Matematika (yo’nalishlar bo’yicha) mutaxassisligi II kurs 421- guruh magistranti Shokirova Gulmiraning ilmiy pedagogik ishi bo’yicha iii-semestr 2022-2023 o’quv yilida amalga oshirgan yarim yillik ishlar


Download 17.77 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi17.77 Kb.
#1164110
Bog'liq
I.P. dan hisobot 3-semestr uchun.....



70540101 – Matematika (yo’nalishlar bo’yicha) mutaxassisligi II kurs 421- guruh magistranti Shokirova Gulmiraning ilmiy pedagogik ishi bo’yicha III-semestr 2022-2023 o’quv yilida amalga oshirgan yarim yillik ishlar



Men Shokirova Gulmira pedagogik ishlar yuzasidan yarim yillik ishlarni kalendar ish rejam bo'yicha bajarib bordim. Pedagogik hisobotlar, darslarga tahlillar va o'tilgan darslar bayonnomalarini tayyorladim.Ushbu semester davomida Professor o'qituvchilarning darslarini kuzatib yangi metodlarni o'rganish uchun 12 ta dars tahlillarga kirdim. Bundan tashqari ilmiy to'garaklarda va seminarlarda qatnashdim. Qatnashgan maruzalarimning maruza matnlari asosida slaydlar tayyorladim va yangi pedagogik tehnologiyalarni o'rgandim. Nazariy ta’lim asosida o’quv rejasida II-kurs III-semestr uchun mo’ljallangan o’quv-darslarga muntazam ravishda qatnashib bordim.
Yarim yil davomida reyting jadvali asosida fanlardan mustaqil ta’lim uchun bajarilgan ishlar:
Barcha fanlardan yarim yillik semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirdim, jumladan “Arifmetik funksiyalar va ularning tatbiqlari” (150 soat), “Leybnits algebralari nazariyasi” (150 soat).
Kafedra miqyosida o`tkazilgan ilmiy yig`inlarda faol ishtirok etdim. Ilmiy rahbarim F.m.f.f.d(Phd) Sh. Ro’ziyev dan magistrlik dissertatsiya mavzuim bo'yicha yangi ko'rsatmalar oldim. O`quv ishlarni tashkil etishga bog`liq me`yoriy hujjatlar: malaka talabi, o`quv dasturlari, o`quv rejalari, ishchi o`quv rejalari bilan tanishdim. Ma’ruzalar matnini tuzish uchun tayyorgarlik ko’rdim va ma’ruzalarni auditoriyada o’tkazdim. Semestr mobaynida kafedraning yetakchi professor-o`qituvchilarining ma`ruza va amaliyot darslarida qatnashdim va ularning mashg`ulotlari bo`yicha tahliliy ma`lumot shakllantirdim va ilmiy rahbarim nazoratidan o`tqazdim.
Magistrlik dissertatsiyasi bo`yicha manbalar, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, maqolalar, ma`ruzalar, uslubiy adabiyotlar va boshqalarni o`rgandim. Ushbu semestrda 12 ta dars tahlilga kirdim. Shulardan Tursunova Barnoning (Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanidan “O’rinlashtirishlar va o’rin almashtirishlar” mavzusida), Xoliyorov Jasurning (“kinematikaga kirish” mavzusida), Xayrullayev I. (Oddiy differensial tenglamalar fanidan “Differensial tenglamaning tartibi” mavzusida), Mamatmo'minov Dilshodning (Matematik analiz fanidan “Xaqiqiy sonlar. Ratsional va irratsional sonlar” mavzusida), Turopova Sohibaning (Funksional analiz fanidan “To’plamlarning quvvati” mavzusida) darslarida tahlilga kirdim.
Ushbu hisobot shaxsiy kalendar rejasi asosida tayyorlandi.
Ushbu hisobotni “Algebra va geometriya” kafedrasiga
2023-yil ________ topshirdim.
Magistratura talabasi: Shokirova Gulmira
Download 17.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling