39
Olmos konus qo‘yilib, kuch 60 va 150 kG bo‘lganda
qattiqlik C
(qora) shkaladan o‘qiladi. Ta’sir ettirilgan kuch 60 kG bo‘lganda
qattiqlik HRA bilan 150 kG bo‘lganda esa HRC bilan belgilanadi.
Botiriladigan uchlik po‘lat zoldir, kuch 100 kg bo‘lganda qattiqlik B
(qizil) shkaladan o‘qiladi va HRB bilan belgilanadi.
Qotishmalarning
cho‘zilishdagi mustahkamligini sinash
amalda
keng tarqalgan bo‘lib, bunda uning elastik va plastik xossalarini
aniqlash mumkin. Buning uchun maxsus namuna (2.13rasm) tay
yorlanib, sinash mashinasi (2.14rasm) qisqichlariga mahkamlanadi.
Mashina yurgizilgach, astasekin oshib boruvchi kuch ta’sirida na-
muna cho‘zila boshlaydi. Kuch ma’lum
qiymatga yetgach, namu-
naning biror qismi ingichkalashib bo‘yincha hosil bo‘ladi va uziladi
(2.15-rasm).
2.13 - rasm. Qotishmaning cho‘zilishdagi mustahkamligini
aniqlashda ishlatiladigan namuna
8
.
2.14 - rasm. Cho‘zilishga sinash mashinasi
8
.
8
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction,
7th ed.p.cm/ Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons,
Inc. 2014, 172bet.
40
Namunani sinashda u uzilmay chidash bergan eng katta (maksi-
mal) kuch
(R) ning, shu namuna ko‘ndalang
kesimi yuzi (F) ga nis-
bati qotishmaning
cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: