Материалшунослик ва Машинасозлик
Download 0.51 Mb.
|
hisobot Nurmatov Farrux
- Bu sahifa navigatsiya:
- Бажарди: 1-курс _TV V -730______ гурух талабаси Иммоилов Мухаммадбобур Текширди: “ Материалшунослик ва Машинасозлик ”
- Bolģalash va payvandlash sexlari tezxnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish Texnika xavfsizlik qoidalari
- MUHIM EHTIYOTKORLIK CHORALARidan asosiylari quyidagilar
- OGOHLANTIRISH.
- Temirchilik ishlab chiqarish haqida malumotlar va temirchilik ish joyini tashkil qilish. Temirchilik sexida texnika xavsizligi. Alangali va qizdirgich pechlari va qurilmalari.
Тошкент Давлат Транспорт Университети “Материалшунослик ва Машинасозлик” Кафедраси Болғалаш цехи Пайвандлаш цехи Механик цехи Чилангарлик цехи Бажарди: 1-курс _TVV-730______ гурух талабаси Иммоилов Мухаммадбобур Текширди: “Материалшунослик ва Машинасозлик” кафедрами мудири,Т.Ф.Н доцент Турсунов Н.К ТОШКЕНТ 2020 Bolģalash va payvandlash sexlari tezxnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish Texnika xavfsizlik qoidalari- mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; i.ch( ishlab choqarish) .dagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar qamda vositalar majmui. Ularni yaratish va i.ch.da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i.ch.ga tatbiq qilish. Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang , gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsshdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, tra, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi. Texnika xavfsizligi bo‘yicha qo‘llanma
1. Barcha ko’rsatmalarni diqqat bilan o’qib chiqing. Qurilmani yoqishdan avval elektr ta’minot zanjiridagi kuchlanishning changyutgich tag qismidagi texnik ma’lumotlar ko’rsatilgan yorliqdagi kuchlanishga mos kelishiga ishonch hosil qiling. 2. OGOHLANTIRISH. Agar pol yoki gilam xo’l bo’lsa, changyutgichdan foydalanmang. Changyutgichdan suv yig’ish uchun foydalanmang. 3. Har qanday maishiy asboblardan bolalar ishtirokida foydalanganda ayniqsa e’tiborli bo’lish lozim. Bolalarning chanyutgich bilan o’ynashlariga yo’l qo’ymang. Hech qachon bolalarga chanyutgichni kattalar nazoratisiz yoqishlariga ruxsat bermang. Changyutgichdan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingani kabi maqsadlarda foydalaning. 4. Changyig’gichsiz changyutgichdan foydalanmang. Qurilmaning eng yuqori samaradorlik bilan ishlashi uchun changyig’gichni to’lib ketishidan avval bo’shatishga harakat qiling. 5. Changyutgichdan sachrab yotgan gugurt donalari, yonayotgan kul yoki sigareta qoldiqlarini yig’ish uchun foydalanmang. Changyutgichni oshxona plitasi yoki boshqa issiqlik manbalari yaqinida saqlamang. Issiq havo qurilma plastik qismlarining deformatsiyalanishi yoki rangsizlanishiga olib kelishi mumkin. 6. Changyutgich yordamida qattiq va o’tkir buyumlarni yig’mang, chunki ular qurilma qismlarini shikastlashi mumkin. Shlangni bosib olmang. Shlang ustiga og’ir buyumlarni qo’ymang. So’ruvchi yoki chiqaruvchi tirqishlarni to’sib qo’ymang. 7. Vilkani tarmoq rozetkasidan uzishdan avval changyutgichni qurilma korpusidagi pereklyuchatel yordamida o’chiring. Chang konteynerini almashtirishdan avval qurilmani albatta tarmoqdan uzing. Shikastlanishning oldini olish uchun vilkani rozetkadan uzishda kabeldan emas, balki vilkaning o’zidan ushlab torting. 8. Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu mashinadan foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilgan bo’lsa, bu qurilmadan (bolalarni ham qo’shganda), jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar foydalanishlari mumkin. 9. Bolalarning ushbu qurilma bilan bolalar nazoratsiz qolmasinlar. 10. Tozalash va texnik xizmat ko’rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda o’tkazilmasligi kerak. 11. Uzaytirgichdan foydalanish tavsiya qilinmaydi. 12. Changyutgich ishida buzilishlar sodir bo’lgan hollarda uni tarmoq manbasidan uzing va rasmiy xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling. 13. Agar elektr tarmog’iga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa, xavfli holatlarning vujudga kelishini oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi yoki uning xizmat ko’rsatuvchi agenti yoki vakolatli mutaxassis tomonidan almashtirilishi kerak. 14. Uning shlangidan ushlagan holda changyutgichni harakatlantirmang. Bunday maqsadlar uchun changyutgich korpusidagi dastadan foydalaning. 15. Agar changyutgichdan foydalanmasangiz elektrota’minot vilkasini razetkadan sug‘irib oling. Bu ishni qilishdan avval changyutgichni o‘chiring Xavfsizlikni ta’minlash uslublari. Xavfsizlikni ta’minlovchi uslublarni o‘rganishdan oldin ishchi zona va xavf zonasi kabi iboralarga tushuncha beramiz. Mehnat jarayoni davrida ishchi turadigan yoki harakat qiladigan joy, ishchi zona – gomosfera deb yuritiladi. Doimiy yoki davriy ravishda xavf sodir bo‘ladigan zona–noksosfera deb yuritiladi. Mehnat jarayoni davrida xavfsizlikni ta’тinlash uslublarini quyidagi 3 turga ajratish mumkin: 1. Gomosfera va noksosferani fazoviy va (yoki) vaqt bo‘yicha ajratishga asoslangan uslub. Bu asosan distansion boshqarish, аv- tomatlashtirish, robotlashtirish va boshqa tashkiliy tadbirlar orqali, amalga oshiriladi. 2. Xavfni bartaraf etish orqali noksosferani me’yorlashtirish uslubi. Bunga insonni shovqin, gazlar, changlar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmui va jamoa himoya vositalari kiradi. 3. Мa’lum muhitda insonni himoyalash darajasini oshirishga qaratilgan usullar va vositalar majmui. Bu uslub ishchilarni xavf- sizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish, ShHVdan foydalanish, psixologik ta’sir etish va boshqa shu kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar – bu xavfsizlik tamoyillari va uslublarini amalga oshirishdagi konstruktiv, tashkiliy namda material mujassamlikdir. Tamoyillar, uslub va vosita – bu xavfsizlikni ta’minlovchi mantiqiy bosqichdir. Ularni tanlash faoliyatning aniq shart- sharoitlariga, xavf darajasiga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga va shu kabi bir qancha mezonlarga bog‘liq bo‘ladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar jamoa himoya vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. 0'z o‘rnida JHV va ShHVlar ham xavfning xususiyati, amalga oshish tartibi, ishlatilish sohasi va shu kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda bir necha guruhlarga bo‘linadi. Temirchilik ishlab chiqarish haqida malumotlar va temirchilik ish joyini tashkil qilish. Temirchilik sexida texnika xavsizligi. Alangali va qizdirgich pechlari va qurilmalari. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling