Materialshunoslik


Kombinat tarkibidaquyidagilar mavjud


Download 5.67 Mb.
bet3/11
Sana07.10.2023
Hajmi5.67 Mb.
#1695160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XISOBOT JUMAYEV BEKZOD 23S-20MMT.22var

Kombinat tarkibidaquyidagilar mavjud:
- Elektrda po‘lat eritish sexi;
- Navli prokat sexi;
- Zoldir prokat sexi;
- Rangli metallar ishlab chiqarish sexi;
- Issiqlikni o‘tkazmaydigan materiallarni ishlab chiqarish sexi;
- Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sexi;
- Respublika hududlari bo‘ylab qora metal parchalari va chiqindilari tayyorlash va qayta ishlash sexlari;
-"O‘zmetkombinat" AJ "Ikkilamchi qorametallar" boshqarmasining filiallari;
-Ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexi.


Kombinat quyidagilarni ishlab chiqaradi:
- Navli prokat va polat zoldirlar;
- Rangli metallar va metal buyumlar;
- Ferroqotishmalar;
- Issiqlikni o‘tkazmas materiallar;
- Xalq iste’moli mollari (sirlangan idishlar);
- Gazsimon va suyuq argon, azot, kislorod;
- Yuqori omli koks.
O’zmetkombinat” AJ korxona tarixi
“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati respublikada yetakchi qorametallurgiya korxonasidir. O‘zbekistonning mustaqillik yillarida korxona rivojlanib, yildan yilga o‘z quvvatlarini oshirib kelmoqda. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 1944-yil 5-mart kunifoydalanishga topshirildi. Kombinat barcha boshqa korxonalar bilan yaqin o‘zaro aloqada. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasida qorametallurgiya rivojlanishi iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish bosqichining eng muhim ustuvor umum davlat vazifasidir. Ishlab chiqarishning uzluksiz rekonstruktsiyasi, texnik qayta jihozlanishi va modernizatsiyasi yuqori sifatli raqobat bardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkonberadi u respublikaning sanoat korxonalariga va qurilish industriyasiga mahsulot yetkazib beradi, shuningdek eksportga ham yuklab jo‘natadi.
Kombinatning barcha mahsulotlari muvofiqlik sertifikatlariga ega. Sifat menejmenti tizimi Milliy va Xalqaro sertifikat tizimida sertifikatlangan."ManagementCertification" xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan kombinatga ISO 50001:2018 va EN ISO 9001: 2015 xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlar berilgan. Kombinat respublika korxonalari, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari bilan kooperatsion aloqalarni faol rivojlantirmoqda. Yangi ish o‘rinlarni yaratib kelmoqda. Shaharimiz ijtimoiy infratuzilmasining rivojiga muhim hissa qo‘shib kelmoqda.

Download 5.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling