Material, jixozlarni tanlash va ulardan foydalanish
Download 455 Kb.
|
KKG 1 mavzu resurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- sharikli va roller-ruchkalar
MATERIAL, JIXOZLARNI TANLASH VA ULARDAN FOYDALANISH Ijodiy faoliyatini boshlayotgan dizaynerga ijod qilish uchun material va jihozlar zarur. Ish bir necha oddiy qog‘oz va oddiy qalamlardan boshlanadi. Rasmning samarali natijasiga qo‘lni ishlatish texnikasi, rasm chizish tezligi, qalamni bosish darajasi ta’sir ko‘rsatadi. Dizaynerlar tomonidan qo‘llaniladigan zamonaviy materiallar modelni aniqroq tavsiflashga, mato teksturasini ifodalashga va rasmni yanada tushunarli, hamda ko‘rgazmali bo‘lishiga imkon yaratadi. Etyudnikdan har erda foydalanish mumkin, ammo dizayner uchun uning talablariga mos tashkillashtirilgan aniq maxsus ish joyi bo‘lishi zarur. Ranglar bilan ish olib borish jarayonida, ish joyi tabiiy yorug‘lik manbai bilan ta’minlangan bo‘lishi, bunda yorug‘lik derazadan yoki harakatli kunduzgi lampalar (nurning to‘liq spektr) orqali etkazilishi va tanlangan joy e’tiborni bir erga jamlashga imkoniyat yaratishi kerak. Ish jarayonida dizayner uchun stol va kresloni mustahkamligi, hamda qulayligi ta’minlanishi muhimdir. Ko‘pgina dizaynerlar qiya yuzada chizishni xush ko‘radilar. Bunday vaziyatda tirgakli chizmachilik doskadan foydalanish mumkin. Dizaynerlar ishlatadigan turli xil materiallarni ko‘rib chiqishdan oldin, qalam yoki ruchkani to‘g‘ri va noto‘g‘ri ushlash usullari orasidagi farqlarni aniqlab olish zarur (1, 2 – rasm).
Qalamlar qattiqligi va yumshoqligi bilan baholanadi. Rasm chizish jarayonida a’lo natijaga erishish uchun qalamning yon qismidagi harflarga e’tibor berish kerak, chunki ular qalamning qattiqlik darajasini bildiradi. Binobarin, “N”dan “EN”gacha bo‘lgan qalamlar sust chiziqlarni chizishda, qoralama eskizlarni dastlabki bosqichida qo‘llaniladi. “V”dan “6V” gacha bo‘lgan qalamlar, chizilgan rasmga hajm berishda, bosimni o‘zgartirib bir vaqtning o‘zida yumshiq chiziqlarni va aniq to‘q shtrixlar birikmasini yaratishda ishlatiladi (1.3 –rasm).
Rasmni ifodalashda yumshoq va noaniq samaraga erishish uchunqo‘llaniladigan rangli qalamlar (mellar)ning ranglar ko‘lami keng, yaxshi tusga ega va suvda eruvchan bo‘lishi lozim. Melli qalamlar ko‘mirga o‘xshash hususiyatga ega, ularni ingichka chiziqlar chizish, keng qamrovli tuslar berish, hamda pastelь qalamlar bilan qo‘shib ishlatish mumkin (1.4-rasm). Gelь siyohli sharikli va roller-ruchkalar keng ko‘lamli hammabop bo‘lib, foydalanish uchun qulaydir. Bunda ruchkalarni chizma asboblari singari ushlash va ishlashga qulay bo‘lganlarini tanlash zarur. Mo‘yqalam dizaynerga turli qalinlikdagi, tez, mohir va ifodali mujmal chiziqlarni yaratishga imkon beradi. Download 455 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling