Materialshunoslik indd


erkin elektronlar va teshiklar harakati uchun)


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

erkin elektronlar va teshiklar harakati uchun)
22
.
Bunday elektronning energetik holati zonali tuzilma nuqtayi na­
zaridan ko‘rib chiqilishi mumkin. Har bir bog‘langan elektron 
uchun yagona elektron darajasi yoki energetik holat mavjud bo‘lib, 
u o‘tkazuvchanlik zonasining tagida joylashgan taqiqlangan zona 
ichiga joylashadi. 
22
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 
7th ed.p.cm/ ­ Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.­ 
2014. 742­bet
(d)


185
Xona haroratida issiqlik energiyasi katta miqdordagi elektronlarni 
donorlik holatidan o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tkazish uchun ye­
tarli bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘ziga tegishli o‘tkazuvchanlik bilan 
shartlashilgan valentlik zonasidan o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tishlar 
amalga oshadi, biroq bu effekt hisobga olmaydigan darajada kichik 
bo‘ladi. 
p
-turidagi aralashmali yarimo‘tkazgichlar. Agar kremniyga 
yoki germaniyga uch valentli o‘rnini bosuvchi aralashma, masalan 
aluminiy kiritilsa, bor yoki davriy tizimning IIIA guruhidagi gal-
liy qo‘shilsa, mohiyati bo‘yicha teskari effekt yuz beradi. Har bir 
atomning atrofidagi kovalent aloqalarning bittasi elektronga muhtoj 
bo‘lib qoladi. Bu yetishmovchilik aralashmali atom bilan kuchsiz 
bog‘langan teshik deb qaralishi mumkin. Teshik aralashma atomi-
dan (10.13-rasm)da ko‘rsatilganday qo‘shni atomdan elektronning 
olib o‘tilishi bilan bo‘shatilishi mumkin. Mohiyatiga ko‘ra, elek-
tron va teshik o‘z holatlari bilan almashadilar. Harakatlanayotgan 
teshik yuqorida muhokama qilinganiday donor elektronga nisbatan 
qo‘llanilgan talqin kabi qo‘zg‘atilgan holatdagi obyekt deb qaraladi.
10.13-rasm. P turidagi aralashmali yarimo‘tkazgichlar uchun 

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling