Matematika kecha


Download 25.23 Kb.
bet3/8
Sana08.01.2022
Hajmi25.23 Kb.
#243115
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tadbir original

ABU RAYHON BERUNIY

Men Muhammad ibn Ahmad Abu Rayxon Beruniy Xorazmning Kat shahrida tug’ilganman. Ilm fanga yoshligimdan qiziqib, fan yangiliklarini o’rganishni o’z oldimga maqsad qilib oldim. Ilmni riyoziyot, falakkiyot, jug’rofiya va boshqa fanlarni o’rgandim. “O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” ,“Hindiston”, “Meneralogiya”, “Saydana”, “Geodeziya” kabi yirik asarlar yozdim. 152 ta risola yozib yurtim uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar berdim.



MIRZO ULUG’BEK

Assalamu alaykum ahli jamoa. Men Amir Temur nabirasi sulton Ulug’bek bo’laman. Bu kechada olimu fuzalolar yig’ilishganini aytishdi. Men ham riyoziyot va falakiyot ilmi borasida ko’plab ishlar olib bordim, astronomik jadvallar tuzdim, yulduzlarning osmon sferasidagi koordinatalarini aniqlash, sayyoralarning harakatini kuzatish, oy va quyosh tutilishini oldindan aytib berish va boshqa ko’plab amaliy ahamiyatga ega masalalar ustida bosh qotirdim.



IBN SINO

Meni butun dunyo xalqlari Tib qonunlari asari muallifi sifatida yaxshi bilishadi. Men ko’plab fanlarga oid asarlar yozganman. Kitob-ul shifo, Kitob-ul najot, Donishnoma kabi asarlarim matematika va fizika fanlariga bog’liqdir. Men zamondoshlarim Al Beruniy, Al Xorazmiylar singari ko’plab asarlar yozdim, men ikki hadni kvadratga ko’tarish va uni hisoblash to’g’risida asarlarimda yozib qoldirdim.



ALI QUSHCHI

Mirzo Ulug’bek shogirdlaridan Ali Qushchi bo’laman. Ko’p xonali sonlarni ko’paytirishni To’r usulini, Hisob ilmi haqida risola asarimda bayon qilganman. Birinchi sonni ikkinchisiga bo’lish natijasida uchinchi sonni ikkinchisiga ko’paytirilsa birinchi son kelib chiqishini aniqlab bergan,Ulug’bek rasadxonasida men bilan birga ishlar olib borgan G’iyosiddin Al-Koshiy bugun davramizda marhamat.




Download 25.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling