Materiallar bizning xayotimizda ko’pchilik o’ylagandan ko’ra chuqurroq o’rin egallaydi


Download 18.91 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi18.91 Kb.
#1806280
  1   2
Bog'liq
1-Ma`ruza


Kirish
Materiallar bizning xayotimizda ko’pchilik o’ylagandan ko’ra chuqurroq o’rin egallaydi. Kundalik xayotimizdagi zarur elementlar transport, uy-joy, aloqa vositalari, oziq ovqat ishlab chiqarish bularning barchasi u yoki bu darajada kerakli materiallarni tanlashga bog’liq. Tarixdan ma’lumki jamoatchilikning yuksalishi va rivojlanishi insonlarning mavjud talablarini qondirish uchun materiallarni ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog’liq. Avvalgi davrlar xattoki insonlar ishlatishni o’rgangan materiallar nomlari bilan nomlangan – tosh davri, bronza davri, temir davri.
Insoniyat paydo bo’lishining erta davrlarida insonlar juda kam sonli materiallardan foydalanganlar. Bular tabiatda mavjud ta’biy materiallar edi – toshlar, daraxt, loy, hayvon terisi va boshqalar. Vaqt o’tib odamlar tab’iy maxsulotlarni o’rnini bosuvchi materiallarni ishlab chiqarishni o’rgandilar. Bular keramika va turli metallar ya’ni yangi materiallar edi. Keyinchalik aniqlanishicha materiallarning tarkibida termik ishlash natijasida yoki turli qo’shimchalar qo’shilishi natijasida o’zgarish yuzaga kelar ekan. U vaqtlarda matreiallar juda kam miqdorda ishlatilish maqsadi va ularning sifatiga ko’ra aniqlangan. Olimlarning ta’kidlashicha tarkibiy elementlar va material tashkil etuvchilar orasida bog’liqlik mavjud. Ushbu qarashlar taxminan 100 yil avval vujudga kelgan bo’lib, buning natijasida insonlar materiallar tavsifini baxolashni o’rgandilar. Buning bari minglab maxsus tarkibli materiallar vujudga kelishiga olib keldi va eng murakkab zamon talablarining qondirilishiga sabab bo’ldi. Bizning davrda xam foydalanilayotgan materiallar sirasiga metallar, polimerlar, shisha va tola kiradi.
Xayotimizni yaxshilashga xizmat qilayotgan zamonaviy texnologiyalarning ravnaqi mavjud materiallarga bog’liq. Material turini aniqlash yangi texnologiyalarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Masalan, avtomobilsozlik sanoati po’latlar va shu kabi boshqa materiallarning qayta ishlanishisiz vujudga kelmas edi. Bizning davrimizda ko’p sonli murakkab elektron qurilmalar, yarim o’tkazgich materialidan foydalanilgan komponentlar ishlatilishi xisobiga rivojlanmoqda.



Download 18.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling