Matematika o'qitish metodikasi fanidan mustaqil ta`lim Mavzu: Masala va uning tarkibi
Download 0.7 Mb.
|
Haqqulova Latofat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalalar sodda va murakkab kabi turlarga bo‘linadi.
Matematika o'qitish metodikasi fanidan mustaqil ta`limMavzu:Masala va uning tarkibiBajardi:Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti S/BOT 3- kurs talabasi Haqqulova Latofat Masalalar yechish matematika o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Matematikada masalalar yechish nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yo‘lidir. Natural sonlar arifmetikasi va nolni o‘rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar tizimi asosida tuziladi.
Masalalar sodda va murakkab kabi turlarga bo‘linadi.Yechilishi uchun bitta amal bajarish talab qilinadigan masalalar sodda bir necha o‘zaro bog‘liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masala deyiladi.
Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib, u o‘z ichiga «yashirin informatsiya» ni oladi. Bu informatsiyani qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni, taqqoslash, umumlashtirishlarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o‘rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biridir. Masalalar yechish orqali o‘quvchilarning predmetga bo‘lgan qiziqishlari rivojlanadi, mustaqilik, erkinlik, maqsadga intilish, mehnatsevarlik tarbiyalanadi, ular o‘z shahri, qishlog‘ining hayoti. Ishlab chiqarish, kishilar mehnati bilan tanishadilar.
Mashqlarni yechish o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga katta ta‘sir ko’rsatib, ularda tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish va abstrakt farqlashga ko’nikmalarni shakllantiradi. Mashqlarning tarbiyaviy ahamiyati ham byeqiyosdir. Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni bajarar ekan, ayni vaqtda, mashqlarning o’zlari ham bevosita o’rganish ob`yektiga, shuningdek, ularni yechish zaruriy ko’nikmalarni shakllantiruvchi vositaga aylanadi Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling