Materialshunoslik indd
-rasm. Moddalarning magnit xossalari
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.5-rasm. Ferromagnit materiallarning magnitlanishi.
- 11.6-rasm. Magnit material B(H) o‘zgarish grafigi a) va gisterezis sirtmog‘ining haroratga bo‘liqligi b 26 .
11.4-rasm. Moddalarning magnit xossalari.
Polikristall magnetiklarda anizotropiya keskin ifodalangan hollar- da ferromagnetik magnit teksturaga ega bo‘ladi (5.5-rasm). Kerakli magnit tekstura olish orqali materialda ma’lum yo‘nalishda yuqori magnit xarakteristikaga erishishi mumkin. a) b) d) e) 11.5-rasm. Ferromagnit materiallarning magnitlanishi. Tashqi magnit maydoni ta’sirida ferromagnit materialning mag- nitlanish jarayoni quyidagicha kechadi: 1)magnit momenti maydon yo‘nalishi bilan kichik burchak hosil qilgan domenlar kattalashadi va boshqa domenlar o‘lchami kichrayadi; 2) magnit momentlari may- 196 don yo‘nalishi uzra buriladi va bir xil yo‘nalishga ega bo‘ladi. Magnit to‘yinishi domenning kattalashishi to‘xtaganda va o‘z-o‘zidan mag- nitlangan barcha monokristall qismlarning magnit momenti maydon uzra yo‘nalganida sodir bo‘ladi. Ferromagnit monokristallari magnitlanayotganda ularning chiziqli o‘lchamlari o‘zgaradi. Bu hodisa magnitstriksiya deyiladi. Temir mo- nokristallining magnit-striksiyasi kristallning har xil yo‘nalishlarida turlicha bo‘ladi. Ferromagnit materialining magnitlanish jarayoni gisterezis egri chizig‘i B (H) bilan ifodalanadi va u barcha ferromagnitlarda birbiri- ga o‘xshash bo‘ladi (5.6rasm). a) b) 11.6-rasm. Magnit material B(H) o‘zgarish grafigi a) va gisterezis sirtmog‘ining haroratga bo‘liqligi b 26 . Materiallarning nisbiy magnit singdiruvchanligi magnit induksi- yasi (B) ning magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati bilan aniqla- nadi: H B o r m m = Magnit materiallarning magnit singdiruvchanligi birdan yuqori m 0 >>1(m r =m 0 ×m, m 0 =1,2566×10- 6 Gn/m) bo‘ladi. 26 Callister, William D., Materials science engineering: an intro- duction, 7th ed.p.cm/ – Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc. – 2007. 410bet. Temperatura 197 Ferromagnit materiallarning magnit singdiruvchanligi haroratga bog‘liq bo‘lib, Kyuri nuqtasiga yaqin qiymatlarda m r o‘zining yuqori qiymatiga erishadi. Kyuri nuqtasidan yuqori haroratlarda spontan magnitlanish sohasida issiqlik harakati buzilib, materialning mag- nit xossasi yo‘qoladi. Chulg‘amda magnit o‘zak bo‘lmaganda mag- nit induksiya qiymati undan o‘tayotgan tok hisobiga sodir bo‘ladi. Agar chulg‘amga magnit o‘zak kiritsak, elektr toki hisobiga sodir bo‘ladigan magnit maydoni o‘zakni yanada magnitlab, qo‘shimcha kuch chiziqlari hosil bo‘lishi natijasida magnit induksiyasining yoki magnit oqimining keskin oshishiga olib keladi. O‘zak kesim yuzasi- dan hosil bo‘ladigan qo‘shimcha kuch chiziqlari qayta magnitlanish deyiladi va i bilan belgilanadi. 27 Bu qiymat magnit maydon kuchlanganligi (H) va magnit materiali sifati (x) ga yoki jismning magnit qabul qilish koeffitsiyenti j=xH ga bog‘liq. Chulg‘amga magnit o‘zak kiritilgandan so‘ng magnit induk- siyasining ko‘paygan qiymati quyidagicha bo‘ladi: , ) 1 ( ) ( ) ( ' 0 0 0 ' H x H xH H j H B m m m m = + = + = + = bunda, m ’ = m 0 (1+x) – magnit materialining magnit singdiruv- chanligi. Magnit materiali sifatini aniqlashda nisbiy magnit singdiruvchan- lik kattaligidan foydalaniladi: x + = = 1 / 0 ' m m m Magnit singdiruvchanlik chulg‘amga magnit o‘zak kiritilganda magnit oqimining ko‘payishini bildiradi. Bu yuksalish bir necha o‘n ming martagacha ortadi. Uzunligi L, kesim yuzasi S bo‘lgan o‘zakning magnit qarshiligi quyidagicha aniqlanadi: . / / 0 ' Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling