Materiallar hisobi


Download 45.73 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi45.73 Kb.
#1554171
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu. Amaliy mashg\'ulot

6.2. AMALIY MASHG‘ULOTLAR





6-MAVZU

MATERIALLAR HISOBI



6.6. Materiallarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot

1 misol


Mahalliy kompaniya materiallar etkazib berish bo’yicha xorijiy mol etkazib beruvchi bilan shartnoma imzoladi. Materiallarning shartnoma qiymati 10 000 AQSh dollari. Valyuta kursi O’zR MB tomonidan, materiallarni kirim qilish sanasida, belgilangan summa 9400 so’mni, to’lov sanasida – 9500 so’mni tashkil etdi. Materiallarni qabul qilish sanasi davlat bojxona deklaratsiyasini ramiylashtirish sanaga to’g’ri keladi. Import materiallari bo’yicha bojxona boji 5 %; bojxona yig’imi - 0,1%; QQS summasi - 15 %. Kompaniya materiallarni qabul qilish hisobini 1510 hisobvarag’ini qo’llash yordamida amalga oshiradi.
Echim

Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa, so’m

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

Import bo’yicha bojxona boji summasi aks ettiriladi (10 000 x 9400 so’m x 5 %)

4 700 000

1510

6990

Import bo’yicha bojxona yig’imi summasi aks ettiriladi(10 000 x 9400 x 0,1 %)

94 000

1510

6990

Tovarlarni O’zR hududiga olib kirishda bojxona organlariga to’lanadigan QQS summasi aks ettiriladi ((10 000 x 9400 so’m + 4 700 000 so’m + 94 000 so’m) x 15 %)

14 819 100

4410

6990

Bojxona qarzi uchun to’landi (4 700 000 + 94 000 + 14 819 100)

19 613 100

6990

5110

O’zR valyutasiga O’zR MBning hisob-kitob sanasidagi kursi bo’yicha import qilingan materiallarining shartnoma qiymati aks ettiriladi (10000 x 9400)

94 000 000

1510

6010

Import materiallari balansda haqiqiy sotib olish xarajatlari summasida qayd etiladi (4 700000 + 94 000 + 94 000 000)

98 794 000

1010

1510

Xorijiy mol etkazib beruvchiga to’langan summa aks ettiriladi (10 000 x 9500)

95 000 000

6010

5210

Olingan import materiallari bo’yicha bojxona organlariga to’lanadigan QQS hisobga olindi

14 819 100

6410

4410

Xorijiy mol etkazib beruvchi bilan hisob-kitoblar bo’yicha kurs farqi aks ettiriladi

1 000 000

9620

6010

2 misol


2019 fevral oyida kompaniya asosiy faoliyat uchun yog’och sotib oldi. Mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha materiallar qiymati shartnoma sanasida O’zR MB tomonidan tasdiqlangan AQSh dollari kursiga ekvivalent bo’lgan shartliy birliklarda aniqlandi va 20 000 dollarni tashkil etdi va QQS summasi - 3000 AQSh dollar. Materiallarni qabul qilish sanasida MB kursi 1$ = 9400 so’mni tashkil etdi. To’lov sanasida- 9500 so’m.
Yog’ochni sotib olish uchun kompaniya boshqa tashkilotdan maqsadli qisqa muddatli kredit oldi, unda yog’ochni omborga olishdan oldin hisoblangan foizlar 300 000 so’mni tashkil etdi.
Yog’ochni mol etkazib beruvchidan xaridor omboriga etkazib berish xarajatlari 300 00 so’mni, QQS summasi - 45000 so’mni tashkil etdi.
Hisob siyosatiga ko’ra tashkilotda materiallar tannarxini shakllantirishni 1510 va 1610 -hisobvaraqlar yordamida amalga oshiriladi. Sotib olingan materiallarning hisob qiymati 180 000 000 so’mni tashkil etadi.
Xo’jalik operatsiyalariga buxgalteriya yozuvlari tuzing.
Echim


Download 45.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling