Materiallarga elektr-kimyoviy va elektro-fizikaviy ishlov berish usullari. Reja: Materiallarga ishlov berishning elektr-errozion elektr-uchqun,elektr-impuls usullari


Download 405.06 Kb.
Sana08.06.2020
Hajmi405.06 Kb.
#116054
Bog'liq
18-MAVZU

Materiallarga elektr-kimyoviy va elektro-fizikaviy ishlov berish usullari.

Reja:

1. Materiallarga ishlov berishning elektr-errozion elektr-uchqun,elektr-impuls) usullari.

2. Ishlov berishning anod-mexanikaviy, elektr-elektr-kontakt (elektr-mexanikaviy) usullari.

3. Ultratovush bilan ishlov berish .

4. Materiallarga ishlov berishning elektr-kimyoviy usullari.

Materiallarga ishlov berishning elektr-fizikaviy va elektr-ximiyaviy usullari odatdagi kesuvchi asboblardan emas, balki elektr toki ta'sirida sodir bo'ladigan fizika-ximiyaviy prosessorlardan foydalanishga asoslangan. Bu usullar mexanikaviy ishlanishi juda qiyin bo'lgan yoki mutlaqo mumkin bo'lmaydigan materiallarga,chunonchi, vanadiy,volfram,titan va boshqa qiyin suyuqlanuvchi metallar asosida tayyorlangan materiallar,qattiq qotishmalar va boshqa materiallarga ishlov berishda qo'llaniladi.Materiallarga ishlov berishning bu usullari jumlasiga elektr-uchqun va elektr-kontakt usuli,elektr-mexanikaviy,elektr-ximiyaviy,ximiya-mexaniyaviy usullar,ultrtovush usuli va boshqa usullar kiradi.

Elektr-uchqun usuli

Elektr-uchqun usuli qattiq jism yuzaga yuboriladigan uchqun razryad ta'sirida shu yuzaning yemirilish hodisasiga asoslangan. Bu usulni 1943- yilda sovet olimlaridan B.R.Lazarenko bilan N.I.Lazarenko kashf etganlar. Elektr uchqunidan sinib qolgan parma, metchik va boshqa kesuvchi asboblarni chiqarishda, ingichka va murakkab teshiklar ochishda kesuvchi va o'lchash asboblarining sirtqi qatlamlarini puxtalash va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Elektr-uchqun usulida ishlov berishning mohiyati quyidagilardan iborat.Ishlov beriladigan zagatovka o'zgarmas tok manbaining musbat qutbiga, asbob esa manfiy qutbiga ulanadi. Bunda zagatovka anod, asbob esa katod rolini o'taydi. Asbob zagatovkaga tomon ma'lum oraliqqacha yaqinlashtirilganda elektr maydoni ta'siri ostida elekrtonlar oqimi katoddan anodga o'ta boshlaydi, natijada elektrodlar orasida uchqun hosil bo'ladi. Bunda zagatovkaning ishlov berish zonasida temperatura 6000-10000 C ga yetadi. Bunday temperaturada metall suyuqlanadi va hatto, bug'lanadi va tashqariga otilib chiqadi, natijada ishlov berilayotgan zagatovkada chuqurcha hosil bo'ladi. Asbob zagatovkaning ishlov berilayotgan zonasiga sekin-asta botirilib borilsa, bu zonada asbob shakliga monand teshik hosil bo'ladi.

Stanokning ishlash prinsipi quyidagicha:

Ishlov beriladigan zagatovka stanokning stoli 1 ga o'rnatiladi, asbob-elektrod 4 bo'lajak teshik o'rniga dastalar 2 va 6 yordami bilan to'g'rilanadi. Shundan keyin mineral moyli bak 8 dasta 7 vositasida ko'tarilib, zagatovka moy bilan ko'miladi-da, stanok ishga tushiriladi va dasta 4 yordamida asbob-elektrod zagatovkaga uchqun hosil bo'lguncha yaqinlashtiriladi. Shundan keyin rele ishga solinadi va teshish ishi avtomatik ravishda davom ettiriladi. Teshish prosessining qanday borilayotganini maxsus asboblar 6 yordamida kuzatib turish mumkin.

1. Stanokning stoli.

2. Dasta

3. Bosimni ko'rsatuvchi asbob

4. Dasta

5. Ulagich

6,7 Dasta

8. Moyli bak

Anod-mexanikaviy usuli

Anod-mexanikaviy usulni 1943-yilda sovet olimi V.N.Gusev ixtiro etgan bo'lib, uning mohiyati quyidagilardan iborat. Ishlov berilayotgan zagatovka o'zgarmas tok manbaining musbat qutbiga, asbob esa manfiy qutbiga ulanadi, binobarin, zagatovkaga anof, asbob esa katod rolini o'ynaydi. Zagatovka bilan asbob oralig'iga soplodan maxsus suyuqlik oqizib turiladi. Zanjirdan tok o'tkazilganda elektr-ximiyaviy prosess boradi, natijada zagatovka sirtida elektr-ximiyaviy korroziya mahsuloti-tok o'tkazmaydigan parda hosil bo'ladi, asbob zagatovkaga biror bosim ostida siqilib,aylanma harakatga keltiriladi,bunda asbob zagatovka sirtidan pardani osongina qirib boradi. Zagatovkaning parda qirib olingan sirtida yangi parda hosil bo'ladi, asbob esa yangi pardani ham qirib iladi. Bu prosess zagatovka zarur shakl va o'lchamga kelguncha davom ettiriladi.

Elektr-kontakt usuli

Elektr-kontakt usulidan har xil zagatovka va asboblarga ishlov berishda foydalaniladi. Bu usul berk zanjirdan o'tayotgan tokning shu zanjir qarshiligiga to'g'ri proporsional miqdorda issiqlik hosil qilishiga asoslangan. Zanjirning qarshiligi uning kontaktida eng katta bo'lganligidan bu joyda ko'p miqdor issiqlik ajralib chiqadi. Masalan, tok manbaining manfiy qutbiga ulangan metall elektrod (disk) 1 tok manbaining musbat qutbiga ulangan metall 2 ga kichikroq bosim ostida tegizilib, zanjirdan tok o'tkazilsa, diskning zagatovkaga tegib turgan joyida ko'p miqdor issiqlik ajalib chiqadi, natijada yuqori temperatura hosil bo'lib, zagatovka metalini suyuqlantiradi.

Agar disk aylanma harakatga keltirilsa va disk bilan zagatovka orasiga soplo orqali siqilgan havo yuborilib turilsa,suyuqlangan metall kontakt zonasidan chiqarib yuboriladi, natijada zagatovka qirqiladi.Yuqori temperaturada disk suyuqlanmasligi uchun u juda tez ( 40-50 m/sek tezlik bilan) aylantiriladi yoki sovitib turiladi. Elektr - kontakt usuli pokovkalarni qirqish, quymalar va shtamplangan zagatovkalarning yuzalarini tozalash,keskichlarni charxlash va boshqa maqsadlarda qo'llaniladi.

Agar disk aylanma harakatga keltirilsa va disk bilan zagatovka orasiga soplo orqali siqilgan havo yuborilib turilsa,suyuqlangan metall kontakt zonasidan chiqarib yuboriladi, natijada zagatovka qirqiladi.Yuqori temperaturada disk suyuqlanmasligi uchun u juda tez ( 40-50 m/sek tezlik bilan) aylantiriladi yoki sovitib turiladi. Elektr - kontakt usuli pokovkalarni qirqish, quymalar va shtamplangan zagatovkalarning yuzalarini tozalash,keskichlarni charxlash va boshqa maqsadlarda qo'llaniladi.

1.Elektrod disk

2. Metall

3. Suyuqlik

Ultratovush usuli

Materiallarga ishlov berishning ultratovush usuli muhitning tovush chastotasidan katta chastota bilan elastik tarzda tebranishidan foydalanishga asoslangan. Bu usul zagatovkalarga teshiklar ochish, zagatovkalarni qirqish, silliqlash va boshqalarda qo'llaniladi. Ultratovush usulida, masalan, teshik ochishning mohiyati shundan iboratki, shakli bo'lajak teshik shaklida qilib yasalgan puanson (asbob) ultratovush chastotasiga teng chastotali tebranma harakatga keltiriladi va zagatovkaning teshik ochilishi lozim bo'lgan joyiga ozroq oraliq qoladigan qilib yaqinlashtiriladi. Puanson bilan zagatovka sirti orasidagi bo'shliqqa abraziv donalari aralash suyuqlik yuboriladi. Tebranish jarayonida puansonning uchi abraziv donalariga zarb bilan uriladi, abraziv donalari esa zagatovka sirtidan juda mayda qirindilar urib chiqariladi. Puanson avtomatik ravishda surib borilsa, zagatovkada teshik hosil bo'ladi.

Ximiya-mexaniyaviy usul

Ximiya-mexanikaviy usul metallarning ximiyaviy reaksiya natijasida yemirilishiga asoslangan. Bu usulda zagotovkaning ishlov berilishi lozim bo'lgan zonasida ximiyaviy reagent ta'sir ettiriladi, bunda zagatovka sirtida reaksiya mahsuloti hosil bo'ladi, bu mahsulot esa mexanikaviy usulda metall sirtidan ketkaziladi. Metallarga ximiya-mexanikaviy ishlov berish uch turga bo'linishi mumkin. Ishlov berishning birinchi turida reagent sifatida sirt aktiv moddalardan foydalaniladi. Bu usul har qanday metall va qotishmalarni pritirlash, yetiltirish va silliqlashda qo'llaniladi.

Ishlov berishning ikkinchi turida elektrolitlardan foydalaniladi. Bu usul har qanday qattiqlikdagi metall va qotishmalarni qirqish, detallarni silliqlash, pritirlash, yetiltirish va boshqalarda qo'llaniladi. Masalan, biror detalni pritirlash lozim bo'lsa, bu detal va pritir elektrolit eritmasi solingan vannaga tushiriladi. Elektrolit metall tuzi, masalan, mis sulfat eritmasi bilan abraziv kukunidan iborat bo'ladi.Vannada almashinish reaksiyasi borib, ishlov beriladigan detalning metali tuz tarzida eritmaga o'tadi, elektrolitdan ajralib chiqqan mis esa bo'rsildoq kukun holida detalning ishlov beriladigan yuzasiga o'tiradi.

Detal sirtiga o'tirgan mis kukuni eritmada muallaq holda bo'lgan abraziv zarralari yordamida pritir bilan sidirib olinadi. Ishlov berishning uchinchi turi ximiyaviy aktiv muhitlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan qora metallar va ularning qotishmalarini silliqlash hamda pritirlashda foydalaniladi.

E'tiboringiz uchun raxmat!!!


Download 405.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling