Materialshunoslik indd
Tolalar bilan sinchlangan plastmassalarning xossalari
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
Tolalar bilan sinchlangan plastmassalarning xossalari
12.2-jadval Xossalar Shishaplastiklar Ugleplastiklar Organoplastiklar Tola miqdori, % 70–75 60–70 65–75 Solishtirma zichligi, kg/ m 3 2000–2100 1550–1600 1350–1400 Siljishdagi mustahkamligi, GPa 2,5–2,8 1,8–3,5 3,5–4,0 Siqilishdagi mustahkamligi, GPa 2,0–2,5 1,2–1,8 0,35–0,40 Elastiklik moduli, GPa 70–75 150–200 100–120 246 Shishaplastiklar zarba ta’siridagi va dinamik yuklanishlarga yax- shi bardosh beradi va konstruksion elementlarining tebranishlarini so‘ndiradi. Kimyoviy barqaror shishaplastiklar ishlatilishi 150 o C dan yuqori bo‘lmagan haroratlarda agressiv muhitlar ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan keng miqyosli texnologik protsesslarni (masalan, sul- fat kislota, xlor, mineral o‘g‘itlar va kaustik soda ishlab chiqarish) an- cha ratsional amalga oshirishga imkon beradi. Ular orasida eng muhi- mi ko‘p qatlamli shishaplastiklardir. Ularning 2–3 mm qalinlikdagi dastlabki ikki qatlamida massasi jihatdan tegishlicha 10–25% shisha tola bo‘lib, tarkibida 60–65% shisha tola to‘ldiruvchi bo‘ladigan kon- struksion qatlamga (kuch qatlamiga) agressiv suyuqlikning o‘tishiga to‘sqinlik qiladi, ya’ni u termik to‘siq rolini bajaradi. Molekulalar tartibga solinib, parallel joylashtirilgan shisha tolalardan bog‘lovchi modda (yelim) qo‘shish yo‘li bilan olinadigan shisha tolali kompozit material nihoyatda mustahkam bo‘ladi va yirik omborlar, trubopro- vodlar, estakadalar, yuqori bosimli gaz ballonlar va hokazolar olishda ishlatiladi. Ugleplastiklar zamonaviy mashinasozlik materiallaridan biri bo‘lib, bunday yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan ugleplastiklarga dunyo miqyosida talab yildanyilga ortib bormoqda. Ugleplastiklar juda yengil va o‘ta yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan kompozit ma- terialdir. Ugleplastiklardan samolyotsozlik detallari, o‘ta tez uchuvchi raketa texnikalari, mashinasozlik, kosmik texnikalar, meditsina anjom- lari, protezlar, yengil velosipedlar va sport velosipedlari va boshqa- larni ishlab chiqarishda keng miqyosda qo‘llanilib kelinmoqda. Organikplastiklar ham keng miqyosda avtomobilsozlik, kemasoz lik, mashinasozlik, samolyotsozlik, kosmonavtika texnikalari, ra- dioelektronika, kimyoviy mashinasozlik, sport anjomlari va boshqa- lar ishlab chiqarilmoqda. Uzluksiz tolalar bilan to‘ldirilgan plastmassalarda tola miqdori 60– 80 % gacha miqdorda sinchlab olinadi. Ishlab chiqarishning zamo- naviy usullarida tola miqdorini plastmassalar tarkibida ko‘paytirish borasida izlanishlar olib borilmoqda va tola miqdorini 85–90 % gacha yetkazish ko‘zda tutilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling