Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
Texnologik xossalari. Metall va qotishmalarning texnologik
xossalariga ularning texnologik ishlanuvchanligi bilan bog‘liq xos- salar: kirishuvchanlik, quyu luv chanlik, suyuq holatda oquvchanlik, bolg‘alanuvchanlik, payvandlanuvchanlik va kesib ishlanuvchan- lik va boshqa xossalar kiradi. Bu xossalar haqida alohida to‘xtalib o‘tamiz. Qolipning o‘lchamlari va shu qolipda quyish yo‘li bilan hosil qilingan quy maning o‘lchamlari orasidagi farq kirishuvchanlik deyi ladi. Kirishuvchanlik foizlarda ifodalanadi. Qotishmalarning kiri- shuvchanligi birbiridan farq qiladi va ma’lum kattalikka ega bola- di. Cho‘yanlar uchun kirishuvchanlik 1,5–1,75% ni tashkil etsa, bu kattalik po‘latlar uchun 1,4–2,2%, kulrang cho‘yan 0,5–1,25 %, mis qotishmalari 0,8–1,6%, aluminiy qotishmalari 0,3–1,2% va magniy qotishlari 0,3–1,2% ni tashkil etadi. Po‘latlarda quyluvchanlik nis- batan yomonroq bo‘ladi. Suyuq holatda oquvchanlik quymakorlik qotishmalarining muhim texnologik xossalaridan biri hisoblanadi. Metall va qotishmalarning suyuq holatda qolipni to‘ldirish xossasiga suyuq oquvchanlik deyila- di. Metall va qotishmalarning suyuq holatda oquvchanligi qanchalik yuqori bo‘lsa, u suyuqlantirilganda qolipning tor va murakkab joyla- rini shunchalik yaxshi to‘ldiradi. 43 Metall va qotishmalarni bolg‘alash, shtamplash, prokatlash va bo- sim ta’sirida ishlash natijasida o‘z shaklini yemirilmasdan o‘zgartirish xossasiga bolg‘ala nuvchanlik deyiladi. Metall va qotishmalarni bo- sim ta’sirida ishlash vaqtida u qan chalik yuqori darajada deformatsi- yalanib hamda bu deformatsiya uchun zarur kuch qanchalik kichik bo‘lsa, uning bolg‘alanuvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Metall va qotishmalarni payvandlash vaqtida mustahkam va zich birikma hosil qilish xossasiga payvandlanuvchanlik deyiladi. Payvand chokni mexanik xossalari yuqori, strukturasi bir jinsli hamda mayda donali, g‘ovak va boshqa nuqsonlardan holi bo‘lsa, payvandlanuv chanlik xossasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Vaqt birligi ichida eng ko‘p yo‘nib tushirilgan qirindi miqdori bi- lan baholanadigan kattalik miqdoriga kesib ishlanuvchanlik deyiladi. Metall va qotishmalarni texnologik xossalarini aniqlash uchun turli cha sinovlar o‘tkaziladi. Bu sinovlar murakkab emas va ular standart lashtirilgan.Standartlashtirilgan sinovlar jumlasiga eguluvchanlikga sinash, sovuq holatda cho‘kuvchanlikka sinash, botiluvchanlikka sinash va boshqalar kiradi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling