Matematika va informatika sirtqi fakultetining 1-kurs talabasi ibragimov azimbekning falsafa fanidan taqdimoti


Falsafa nazariy tafakkur sifatida


Download 1.78 Mb.
bet8/12
Sana02.01.2022
Hajmi1.78 Mb.
#202311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
FALSAFA 1-taqdimot

Falsafa nazariy tafakkur sifatida

Dunyoqarashning kundalik, diniy-afsonaviy va badiiy turlaridan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash asosiy qoidaga muvofiq nazariy shaklda mavjud bo‘ladi. Falsafa o‘z oldiga ongli tarzda muayyan muammolarni qo‘yadi va ularni ma'lum tamoyillar asosida maxsus joriy qilingan va ishlab chiqilgan tushuncha (kategoriya) va usullar orqali hal qiladi. Falsafa avval boshdanoq nazariydir. Bundan tashqari, u umuman tarixiy jihatdan tafakkurning dastlabki shakli hisoblanadi.

Falsafa nazariylash-tirishning yakuniy usuli sifatida

  • Falsafa nazariylash-tirishning yakuniy usuli sifatida
  • Tajriba (yakka, alohida narsalarni bilish) bilan fan (narsalar sababi va ibtidosini umumiy bilish) Qadimgi Yunon falsafasida bir muncha aniq ajratilgan. Qadimgi Yunon faylasuflari e'tiborni ibtido va sababni bilishga qaratganlar, «chunki qolgan hammasi ular orqali tushuniladi»5. Qadimgi (antik) falsafa nazariy tafakkurning muhim xususiyati bo‘lmish ta'rif («nima», «qanday?» savollari bilan bog‘liq) bilan tushuntirish («nima uchun?», «qanaqa sabab?» savollariga javob)ni aniq farqlagan. Masalan: yunon faylasufi Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) shunday deb yozgan edi: «Tajribaga ega bo‘lganlar «nima» ekanligini biladilar, ammo «nima uchun ekanligini, ya'ni sababini bilmaydilar»

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling