Stanokning ishlash prinsipi quyidagicha: Ishlov beriladigan zagatovka stanokning stoli 1 ga o'rnatiladi, asbob-elektrod 4 bo'lajak teshik o'rniga dastalar 2 va 6 yordami bilan to'g'rilanadi. Shundan keyin mineral moyli bak 8 dasta 7 vositasida ko'tarilib, zagatovka moy bilan ko'miladi-da, stanok ishga tushiriladi va dasta 4 yordamida asbob-elektrod zagatovkaga uchqun hosil bo'lguncha yaqinlashtiriladi. Shundan keyin rele ishga solinadi va teshish ishi avtomatik ravishda davom ettiriladi. Teshish prosessining qanday borilayotganini maxsus asboblar 6 yordamida kuzatib turish mumkin. 1. Stanokning stoli. 2. Dasta 3. Bosimni ko'rsatuvchi asbob 4. Dasta 5. Ulagich 6,7 Dasta Anod-mexanikaviy usuli Anod-mexanikaviy usulni 1943-yilda sovet olimi V.N.Gusev ixtiro etgan bo'lib, uning mohiyati quyidagilardan iborat. Ishlov berilayotgan zagatovka o'zgarmas tok manbaining musbat qutbiga, asbob esa manfiy qutbiga ulanadi, binobarin, zagatovkaga anof, asbob esa katod rolini o'ynaydi. Zagatovka bilan asbob oralig'iga soplodan maxsus suyuqlik oqizib turiladi. Zanjirdan tok o'tkazilganda elektr-ximiyaviy prosess boradi, natijada zagatovka sirtida elektr-ximiyaviy korroziya mahsuloti-tok o'tkazmaydigan parda hosil bo'ladi, asbob zagatovkaga biror bosim ostida siqilib,aylanma harakatga keltiriladi,bunda asbob zagatovka sirtidan pardani osongina qirib boradi. Zagatovkaning parda qirib olingan sirtida yangi parda hosil bo'ladi, asbob esa yangi pardani ham qirib iladi. Bu prosess zagatovka zarur shakl va o'lchamga kelguncha davom ettiriladi. Elektr-kontakt usuli Elektr-kontakt usulidan har xil zagatovka va asboblarga ishlov berishda foydalaniladi. Bu usul berk zanjirdan o'tayotgan tokning shu zanjir qarshiligiga to'g'ri proporsional miqdorda issiqlik hosil qilishiga asoslangan. Zanjirning qarshiligi uning kontaktida eng katta bo'lganligidan bu joyda ko'p miqdor issiqlik ajralib chiqadi. Masalan, tok manbaining manfiy qutbiga ulangan metall elektrod (disk) 1 tok manbaining musbat qutbiga ulangan metall 2 ga kichikroq bosim ostida tegizilib, zanjirdan tok o'tkazilsa, diskning zagatovkaga tegib turgan joyida ko'p miqdor issiqlik ajalib chiqadi, natijada yuqori temperatura hosil bo'lib, zagatovka metalini suyuqlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |