Materiallarning xarakteristikalarini sinov yo`li bilan o`rganish
Materialning plastiklik ko’rsatkichlari
Download 40.11 Kb.
|
Materiallarning xarakteristikalarini sinov yo`li bilan o`rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Solishtirma deformastiya ishi
- 5. Qattiqlik
3. Materialning plastiklik ko’rsatkichlari
Materialning mustahkamlik xarakteristikalaridan tashqari cho’zilishga sinash natijasida uning plastiklik ko’rsatkichlari: nisbiy qoldiq uzayish va nisbiy ko’ndalang torayish aniqlanadi: (1) (2) bu erda 1 - namunaning uzilgandan keyingi uzunligi, - uzilish joyida bo’yinning eng kichik kesimi yuzasi. 4. Solishtirma deformastiya ishi Materialning dinamik kuchlarga qarshilik ko’rsatish xususiyatini solishtirma deformastiya ishi xarakterlaydi. (J/m) (3) Ba’zan ushbu ko’rsatkichni materialning statik qovushqoqligi deb ham yuritiladi. Qovushqoqlik - materialning emirilmay deformastiyaning mexanik energiyasini yutish qobiliyatini ifodalaydi. Namunani uzishga sarflangan ish (A) cho’zilish diagrammasining yuzasi bilan aniqlanadi. Namuna hisoblash qismining dastlabki hajmi V0=F00. Bu ko’rsatkich ham mustahkamlikni, ham plastiklikni ifodalaydi. Misol tariqasida St.3 markali po’latning ko’rsatkichlarini keltiramiz. n210 MPa; e220 MPa; oq230 MPa; v=380 MPa; 21% (25...27%); =50...60 %; =0,8...1,0 Dj/m3. Mo’rt materiallarning cho’zilish diagrammasida oquvchanlik yuzachasi va mustahkamlanish zonasi bo’lmaydi. Namuna kichik qoldiq deformastiyalar (2...3%) da bo’yin hosil qilmay emiriladi. Mo’rt materiallarning asosiy xossasi - v. Materiallarning siqiluvchanligini o’lchamlari 0=(1...3)d0 bo’lgan stilindrik namunalarni sinab bajariladi. Plastik material - kam uglerodli po’latning siqilish diagrammasida proporstionallik va oquvchanlik chegaralariga tegishli kuchlanishlarni belgilash mumkin. Mo’rt material - ko’lrang cho’yanning siqilish diagrammasida faqat mustahkamlik chegarasiga tegishli kuchlanishni belgilanadi. Namunaning emirilishi bo’ylama o’qqa 45 gradus burchak ostida darzlar paydo bo’lishi bilan kuzatiladi. 5. Qattiqlik Qattiqlik - materialning mahalliy kontakt ta’sirlarda sirtqi plastik deformastiyalanishga yoki ma’lum sinov sharoitlarida sirtqi qatlamda mo’rt emirilishga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir. Ba’zi avtorlar (V. I. Feodosev, B. Q. Qoraboev) ta’biri bilan aytganda, qattiqlik - materialning unga boshqa jismning sirtdan mexanik kirishiga qarshilik ko’rsatish xususiyatidir. Qattiqlikka sinash usullarining eng ko’p tarqalganlari Brinell, Rokvell, Vikkers usullaridir. Bularda sinalayotgan jism sirtiga tegishlicha toblangan po’lat sharcha, yoki olmos konus, yoki olmos piramida katta kuch (3000 kGk) bilan bosiladi va ma’lum vaqt (odatda 10 S) dan keyin material sirtida qolgan iz kattaligi bo’yicha qattiqlik soni aniqlanadi. Qattiqlik soni va materialning mustahkamlik ko’rsatkichlari orasida boglanishlar mavjud. Masalan, kam uglerodli po’lat uchun v0,36 Nv; po’lat qo’ymalar uchun v=(0,3...0,4) NV; ko’lrang cho’yan uchun v=(NV-40)/6. Download 40.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling