Material, jixozlarni tanlash va ulardan foydalanish


Download 455 Kb.
bet3/4
Sana05.05.2023
Hajmi455 Kb.
#1427435
1   2   3   4
Bog'liq
KKG 1 mavzu resurs

Flomaster – rasm chizishning zamonaviy texnikasi bo‘dib, illyustratsiya, reklama va loyihalar yaratishda qo‘l keladi. Ishlash jarayoni rangli qalamlar bilan ishlash jarayoniga o‘xshash. Flomaster va rangli qalamlarning birikmalari yaxshi natija beradi.
Marker - deb ataluvchi keng o‘zakli flomasterlar to‘yingan, toza tusda bo‘yashdan tashqari keng yuzani tezda bo‘yash imkonini beradi. Uchi moyqalam shaklida bo‘lgan flomasterlar, og‘ish burchagiga bog‘liq xolda, chiziq yo‘g‘onligini o‘zgartirish imkoniyatini tug‘diradi.
Ko‘pchilik illyustratorlar tarkibida spirt mavjud bo‘lgan eritmali flomasterlarni ishlatishadi, chunki siyoh juda tez bug‘lanadi va qurib qoladi.
Tushь – yuqori bo‘yovchi hususiyatga ega suyuq substansiya bo‘lib, agar quyuq tushь bilan ishlansa, unda suv bilan aralashtiriladi, natijada to‘lqinli, shaffof, ingichka chiziqli, aniq va kontrast eskizlarni yaratishga imkon beradi.
Stepler, elim, niqoblovchi va ikki tomonlama tasmalar materiallarni umumlashtirshda, qatlamlarni qayd qilish va birlashtirishda, chizma atroflarini niqoblashda qo‘llash zarur.
Stikkerlar alьbomga material bo‘lagini va boshqa elementlanrni qo‘shishda ishlatiladi.
Qog‘oz modelьerlarda ko‘proq qo‘llaniladigan material bo‘lib, unda rasm chiziladi, loyihani taqdimoti davrida eskizni odatda mato namunalari to‘ldiradi. Qog‘ozning turlicha navlari mavjud, uni tanlashda, nima bilan chizishni aniqlashimizga bog‘liq. Rasm chizish uchun original ko‘rinishdagi va formatdagi qog‘ozni tanlash ijodiy siymolarga yangi o‘zgacha qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.
Maydadonali va satinli qog‘ozlarda kul rangning barcha gammasini qo‘llash, aniq eskizlar yaratish, grafitli va rangli qalamlarda ishlash yaxshi natijaga erishiladi. Rangli qalamlar bilan oq silliq qog‘ozda eskizlarni chizish, sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bunday qog‘ozlarda flomaster bilan ishlash yaxshi samara beradi. Flomaster bilan ishlashda ko‘proq Layot - qog‘ozi mos keladi. Uni yuqori singish hususiyatga ega bo‘lishi siyohni o‘ziga yaxshi shimib oladi.

Download 455 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling