Matematikadan sinfdan tashqari qiziqarli tadbir ishlanmasi Mavzu: 7x7
Download 141,5 Kb.
|
7x7 o\'yin lotin
Matematikadan sinfdan tashqari qiziqarli tadbir ishlanmasi Mavzu: 7x7 o’yin Bu o’yinni darsdan tashqari tadbirlarda o’tkazish mumkin. Unda ikkita guruh qatnashadi, Har bir guruhda 7tadan ishtirokchi bo’lib, ular 7ta shart bo’yicha bellashadilar: 1. Sonli topishmoqlar 2. Sonli maqollar 3. Matematik shehrlar 4. Atamalar zanjiri 5. Matematik domino 6. Matematik chaynvord 7. Sardorlar bahsi-alifbo topishmog’i Ikkala guruhdan h ar bir shartga bittadan o’quvchi qatnashadi, o’zaro bellashadilar. G’olib o’quvchiga gul beriladi. Barcha shartlar yakunlangach, eng ko’p gul to’plagan guruh g’olib chiqadi. Bu o’yinni 7-sinflar uchun quyidagicha tashkil etish mumkin: 1-shart
Hamisha ahil, inoq Navbat bilan yurishar Goh chopib yugurishar (oyoqlar)
Yo’lovchiga yo’l ko’rsatar 3ta ko’zi (svetofor)
4 oyoqli 1 ta bosh (toshbaqa)
Temir mixli tuyog’i Manzilga yetishtirar Toshdan qattiq tuyog’i (ot)
To’rtoviga 1 qalpoq (stol)
Yo’qdir, ko’z, qo’l, oyog’i. (qozon)
Qo’lingga loyiq ko’ylak. (qo’lqop)
Zag’chalar, musichalar Xar biri bo’lib 7 xilda kuy chalar. (nota)
O’rnim bilib turaman 1 tadan keyin qo’shib 0 Yuksaklikka yuraman. (10)
94 ta donasi Ashulasi chak-chuk-chak Riyoziyot onasi. (cho’t) 2-3-shartlarda o’quvchilar navbat bilan sonli maqollar va matematik she’rlarni aytish kerak. Agar ulardan biri maqol yoki she’rni aytaolmasa yutqazgan hisoblanadi. 4-shartda 2 ta ishtirokchi matematik atamalar zanjirini og’zaki tuza olishlari kerak bo’ladi, ya’ni birinchi atama tugagan harfga 2 - sini topishi lozim. Masalan, arifmetika-ayniyat-tenglama-aksioma-asos-...... 5-matematik domino o’ynaladi: 35a : 7 =5a -6d (-3) 10x=1
=18 d =0.1 12ав2:3ав 0,1+4,99
=4в (2а)3 =5 8а3 3,25 10 32,5 Domino o’yini tayyorlangan taxtachalar teskari holda, misollarini ko’rinmaydigan qilib stolga aralashtirib teriladi. Qatnashuvchilar 4 tadan tanlab oladilar. O’yinni birinchi katagini to’ldirishni bo’sh o’quvchi boshlab beradi. O’yin yakunida qatnashuvchilar qo’lida taxtacha qolmasligi va uni to’g’ri qo’ya olishi talab etiladi. Bu shartlarni bajarmagan qatnashuvchi mag’lub bo’ladi. 6-shartda o’quvchilarga matematik chaynvord beriladi. Ma’lum vaqt belgilanadi va uni to’g’ri to’ldirilganligi tekshiriladi. 1-guruh uchun:
2-guruh uchun:
7-shartda sardorlar bellashadilar. Ularga navbat bilan javoblari alifbo tartibida keluvchi qisqa savollar beriladi, o’ylash uchun 3 soniya vaqt ajratiladi. Kim ko’p savollarga javob bersa, o’sha sardor g’olib deb topiladi. 1-guruhga: A -son haqidagi ta’limot (arifmetika) V -son va harfiy ko’paytuvchilar ko’paytmasi (birhad) D -eng katta vatar (diametr) E -uloqchaning onasi (echki) F -sonning yuzdan bir qismi (foiz) G -er sharining modeli (globus) H -geometriyaning qadimda nomlanishi (handasa) I -eng kichik tub son (ikki) J -uzun bo’yli hayvon (jirafa) K -to’g’ri burchakli uchburchak tomoni (katet) L -ammo, biroq so’zlarining sinonimi (lekin) M -manfiy sonning ishorasi (minus) N -eng sodda geometrik shakl (nuqta) O -osmon jismlaridan biri (oy) P-Xitoy poytaxti (Pekin) Q -o’zi bitta, qulog’i 4 ta (qozon) R -burchakning o’lchov birligi (radian, gradus) S -eng kichik vaqt o’lchovi (soniya, sekund) T -televizor vatani (Toshkent) U -otadek ulug’ zot (ustoz) V -aylana nuqtasini tutashtiruvchi kesma (vatar) X -boshi taroq, dumi o’roq (xo`roz) Y -aylananing ixtiyoriy 2 nuqtasini tutashtiruvchi kesma (yoy) Z -yo’l-yo’l ot (zebra) G’ -xizmatkor so’zining sinonimi (g’ulom) Sh -aql gimnastikasi (shaxmat) O’ -A.Qaxxor hikoyasi (o’g’ri) Ch -piyolaga ta’zim qiluvchi buyum (choynak) 2-guruhga: A - yer o’lchovi birligi (ar) V - burchakni teng ikkiga bo’luvchi nur (bissektrisa) D - 10sm ga teng uzunlik o’lchov birligi (dm) E - Hur, ozod (erkin) F - quruqlikdagi eng yirik xayvon (fil) G - bolalar jurnali (gulxan) H - shaxmat vatani (Hindiston) I - Hammaga to`n kiydirar o’zi kiyinmas (igna) J - 2 ga karrali sonlar (juft) K - Hamma tamoni teng to`g`ri to’rtburchak (kvadrat) L - suyuqlik o’lchov birligi (litr) M - qadimda oliy ilm maskani (madrasa) N - yangi ekilgan daraxt (nihol) O - yopiqning aksi (ochiq) ‘ - Misr mo’jizalari (piramida) Q - beminnat qorovul (qulf) R - Hamma tamoni teng parallelogramm (romb) S - qator, misra (satr) T – o.g’irlikni o’lchovchi asbob (tarozi) U - eng sodda ko’pburchak (uchburchak) V - qog’ozdan yasalgan qush (varrak) X - o’nli sanoq sistemasini kiritgan olim (Xorazmiy) Y - 2 ta toғ, o’rtasida saryoғ (yong’oq) Z -zulmkor, yovuz (zolim) G’ -qurilish ashyosi (g’isht) Sh -shaxmatning yana bir nomi (shatranj) O` -qirg’izlarning vaqtincha yashash joyi (o’tov) Ch -sonning to’rtdan bir qismi (chorak) Izoh: Lotin alifbosi tartibida tayyorlangan. Download 141,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling