Sertifikatlashtirish tizimi – Muvofiqlikni sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun proseduralar va boshqaruvning o‘z qoidalariga ega bo‘lgan tizim.
Sertifikatlashtirish – prosedura bo‘lib, buning vositasida uchinchi tomon mahsulot, jarayon yoki xizmatlarning topshiriqdagi talablarga muvofiqligini yozma shaklda tasdiqlaydi.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha idora – Sertifikatlashtirishni o‘tkazuvchi idora.
Izoh – sertifikatlashtirish bo‘yicha idora muvofiqlikka sinash va tekshirishni o‘zi o‘tkazishi yoki uning topshirig‘i bo‘yicha boshqa idoralar tomonidan o‘tkaziladigan bunday faoliyat ustidan nazoratni amalga oshirishi mumkin.
Sinash laboratoriyasi – sinashlarni o‘tkazadigan laboratoriya.
Sifat – O‘z tafsilotlari majmuining talablarga muvofiqlik darajasi.
Jarayon – Kirish va chiqishlarni qayta o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir etuvchi faoliyat turlarining majmui.
Audit – Audit guvohnomasini olish va auditning kelishilgan mezonlarini bajarish darajasini aniqlash maqsadida ularni beg‘araz baholash muntazam, mustaqil va hujjatlashtirilgan jarayoni.
Muvofiqlik - atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikat-lashtirish degan tushunchalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |