Materialshunoslik indd


Materiallarning xossalari


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

2.5. Materiallarning xossalari 
Ko‘pchilik materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar ishlati­
lish jarayonida tashqi kuch va yuklanishlar ta’sirida bo‘ladi. Misol 
sifatida po‘ lat dan tayyorlangan avtomobil valini yoki aluminiy qo-
tishmasidan yasalgan samolyot qanotini aytishimiz mumkin. Barcha 
holatlarda ularni to‘g‘ri loyihalash va keragidan ortiq deformat-
siyalanishi oqibatida sinish ro‘y bermasligi uchun materiallar xos-
salarini bilish zarur. Mexanik xossa deganda, materialga yuklangan 
yuk (yoki deformatsiya)ga bardoshliligi tushu niladi. Asosiy mexanik 
xossalarga qattiqlik, mustahkamlik, plas tik lik va o‘ta qattiqlik kiradi.
Materiallar mexanik xossalar buyumni real yuklanish holatini 
aks ettiruvchi mustahkam loyihalangan va tayyorlangan laborato-
riya jihozlari da sinaladi. Buyumlar cho‘zish, siqish yoki surishga 
sinalayotganda ta’sir eta yot gan kuch doimiy yoki vaqt davomida 
o‘zgaruvchan bo‘lishi mum kin. Yuklangan kuch soniya yoki bir ne-
cha soat va yillar davomida ta’sir etti ri lishi mumkin. Yuklanish ta’siri 
davomida yana bir muhim omil bu tem pe ra tura hisoblanadi.
Muhandisning asosiy vazifasi buyumda real ish sharoitida, unda 
kuchlanish va deformatsiyaning taqsimlanishini hisoblay olishidir. 
Bu hisoblar buyumlarning kuchlanganlik holatlarining nazariy tahlili 
yoki sinov o‘tkazish usullari tavsiyalari bilan birga olib boriladi. 
Bunday masalani yechish uchun materiallar mikrostrukturasi (ich-
ki tuzilishi) va mexanik xossalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunish 
zarur.
Konstruksiyada foydalanish uchun materialni tanlashda uning 
ham ma mexanik xarakteristikalari kompleksiga e’tibor berish kerak. 
Ushbu bobda metallar, keramika va polimerlarning mexanik xarak­


34
teristikalarini aniq lovchi defarmatsion xossalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, muhim bo‘lgan mexanik parametrlar muhokama qili-
nadi. 
Metall va qotishmalarning xossalari deganda, kimyoviy, fizik, 
mexanik va texnologik xossalari tushuniladi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling