli barcha sohadagi ixtisoschilar, mutaxassislar ehtimollar nazariyasini o’z sohalariga tadbiq qilmoqdalar. Chunki bugungi kunda barcha fan sohalarining rivojlanishini ehtimollar nazariyasisiz tasavvur qilish qiyin.
Barcha sohadagi bo’lajak fan nomzodlari o’zlarini dissertatsiyalarida ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan foydalanadilar, bu esa bo’lajak mutaxassislarning davr talabiga javob bera oladigan mutaxassis sifatida shakllanishiga yordam beradi.
Yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlashni kengaytirish bilan bir vaqtda oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu esa, birinchi navbatda,oily ta’lim yo’nalishlari bo’yicha Davlat talablariga ko’zlangan fanlarning mazmuni va o’quv dasturini xalqaro andozalarga moslashtirib takomillashtirishni talab qiladi.
Sobiq sovet tuzumining boshlang’ich davrlaridayoq, statistikani markazlashgan totalitar boshqaruv maqsadiga bo’ysindirish, uning samarali quroliga aylantirish niyatida rejali xo’jalik sharoitida u o’zining nazariy asoslaridan ajralishi va statistika fani yo’qolishi haqida nazariya to’qilgan edi.
Natijada statistika xalq xo’jaligi hisobining bir turi sifatidagina qaraldi, uning nazariyasi esa ehtimollar nazariyasi bilan birlashtirilib, matematikaning taqribiy qismi deb atala boshlandi.
Keyinchalik, 50-yillarda yangi ijtimoiy fan sifatida statistika nazariyasi haqida kurs yaratildi va matematik statistika bilan bir qatorda u oliy o’quv yurtlari rejalarida o’rin egalladi.
Barcha bozor iqtisodiyoti rivojlangan va taraqqiy eta boshlagan mamlakatlarda, ularning universitetlari va oliy maktablarida yagona statistika kursi o’qitilib kelindi vahozirgi kunda ham o’qitilmoqda. Ko’p yillar davomida sinovlardan o’tgan mazkur boy tajribani hisobga olib, universitet va institutlarimizda ham ularning yo’nalishlaridan qat’iy nazar, statistikani o’quv jarayonlariga qo’llash maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling