Materialshunoslik indd
-rasm. Namunani cho‘zilishga sinashdagi deformatsiya
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
2.15-rasm. Namunani cho‘zilishga sinashdagi deformatsiya
egri chizig‘i 8 . An’anaviy materiallarni buzilish F nuqtasigacha o‘zini tutishi eksperimental deformatsiya egri chizig‘i keltirilgan. Mustahkamlik chegarasi M nuqta bilan belgilangan. Sxematik ravishda deformat siyalanish egri chizig‘ida deformatsiyalanishning turli bosqichlarida namunalarning doira ichida tashqi ko‘rinishi va shakillari xarakteri ko‘rsatilgan. Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi quyidagi matematik ifoda yordamida aniqlanadi: 0 F P b b = σ P b – sinashdagi eng katta kuch, kg; F 0 – namunaning sinashdan oldingi ko‘ndalang kesimi yuzi, mm 2 . Qotishmaning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash orqali plastik xossalarini nisbiy cho‘zilishi va torayishini ham aniq lash mumkin. Qotishmaning nisbiy uzayishi quyidagicha aniqlanadi: 41 % 100 0 0 1 ⋅ − = l l l δ bu yerda, l 0 –namunaning deformatsiya- lanishdan oldingi uzunligi, mm; l 1 –na- munaning deformatsi yalanishdan keyin- gi uzunligi, mm. Qotishmaning nisbiy torayishi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda, F 0 –namunaning sinashdan oldingi ko‘n da lang kesimi yuzi, mm 2 ; F 1 –namunaning cho‘zil gandan keyingi ko‘ndalang kesimi yuzi, mm 2 . Qotishmaning zarb kuchlariga ta’siriga sinmay qarshilik ko‘rsatishi zarbiy qovushqoqligi deyiladi. Zarb kuchlari ta’sirida bo‘ladigan buyumlar (tirsakli vallar, shatun, porshen, vagon o‘qlari) dinamik kuchlar ta’sirida ishlaydi. Zarbiy qovushqoqlikka sinaladigan qotish- malardan maxsus namuna (DSt 9454 – 78) tayyorlanadi va mayatnikli kopyorda sindiriladi. Namunani sindirish uchun sarflanadigan A ish- ning, namunaning singan joyi ko‘ndalang kesimi yuzi F ga nisbati zarbiy qovushqoqlikni beradi va quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. F Ql F A H ) cos (cos α β α − = = bu yerda, Q – mayatnik og‘irligi, kg; l – mayatnik radiusi, mm; a– mayatnikning zarbgacha ko‘tarilish burchagi; b– mayatnikning zarbdan keyingi ko‘tarilish burchagi. Qotishmaning tuzilishini oddiy ko‘z, lupa hamda mikroskop yordamida tekshirish makroanaliz va u material makronuqsonlarini baholashda qo‘llaniladi. Makronuqsonlarga darzlar, g‘ovaklar, qo- tishmada ba’zi elementlarning notekis taqsimlanishi (likvatsiya) kabi nuqsonlar kiradi. Sinish yuzalarini o‘rganish ham makroanalizga kiradi. Sinish uch turga bo‘linadi. Agar siniq yuzasi g‘adirbudur bo‘lsa, buyum materiali deformatsiyaga uchramasdan, mo‘rt sinadi. Siniq yuzasi yaltiroq bo‘lib, yuzada sinish markazi vujudga kelib, shu markazdan % 100 0 1 0 F F F − = ϕ 42 sinish chiziqrining yo‘nalishi ko‘rinib tursa, qovushqoq sinish deyi- ladi. Bunday sinish juda katta deformatsiya natijasida sodir bo‘ladi. Toliqish natijasida sinish ham qovushqoq sinish kabi sodir bo‘ladi va darz paydo bo‘lishi, uning kattalashishi buyumning sinishi bilan yakun topadi. Qotishmalarning ichki tuzilishini o‘rganish mikroanaliz deyiladi. Mikroanaliz orqali donalar tarkibini, ulardagi nuqsonlarni, dislokat- sion tuzilishni, donalar o‘lchamlarini aniqlash mumkin. Buning uchun 1500–2000 marta katta qilib ko‘rsatadigan optik yoki elektron mik roskoplar ishlatiladi. Elektron mikroskoplar buyumni 100 000 dan 500 000 martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi. Elementar kristall pan- jaraning turlari rentgen nurlari ta’sirida o‘rganiladi. Kristall panja- radagi atomlar joylashuvi, panjara parametrlari va dislokatsiya zichli- gi kabi kattaliklar rentgenografiya usulida o‘rganiladi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling