Materiallarning qattiqligini Brinell va Rokvell usulida sinash
Download 333.16 Kb.
|
Materiallarning qattiqligini Brinell va Rokvell usulida sinash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Ishni bajarish uchun kerak boladigan uskuna va materiallar.
Materiallarning qattiqligini Brinell va Rokvell usulida sinash. Ishning maqsadi. Konstruktsion materiallarning mexanik xossalarini aniqlash usullari bilan tanishish, turli tabiatli yuklamalar ta’sirida asosiy mexanik xossalarni aniqlash, olingan natijalarga ko’ra tegishli ГОСТ jadvallaridan markasini va ishlatilish joylarini belgilash. Metallarning qattiqligini Brinell va Rokvell usullari bilan aniqlanishni amalda o`rganish Ishni bajarish tartibi: Umumiy ma’lumot. Materiallarning qattiqligini Brinell va Rokvell usullarida aniqlash Ishni bajarish uchun kerak boladigan uskuna va materiallar. Biologik mikroskop Tuzlar ammoniy xlor, xrom, Shisha, pipetka Po`lat quymasi, qisqich ТШ-2M tipidagi qattiqlikni o`lchash asbobi. Metall sirtidagi izlarni o`lchash uchun lupalar. Namuna komplekti. Shtangentsirkul ШТС-1. Egov, jilvir qog`oz. Umumiy ma’lumot. Materiallarning turli tashqi yuklamalar ta’siriga yorilmay, sinmay qarshilik ko’rsatish xususiyati uning mustahkamligi deyiladi. Konstruktorlar mashina detallarini yoki turli konstruktsiya elementlarini loyihalashda ularning ish sharoiti (qo’yiladigan yuklama tabiati va miqdori, muhit harorati va boshqa ko’rsatkichlar)ni xisobga olgan holda, texnika- iqtisodiy talablarga javob beradigan bo’lishlari uchun ularning mexanik xossalarini, statik yuklama ta’sirida cho’zilishga ko’rsatadigan muvaqqat kuchlanishi (σch), oquvchanlik chegarasi kuchlanishi (σ0), nisbiy chuziluvchanligi (δ), nisbiy ingichkalanuvchanligi (ψ), qattiqligi (НВ yoki НRА), zarbiy kuchlarga chidamligi, ya’ni qovushoqlik (KС) qiymaini, yo’nalishi va qiymati o’zgaruvchan (siklik) kuchlarga chidamliligini bilishlari kerak. Bu ko’rsatkichlarga ko’ra texnologlar zagotovkalarga oqilona ishlov berish usullarini va rejimlarini belgilaydi. Ma’lumki, real materiallar turli texnologik sabablarga ko’ra mutlaq toza bo’lmaydi. Ularda juda oz bo’lsada, begona qo’shimchalar bo’ladi. Ularning ba’zi birlarining atomlari metallarning fazoviy panjaralariga o’tishi, kristall panjara tugunlarida bo’sh joylar bo’lishi, chiziqli siljishlar va boshqa nuqsonlar hosil etadi. Shular sababli real materiallarning mustahkamligi va boshqa xossalari ideal metallarnikidan ancha zaif bo’ladi. Masalan, real texnik temirning cho’zilishiga ko’rsatgan muvaqqat qarshilik kuchlanishi bo’lsa, ideal ipsimon tolali temirning cho’zilishga ko’rsatgan muvaqqat qarshilik kuchlanishi dir. Bundan ko’rinadiki, real metallarning xossalarini ancha ko’tarish imkoniyatlari bor ekan. Materiallarning qattiqligini Brinell va Rokvell usullarida aniqlash ГОСТ 9012-59 Metall va qotishmalarning o`zidan qattiqroq jismning botirishga qarshilik ko`rsatishi uning qattiqligi deb ataladi. Metallarni va qotishmalarni qattiqligini aniqlashda bir necha usullar bor. Jumladan: Brinell, Rokvell va Vikkers usullari keng ishlatiladi. Qattiqlikni aniqlashda qator usullar bo’lib, ularga sinaladigan material sirt yuziga maxsus uchlikni ma’lum balanlikdan tashlaganda uning materialga urilib qaytish balandligiga (Shor usuli), qattiqligi ma’lum bo’lgan etalon material bilan sinaladigan material sirt yuziga toblangan po’lat parchani botirib, ularda olingan izlar diametrlarini taqqoslash ila (Poldi usuli), sinaladigan material sirt yuziga toblangan po’lat parchani ma’lum yuklama ostida botirib, unda olingan iz diametriga (Brinell usuli), sinaladigan material sirt yuziga olmos konusli uchlikni ma’lum yuklama ostida botirilganda botgan chuqurlik qiymatiga ko’ra (Rokvell usuli) aniqlash usullari kiradi. Lekin bu usullarning ichida Brinell va Rokvell usullari asboblarning tuzilishining oddiyligi, ishlash qulayligi, sinaladigan namuna yoki detal sirtiga putur yetmasligi, natijalarning tez va aniq olinishi va universalligi sababli sanoatda keng tarqalgan. Materiallarning qattiqligini Brinell usulida sinashda foydalaniladigan namunalar, asbob, moslama va o’lchov asboblar Namunalarni tayyorlash. Sinaladigan materiallardan kesib olingan zagotovkalardan namunalarni ГОСТ talabiga ko’ra tayyorlanadi. Bunda uning sirtida moy, zanglar, tirnalgan joylar bo’lmasligi, tekis va silliq bo’lishi kerak. Buning uchun sirt yuzi mayda tishli egov yoki charx toshda jilvirlanadi. Namunaning eng kichik qalinligi (S) botiriladigan sharchaning botgan izi chuqurligi (h) dan kamida o’n marta katta bo’lishi kerak: qiymatni esa quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: bu yerda: P - namunaga qo’yilgan yuklama, N yoki kg.k; D - sharcha diametri, mm; NV - materialning Brinell bo’yicha qattiqligi, kg. k/mm2. Sinaladigan namunani yoki detalning eng kichik qalinligi (h), sharcha diametri (D), yuklama (P) va Brinell bo’yicha qattiqligi (НВ). НВ ga ko’ra sharcha diametrini kamida necha mm bo’lishi 5 - jadvalda keltirilgan. Prokatlangan va bolg`alangan po`lat uchun . Quyma po`lat uchun Kul rang cho`yan uchun Brinel usulida qattiqligi gacha bo`lgan materiallarning aniqlash mumkin. Odatda namuna sinalishdan ilgari uning sinaladigan sirti silliqlanib, tekis holatga keltiriladi. Standart sinashda 10 mm diametrli shar uchun yuklama doimo 30 kN (3000 kg) qilib olinadi. Brinell usulida sinash shartlarida yuklama, shar diametri va yuklama ta`sir ettirish vaqti keltiriladi. Masalan, НВ 10 (3000) 10-2500 yozuvdagi birinchi raqam (10) sharning diametri, ikkinchi raqam (3000) yuklanish, uchinchi raqam (10) nagruzka ta`sir ettirish vaqti, to`rtinchi raqam (2500) esa Brinell bo`yicha qattiqlikni ifodalaydi. 1 jadval Foydalanilgan asbob, moslama va o’lchov asboblar Sinovda ТШ tipdagi asbobdan, sharchaning namunada qoldirgan izi diametrini 20-30 marta kattalashtirib o’lchashga imkon beruvchi lupadan va namuna qalinligi, izlar chuqurligini, joyini va ulararo oralig’ini o’lchashda shtangensirkul yoki chizg’ichlardan foydalaniladi. 7 - rasmda TШ tipdagi asbobning sxemasi keltirilgan. Sxemadan ko’rinadiki, uning staninasi 1 ning yuqori qismida namuna 5 ga, opravka 3 ga o’rnatilgan sharcha orqali yuklamani qo’yuvchi richaglar sistemasi 13, pastida esa stol 6 ni yuqoriga ko’taruvchi yoki pastga tushiruvchi vint 24 li uzatmasi bor. Agar tugmacha 7 bosilsa, elektr dvigateli 19 harakatga keladi. Undan esa harakat chervyakli reduktorlar 20 orqali krivoship shatunli mexanizmga o’tadi. Shatun 15 ning pastga yurishida u bilan bog’langan rolik 14 ham pastga tortiladi. Bunda osma ilgagiga osilgan toshlar 12 massasi richaglar sistemasi orqali yuklamani namunaga qo’yadi va belgilangan vaqtdan keyin yuklama avtomatik olinadi. Metallarning qattiqligini aniqlashda ularning xiliga, taxminiy qattiqligiga va namunaga qo’yilgan yuklamaga ko’ra sharchalar diametri aniqlanadi. 1-rasm. ТШ tipli qattigqlikni o’lchash priborini umumiy ko’rinishi va kinematik sxemasi. Download 333.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling