Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar
Download 2.38 Kb.
|
Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar-fayllar.org
Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar. 62-52=11 562-452=111 5562-4452=1 111 55562-4452=11 111 111 555562-444452=1 111 111 111. Bu raqamlarni yana davom ettirish mumkin. “Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar” kitobchasida umumta’lim maktablari o’quvchilari uchun ana shunday qiziqarli misol va masalalardan ko’plab keltirilgan. Pedagogika fanlari nomzodi Abbos Akmalovning “Adabiyot uchqunlari” nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu metodik qo’llanmasidan umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarini matematika faniga qiziqtirish, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, kreativ, kommunikativ fikrlashga o’rgatish, matematik misol va masalalarni kichik guruhlarda hamkorlikda va mustaqil yechish ko’nikmasini rivojlantirishga doir qiziqarli ma’lumotlar ham o’rin olgan. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga xizmat qiluvchi to’garaklar, sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda matematik tafakkurni rivojlantirishga doir kvadrat tenglamalar va ularning kelib chiqish tarixi haqidagi ma’lumotlar nafaqat maktab o’quvchilari balki kattalarni ham, umuman matematika faniga qiziquvchilarni befarq qoldirmaydi. Poytaxtimizda o’tkazilgan “Aniq va tabiiy fanlarni o’qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika forumida o’quvchilarni fanlarga qiziqtirish, ijodiy fikrlashga o’rgatish, topshiriqlarni mustaqil yechish ko’nikmasini rivojlantish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun to’garaklar, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni jonlashtirish masalasiga alohida to’xtalib o’tilgandi. Shundan kelib chiqib, qo’llanmada matematik viktorinalar, sofizmlar, sonlarning bo’linish belgilari, interfaol metodlar asosida yechimini topishga oid qiziqarli masala va misollardan tanlangan. Shuningdek, o’qituvchi va o’quvchilar ijodiy foydalanishlari uchun metodik tavsiya berilgan. http://fayllar.org Download 2.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling