Matematika o'qitish metodikasi fanidan mustaqil ta`lim Mavzu: Masala va uning tarkibi


Download 0.7 Mb.
bet1/3
Sana28.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1235626
  1   2   3
Bog'liq
Haqqulova Latofat

Matematika o'qitish metodikasi fanidan mustaqil ta`lim

Mavzu:Masala va uning tarkibi


Bajardi:Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti S/BOT 3- kurs talabasi
Haqqulova Latofat

Masalalar yechish matematika o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar  yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Matematikada masalalar yechish nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yo‘lidir. Natural sonlar arifmetikasi va nolni o‘rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar tizimi asosida tuziladi.

  • Masalalar yechish matematika o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar  yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Matematikada masalalar yechish nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yo‘lidir. Natural sonlar arifmetikasi va nolni o‘rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar tizimi asosida tuziladi.
  • Demak, har bir yangi tushunchani tarkib toptirish uchun uni hayotga bog‘lab masalani yechish kerak bo‘ladi. 

Masalalar sodda va murakkab kabi turlarga bo‘linadi.


Yechilishi uchun bitta amal bajarish talab qilinadigan masalalar sodda
bir necha o‘zaro bog‘liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masala deyiladi.
  • Arifmetik amallarning mazmunini, amallar orasidagi bog‘lanishlarni, amal komponentalari va natijalari orasidagi bog‘lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Ulardan ulushlar, algebra elementlari va geometrik tushunchalarni o‘rganishda ham foydalaniladi. Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bilimlar, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish uchu nasos bo‘lib xizmat qiladi Murakkab masalalar ham, bilimlarni o‘zlashtirish, mustahkamlash va mukammaltirishga xizmat qiladi.

Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib, u o‘z ichiga «yashirin informatsiya» ni oladi. Bu informatsiyani qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni, taqqoslash, umumlashtirishlarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o‘rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biridir. Masalalar yechish orqali o‘quvchilarning predmetga bo‘lgan qiziqishlari rivojlanadi, mustaqilik, erkinlik, maqsadga intilish, mehnatsevarlik tarbiyalanadi, ular o‘z shahri, qishlog‘ining hayoti. Ishlab chiqarish, kishilar mehnati bilan tanishadilar. 

  • Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib, u o‘z ichiga «yashirin informatsiya» ni oladi. Bu informatsiyani qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni, taqqoslash, umumlashtirishlarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o‘rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biridir. Masalalar yechish orqali o‘quvchilarning predmetga bo‘lgan qiziqishlari rivojlanadi, mustaqilik, erkinlik, maqsadga intilish, mehnatsevarlik tarbiyalanadi, ular o‘z shahri, qishlog‘ining hayoti. Ishlab chiqarish, kishilar mehnati bilan tanishadilar. 
  • Raqamli sonlar va nol arifmetikasini o’rganish boshlang‘ich sinflar matematika dasturiga binoan masqsad sari yo’naltirilgan tizimga asoslanadi, ya‘ni ularni o‘zlashtirish mazkur kursning asosiy tushunchalarini shakllantirish bilan bog’liq bo’ladi. Nazariy masalalar mashqlarni yechish davomida amaliy ahamiyat kashf etadi, bu bilan mashqlar nazariya bilan amaliyotni o’zaro bog’lovchi halqa vazifasini bajaradi. Mashqlardan foydalanish o’quvchilarda dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilib, ularga son, arifmetik amal, kabi abstrakt tushunchalar real hayotdan, amaliy faoliyatdan olinganligiga ishonchni mustahkamlaydi.

Mashqlarni yechish o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga katta ta‘sir ko’rsatib, ularda tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish va abstrakt farqlashga ko’nikmalarni shakllantiradi. Mashqlarning tarbiyaviy ahamiyati ham byeqiyosdir. Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni bajarar ekan, ayni vaqtda, mashqlarning o’zlari ham bevosita o’rganish ob`yektiga, shuningdek, ularni yechish zaruriy ko’nikmalarni shakllantiruvchi vositaga aylanadi

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling