Matematika va kompyuter ilmlari


SELECT REP, CUST, SUM(AMOUNT)


Download 54.12 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi54.12 Kb.
#1011694
1   2   3
Bog'liq
BBBT Siddiqova M 020-201

SELECT REP, CUST, SUM(AMOUNT)
FROM ORDERS
GROUP BY REP, CUST
ORDER BY REP, CUST
SHunday qilib GROUP BY ifodasi SELECT ni guruxlarni qayta ishlashga majbur qiladi.
MS SQL serverida COMPUTE ifodasi mavjud bo‘lib relyasion so‘rovlar asoslariga zid keladi. Lekin uning yordamida saqlanuvchi protseduralardan foydalanmasdan shunga o‘xshash natijalarni olish mumkin. Guruxlanishli so‘rovlar uchun chegaralar mavjud. Satrlarni xisoblanuvchi ifoda asosida guruxlash mumkin emas. Qaytarila o‘tgan qiymatlar elementlariga xam chegaralar mavjud.
Qaytariluvchi ustun bo‘lishi mumkin:
1. Konstantalar.
2. Guruxga kirgan xamma satrlar uchun bitta qiymat qaytaruvchi agregat funksiya.
3. Gurux xamma satrlarida bir xil qiymatga ega guruxlash ustuni.
4. Ko‘rsatilgan elementlarni o‘z ichiga oluvchi ifoda.
Odatda guruxlanishli so‘rovlar qaytaruvchi ustunlarga guruxlash ustuni va agregat funksiya kiradi. Agar agregat ko‘rsatilmasa GROUP BY dan foydalanmasdan DISTINCT ifodasidan foydalanish etarli. Agar so‘rovga guruxlash ustuni qo‘shilmasa, u yoki bu satr qaysi guruxga tegishliligini aniqlash mumkin emas. SHu kabi SQL92 guruxlanishli so‘rovlarni taxlil qilishda birlamchi va ikkilamchi kalitlar xaqidagi ma’lumot ishlatilmaydi.
Xar bir xizmatchi uchun buyurtmalar umumiy sonini xisoblash.
SELECT EMPL_NUM, NAME, SUM(AMOUNT)
FROM ORDERS, SALESREPS
WHERE REP = EMPL_NUM
GROUP BY EMPL_NUM, NAME
YAna soddaroq shakl:
Xar bir xizmatchi uchun buyurtmalar umumiy sonini xisoblash.
SELECT NAME, SUM(AMOUNT)
FROM ORDERS, SALESREPS
WHERE REP = EMPL_NUM
GROUP BY NAME
Agar guruxlash maydonlaridan birida NULL qiymat mavjud bo‘lsa qaysi guruxga tegishli bo‘ladi? WHERE ifodasida NULL va NULL tenglikka solishtirish natijasi yana NULL beradi. SHuning uchun ANSI/ISO standartida GROUP BY ifodasida NULL qiymatlar teng deb qabul qilingan.

Download 54.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling