Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Brinell usulida aniqlash.
2.12-rasm.Brinell
lupasi.
Qattiqligi yuqori bo‘lgan (toblangan, sementitlangan) materiallar 
qattiqligi Rokvell usulida (DSt 9013–59) aniqlanadi.
Rokvell usulining Brinell usulidan farqi shundaki, bu usulda qat-
tiqlik zoldir qoldirgan izning yuzi bilan emas, balki namunaga bo-
tirilgan olmos konus yoki toblangan po‘lat sharcha qoldirgan izning 
chuqurligi bilan aniqlanadi. Rokvell usulida namunaga ta’sir etuv-
chi kuch va botiriladigan uchlik material xiliga ko‘ra o‘zgartiriladi. 
Rokvell usulida qattiqlik sinash jarayonining o‘zida indikator shka-
lasidan aniqlanadi. Indikator shkalasi qora va qizil rangda bo‘ladi. 


39
Olmos konus qo‘yilib, kuch 60 va 150 kG bo‘lganda qattiqlik C 
(qora) shkaladan o‘qiladi. Ta’sir ettirilgan kuch 60 kG bo‘lganda 
qattiqlik HRA bilan 150 kG bo‘lganda esa HRC bilan belgilanadi. 
Botiriladigan uchlik po‘lat zoldir, kuch 100 kg bo‘lganda qattiqlik B 
(qizil) shkaladan o‘qiladi va HRB bilan belgilanadi.
Qotishmalarning cho‘zilishdagi mustahkamligini sinash amalda 
keng tarqalgan bo‘lib, bunda uning elastik va plastik xossalarini 
aniqlash mumkin. Buning uchun maxsus namuna (2.13­rasm) tay­
yorlanib, sinash mashinasi (2.14­rasm) qisqichlariga mahkamlanadi. 
Mashina yurgizilgach, asta­sekin oshib boruvchi kuch ta’sirida na-
muna cho‘zila boshlaydi. Kuch ma’lum qiymatga yetgach, namu-
naning biror qismi ingichkalashib bo‘yincha hosil bo‘ladi va uziladi 
(2.15-rasm).
2.13 - rasm. Qotishmaning cho‘zilishdagi mustahkamligini 
aniqlashda ishlatiladigan namuna
8
.
2.14 - rasm. Cho‘zilishga sinash mashinasi
8
.
8
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 
7th ed.p.cm/ ­ Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, 
Inc.­ 2014, 172­bet.


40
Namunani sinashda u uzilmay chidash bergan eng katta (maksi-
mal) kuch (R) ning, shu namuna ko‘ndalang kesimi yuzi (F) ga nis-
bati qotishmaning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi deyiladi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling