Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 9.35 Kb.
|
Samarqand Davlat Universiteti Texnologik ta`lim yo`nalishi 335-g-kompy.info
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1. Yog’ochga ishlov berish stanoklarining turlari 2. Yog’ochga ishlov berish asboblarining metalga ishlov berish asboblaridan farqi 3. Yog’ochlarni arralash turlari
- Har xil figuralar yonishini amalga oshiruvchi S.T.D-120 m stanogi
Samarqand Davlat Universiteti Texnologik ta`lim yo`nalishi 335-guruh talabasi Irgasheva Azizaning “Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar” fanidan yozgan mustaqil ishi mavzu O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI “ BOSHLANG`ICH VA TEXNOLOGIK TA`LIM KAFEDRASI TEXNOLOGIK TA`LIM YO`NALISHI 335-GURUH TALABASI IRGASHEVA AZIZANING “MATERIALLARNI KESIB ISHLASH, ASBOBLAR VA STANOKLAR” FANIDAN “ YOG`OCHNI QAYTA ISHLOVCHI STANOKLARDA MATERIALLARGA ISHLOV BERISH” MAVZUSIDAGI MUSTAQIL ISHI BAJARDI: IRGASHEVA A QABUL QILDI: SUVONQULOV I SAMARQAND 2022Reja: 1. Yog’ochga ishlov berish stanoklarining turlari 2. Yog’ochga ishlov berish asboblarining metalga ishlov berish asboblaridan farqi 3. Yog’ochlarni arralash turlariYog’ochga ishlov beruvchi barcha stanoklar uchun harf-raqamlar bilan indekslash qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra har bir stanokga harfiy indeks beriladi, bu indeks stanokning turini bildiradi, harfdan keyingi raqamlar esa stanokning parametrlarini va rusumi raqamini ko’rsatadi. Masalan, arralangan materiallarni tiladigan dumoloq arrali stanoklar SD harflari bilan, qirqadigan stanoklar SDK harflari, ko’ndalangiga arralaydigan balansirli stanoklar-SKB, mayatnikli stanoklar-IME, supportlilari-SPA, randalash stanoklari-SF, reysmuslilari-SR, reysmusli randalash stanoklari-FR, to’rt tomonlama bo’ylama frezerlash stanoklari-S, rama uchun tirnoq qirqadigan bir tomonlama stanoklar-SHO, ikki tomonlilari SHD, qutilarbop to’g’ri tirnoq qirqadiganlari-SHP, <> tirnoq qirqadiganlanri-SHLX, frezerlash stanoklari-G’, parmalaydiganlari-SV, zanjirli o’yish stanoklari-DS, silliqlaydiganlari-SHL harflari bilan belgilanadi. Har xil figuralar yo'nishini amalga oshiruvchi S.T.D-120 m stanogi S2R12-2 markasi, bu randalash eni 1200mm bo’lgan, reysmusli ikki tomonlama, ikkinchi rusum stanogi ekanini bildiradi. Dumoloq arralash stanoklar arralangan materiallar, pilita materiallar (faner, yog’och tolasidan,yog’och qipig’idan qilingan plitalar) ni arralash uchun ishlatiladi. Bajaradigan operasiyalarga qarab stanoklar ko’ndalangiga va bo’ylamasiga arralaydigan bo’ladi. Ko’ndalangiga arralash uchun SME-ZA sharnir-mayatnikli ko’ndalang arralash stanogi va arrasi to’g’ri chiziqli harakatlanuvchi SPA-40 ko’ndalang arralash stanogi ishlatiladi. Ushbu arralashda arralaydigan taxta – yog’ochlarning eng katta eni 400mm ni, katta qalinligi 100mm ni tashkil qiladi. SME-ZA stanogida taxta-yog’ochlarni arralash uchun diametri 500mm dan oshmaydigan arralash, SPA-40 da esa 400mm dan katta bo’lmagan arralash ishlatiladi. Mazkur dastgoxlarning aylanish chastotasi 300ayl/min ga, elektr dvigatellarning quvvati 4,0 va 5,4 kVt ga teng. 500mm dan kalta taxtalar andozalar yordamida ko’ndalangiga arralanadi. Arra diski avtomatik ishlaydigan to’siq bilan shunday jixozlanmog’i kerakki, arra tishlari arralanadigan material qalinligida ochiladigan bo’lsin. Stanokda ishlayotgan ishchi arra diskidan kamida 300mm nari turishi lozim. Parmalash stanoklari yog’och detallarda parron va parronmas (tubli) teshiklar parmalash hamda uzun ariqchalar ochish uchun mo’ljallangan. Stanoklar bir va ko’p shpindelli, gorizontal hamda vertikal bo’ladi. Parmalash stanoklarining quyidagi turlari ishlab chiqariladi: SVPG-2 (ikki tomonlama parmalash - ariqcha ochish uchun); SVPG-3 (to’g’ri va qiya ariqchalar ochish uchun); SVSA-2, SVSA-3 (<> ) parmalab tashlash hamda o’rnini berkitish uchun).Bajariladigan ishlarning turi va sharoitiga qarab har xil parmalardan foydalaniladi.Parmalarning tuzilishi shunday bo’lishi kerakki, charxlaganda qirquvchi parametrlari o’zgarmaydigan, qirquvchi qismlari qirqish jarayoni erkin bo’lishini taminlaydigan, yo’nilgan qirindi teshikdan oson chiqib ketadigan bo’lsin. Teshiklarni tolalarga ko’ndalang parmalash markazi va keskichi bo’lgan, diametri 4-32, uzunligi 80-200mmli spiralsimon yog’och qirquvchi parmalar ishlatiladi. Teshiklarni tolalar bo’ylab parmalash uchun konussimon charxlangan spiralsimon uzun hamda kalta seriyadagi parmalardan foydalaniladi. Kalta seriyadagilariniki esa mos ravishda 5-20 hamda 130-210mm bo’ladi. Ketingi uchi silindrsimon, qattiq qotishmadan qilingan plastinalar bilan ta`minlangan, diametri 10-30mm kalta seriyasining uzunligi 168-324 mm bo’lgan spiralsimon parmalar ham ishlatiladi. Detal va buyumlarning ishlov berilgan bazasiga ishlov berishning yuqori sinfini berish, tabaqalar, fortochkalar, piramonlar, ramkali eshiklarning qalqib qolgan joylarini yo’qotish, plita materiallarni aniq bir o’lchamga keltirish uchun silliqlash stanoklari ishlatiladi. Silliqlash stanoklari konstruksiyasiga ko’ra tasmali, diskli va silindrli xillarga ajratiladi. Tasmali stanoklar erkin tor tasmali (SHISL-3; egri yuzalarga ishlov berish uchun ishlatiladi), qo’zg’almas stolli bo’ladi. (SHIZS 12-2 silindrlilari yuqorida joylashgan bo’lib, eshiklarning yassi yuzalariga ishlov berish hamda salqib qolgan joylarini yo’qotish uchun ishlatiladi). Silliqlash stanoklarining qirquvchi asbobi – jilvir qog’oz shisha, kremniy va boshqa juda qattiq materiallarning abraziv zarralari yelimda yopishtirilgan qog’oz yoki mato asosdan iborat. Stanokni sozlashda stolga detall qo’yiladi va stolni balandlik bo’yicha siljitib kerakli vaziyati aniqlanadi. Detallar turkumiga bir raqamdagi jilvir qog’oz bilan ishlov berib bo’lgandan keyin kerakli g’adur-budurlikdagi yuza hosil bo’lguncha boshqa raqamli jivir qog’oz bilan ishlov beriladi. Yog’och – taxtalar arralanganda yuzasi notekis, g’adur-budur chiqadi, top tashlaydi va boshqa nuqsonlar bo’ladi. Ushbu nuqsonlar frezalab bartaraf qilinadi. Frezerlash jarayonida to’g’ri yuza hosil bo’lib, boshqa yuzalarni ana shu yuza bo’yicha to’g’rilash mumkin. Bo’ylamasiga frezerlash uchun randalaydigan, reysmusli va to’rt tomonlama bo’ylama frezerlash stanoklaridan foydalaniladi. Odatda randalash stanoklarida materiallarning yuzasi va qirrasi to’g’ri burchak ostida randalanadi, keyinchalik to’rt tomonlama bo’ylama frezerlash dastgoxlarida ana shu yuza va qirralar bo’yicha frezalab kerakli shakldagi detal hosil qilinadi. Download 9.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling