Material, jixozlarni tanlash va ulardan foydalanish


Download 455 Kb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi455 Kb.
#1427435
1   2   3   4
Bog'liq
KKG 1 mavzu resurs

Grafitli qalamlarning qattiq turida juda ingichka, nimjon chiziqlarlarni, hamda barmoq bilan yurgizish mumkin bo‘lgan to‘q va yumshoq chiziqlargacha chizishda foydalaniladi.
Chinagraph mumli qalamlar har qanday yuzada dadil chiziqlarni chizishda ishlatiladi.
Conte qalamlari - pastelь mellari bo‘lib, uning yordamida juda yumshoq, hamda to‘q va aniq bo‘lmagan chiziqlar yaratish mumkin.
Ko‘mirli qalamlarning asosipista ko‘mirning qalam ko‘rinishidagi shakli bo‘lib, uning turlicha navlari mavjud.Ko‘mir yordamida turli xil o‘ta yumshoq va ingichka chiziqlardan to‘q va qalin chiziqlargacha chizish mumkin.
Qattiq yoki yumshoq Chalk pasteli. Moybo‘yoq (pigment), loy (glina) va arab elimi (gummiarabik), shuningdek bo‘yoqlar bilan birga bog‘langandir. Pastelь quruq, hamda maydalangan moybo‘yoq poroshogidan, pasta hosil bo‘lguncha yopishqoq modda bilan aralashib qotganda o‘ziga xos qayroqcha (brusochki) yoki o‘zakdan iborat bo‘ladi. Ular boshlang‘ich rangga yaqin bo‘lib, deyarli begona aralashmalardan xolisdir. Melli qalam - yog‘li modda bilan elimlangan mel bo‘lib, qalin va yorqin chiziqlarni hosil qilish imkoniyatini beradi.
Markerli ruchkalar (spirt tarkibli)ranglarning fantastik ko‘lamiga ega.
Akvarelь asosan arab elimi (gummiarabik), glitserin va rangli moybo‘yoqdan iborat bo‘lib, tushdan farqli yumshoq ranglar gammasini beradi.
Guashь asosi suvdan iborat, shaffof bo‘lmagan suyuqlik bo‘lib, tekis rang yotqizish uchun qo‘llaniladi.
Akril bo‘yoqlari – bu eng zamonaviy badiy vositadir. Akril bo‘yog‘ining asosiy tavsifi – ularning o‘zgaruvchanlik imkoniyatining borligidir. Ular jilosiz yoki shaffof bo‘lishlari mumkin, bu esa eskizning nozik bezagini hosil qilish imkonini yaratadi.
Moyli pastellar asalari yoki mineral mumi va qurimaydigan vazelin bilan bog‘langan moybo‘yoqdan tarkib topgan. Ular dadil, tuzilishli chiziqlarni hosil qilishga, tez bajariladigan qoralama eskizlarni chizishga ishlatiladi.



1.4-rasm. Moyli pastellar [12]




Download 455 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling