Matematikani o’qitishda tarixiy materiallardan foydalanishning ahamiyati


Download 57.35 Kb.
bet1/2
Sana11.01.2023
Hajmi57.35 Kb.
#1088795
  1   2
Bog'liq
7.Turg`unova Gulchehra

MATEMATIKANI O’QITISHDA TARIXIY MATERIALLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI


Namangan viloyati Uychi tumani 44-maktab matematika fani o'qtuvchisi Turaboyev Shuxratjon Murodulla o'g'li, tel:+998993213478
Annotatsiya. Matеmatika o’qituvchisi dars jarayonida, darsdan tashqari mashg’ulotlarda, matеmatika to’garaklarida, turli kеchalar, uchrashuvlar, qiziqarli mavzular yoki mashhur olimlarning ijodi, faoliyatiga bag’ishlab turli tadbirlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir.
Kalit so`zlar. Matеmatika, tarix, o`qituvchi, oddiy kasr.
Matematikaning rivojlanishi mantiqiy ilmiy- metodik nuqtai nazardan tushuntirishda tarixiy materiallarni tanlash mezonidan foydalanish. Matematika fanidan tarixiy materiallarni o‘quv dasturi va Davlat ta‘lim standartlari asosida tanlash mezoni. Misol uchun, 5 va 6 –sinflarda kasr sonlar yozilishini uchta turi o‘rganiladi: oddiy kasr,o‘nlik kasr va foizlar. Nima uchun ulardan faqat bittasini o‘rganish mumkin emas? Kasr sonlarni yozishning boshqa shakllari yo‘qmi? Nima uchun ularni maktabda o‘rganiladi? Tirishqoq o‘quvchilarda albatta mana shunday savol yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bunday savollarga faqat matematika tarixi, xususan Sharq va Markaziy Osiyo matematiklarining asarlaridan o‘rganib javob berishi mumkin. Matematika talimida muammoli vaziyatni yaratish uchun tarixiy materiallardan foydalanish kerak. Matematika ta‘limida tarixiy materiallarni o‘rgatishda: matematik atamalar paydo bo‘lishining dastlabki manbaasi va uning o‘zbek tilidagi ma‘nosi bilan tanishtirish; matematik belgilar va qonunlarning kelib chiqishi hamda ularning qo‘llanish tarixi bilan tanishtirish;
Matematika ta‘limida tarixiy materiallarni tanlash va foydalanish metodikasi muammosini bo‘yicha matematika o‘qituvchilarining amaliy tajribalarini o‘rganilib, maktabda matematika ta‘limi jarayonida tarixiy materiallarni tanlangan mezonlar asosida foydalanish tamoyillar yo‘nalishlari tanlandi. Ular quyidagilardir:
1. Mazmun bo‘yicha tanlangan tarixiy materiallar matematika ta‘limini insonparvarlikka yo‘naltirilgani bilan bog‘liq holda ta‘lim-tarbiya masalalarini amalga oshirishda ilmiy-metodik yordam berishi;
2. Tegishli mavzuga oid tarixiy materialni tanlashda matematika ta‘limi bo‘yicha fan o‘quv dasturi va Davlat ta‘lim standartlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi;
3. Matematika ta‘limida tarixiy material ikkinchi darajali emasligi o‘zining asosiy ,muhim masalalari bilan o‘quv dasturiga mos kelishidan iborat.
-matematika o‘qituvchisi tarixiy materiallar va qoidallarini darsda yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘qitishi, o‘rgatishi maqsadga muvofiqligini, qaysi olimlar hayoti va ilmiy faoliyatini o‘quvchi bilishi zarurligini oldindan o‘rganishi lozim.

Download 57.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling