Matematikaga oid she’rlar
Download 59.5 Kb.
|
matematik sherlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematika fanlarning podshosidir
- Endi navbat "Topishmoqli qo’shiq" va " Chiziq" qoshigiga
Nuqtajon qo'shig'i
Nuqtajonu-nuqtajon , Fazilating bir jahon . Kimki bilib olsa gar, Sanab berar tez oson. Chizganimda chizmaning Xislatini yechasan. Qiyin shakl yasashda, Topginimcha qochasan . Markaz bo'lib gohida, Har yonga nur sochasan . Naqarot : Ko'paytirish , bo'lishni, Senla qildim ifoda. Barcha siring bilishga Kerak ekan iroda. Bahtimizga bo'l omon, Yerda. suvda , havoda. Matematika fanlarning podshosidir Asrlar ortidan kelar asrlar, Unut bo'lar o'tmish zamon ko'p sirlar. Ammo, yaratilgan fan asoslarin, Asrdan asrga eltar nasllar. Eslatay Gausning dur dona so'zin, Hisob-kitob ochmish aqlning ko'zin. Matematika fanlarning podshosidir, Har ish sohada ko'rsatar o'zin. Qunt bilan o'rganib bu buyuk fanni, Shon - shuxratga o'rang ona-vatanni. Donolar-donosi bo'lgay agar kim, Fanga bag'ishlasa jon birla tanni. Endi navbat "Topishmoqli qo’shiq" va " Chiziq" qo'shig'iga Topishmoqli qo 'shiq Biz qanaqa chiziqmiz? Qarang juda qiziqmiz? Ikkalamiz inoqmiz, Mehnat sevar quvnoqmiz. Tekislikda turamiz. Yursak birga yuramiz . Ammo bilgin ikkiovlon. Kesishmaymiz hech qachon. Biz kesishgan on go'yo. O'zgaradi keng dunyо. Toping qanday chiziqmiz. Qarang juda qiziqmiz. (o'quvchilar : parallel to`g'ri chiziq) Chiziq Qilsa meni kim havas, Ikkita nuqta olsa bas. Bir qarasa egriman, Bir qarasa to'g'riman, Bir boqsa qiziq-chiziq. Birlashtirib nuqtani, Chizsangiz agar meni. Bir qarasa yopiqman, Bir qarasa ochiqman. Bir boqsa qiziq-chiziq. O'rganish asli odat, Bilishda kuch adolat. Bir qarasa go'zalman. Bir qarasa chigalman. Bir boqsa qiziq-chiziq. Download 59.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling